Baxtli oila sirlari №1 qoida: O`zingizga oro bering


Download 459.52 Kb.
bet15/25
Sana08.01.2022
Hajmi459.52 Kb.
#254947
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
oila

Oʻzaro hurmat baxtli oilaning eng birinchi sirlaridan biri. Hurmat boʻlmasa, haqiqiy muhabbatni tasavvur etish qi­yin, oʻzaro hurmatsiz esa oila boʻlmaydi.

Ishonch. Juftingizning ishonchini yillar davomida qozonishingiz kerak, ammo uni bir daqiqada yoʻqotib qoʻyish hech gap emas.

Bir-birini tushunish. Ayol va erkak turlicha fikr yuritadi. Ammo biz insonlarmiz, shu bois ham bir-birimizni tushunishga harakat qilishimiz kerak.

Tinglay olish. Ikki kishi bir aravani tortar ekan, albatta bir-birining soʻzlariga quloq tutishni ham oʻrganmogʻi lozim.

Doʻst boʻling. Sevishganlarning bir-biriga doʻst boʻlishi muhim emas. Ammo oilada juftlar, albatta, bir-biriga chin doʻst boʻla olishi kerak.

Bayram uyushtiring. Bir xil hayot tarzi sevgiga putur yetkaza boshlaydi. Yangi sevishganlar singari bir-biringizga dil izhori qiling. Oilaviy hayot tashvishlari eng oʻtli muhabbatni ham shunchaki bir-biriga oʻrganishga aylantirib qoʻyadi. Imkoni boricha bir-biringizga hadyalar qiling, birgalikda taom tayyorlash ham oʻrtadagi rishtalarni mustahkamlaydi. Hatto eng mushkul vaziyatda ham fantaziyangizni ishga solib, munosabatlaringizni saqlab qoling.

Eʼtibor. Ayol ham, erkak ham juftining eʼtiboriga muhtojlikni his etadi. Kimgadir kerak­liging­ni his etish, oilada seni sevimli yoring intiqlik bilan kutayotganini tasavvur etish qalbga iliqlik bagʻishlaydi. Oʻz ishlari bilan juda mashgʻul boʻlgan payt­da ham sevishgan juft­lar bir-biriga eʼtibor qaratishga vaqt ajrata oladi.


Download 459.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling