Baxtli oila sirlari №1 qoida: O`zingizga oro bering
Download 459.52 Kb.
|
oila
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seving! Baxtli oila qurish uchun bu muhim.
- Gazabingizni ichingizga yuting
- Manmanlikdan yiroq boling
- Er-xotinning kozi, kongli doim bir-birida bolsin
- Er-xotin sevgida samimiy bolsalar
- Oila sirini, turmush ortogingiz ayb-kamchiliklarini kocha-koyda gapirib yurmang.
- Umr yoldoshingizni boshqalar bilan taqqoslamang.
- Turmush ortogingiz holatini ham hisobga oling Hamma narsani oz qarichingiz bilan olchamang Ozingizni turmush ortogingiz orniga qoyib koring.
- Sozingiz doim rost bolsin
- Jufti halolingizga muhabbatingizni izhor qiling
Suyanch boʻling. “Siz mening suyangan togʻimsiz!” degan bir ogʻiz soʻz har qanday kishining yuragini eritib yuboradi.
Sogʻlom rashk qilishni oʻrganing. Nooʻrin rashk hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Rashk qilish ham sanʼat. Chiroyli rashk munosabatlaringizni mustahkamlaydi, ammo keragidan oshib ketsa, oila jang maydoniga aylanadi. Seving! Baxtli oila qurish uchun bu muhim. 1. Bir-biringizga yordam bering. Yurakdan, chin qalbdan suhbatlashing. Tillar emas, nigohlar, qalblar gapirsin. 2. Hech qachon er-xotin birdaniga qizishmasin: er qizishsa, xotin sabr qilsin, xotin qizishsa, er. Tortishuv asnosida “U baqiryapti-ku!” deb siz ham ovozingizni ko'tarmang! Shovqin solish bilan hech narsa hal bo'lib qolmaydi. Naqadar haq bo'lsangiz ham, jahlingiz chiqib turganida turmush o'rtog'ingiz bilan gaplashmang. Chunki jahl chiqqanda aql ketadi, inson oxirini o'ylamay biron nojo'ya ish qilib qo'yishi mumkin. Agar turmush o'rtog'ingiz g'azablangan holda ovozini ko'tarsa, siz jim turishni o'rganing. G'azab otiga minsa, siz pastroq keling. Ko'tarilgan ovozga siz ham bor ovozingiz bilan javob qaytarsangiz, olovga moy sepgan bo'lasiz. 3. Hech kim farishta emas. Shunday ekan, inson o'ylasin: “Men ham bandaman. Hamma qatori yaxshi tomonim ham, nuqson-kamchiliklarim ham bor. Turmush o'rtog'im ham menga o'xshagan odam. Uniyam kamchiliklari bor”. Turmush o'rtog'ini mukammal ko'rishni istaganlar har xil xayolga beriladilar. Inson, avvalo, o'zining xatolarini tuzatishga harakat qilishi kerak. Shundagina turmush o'rtog'ining kamchiliklarini to'g'ri tushunib, uni isloh qilishga erishadi. Inson xatoni o'zidan qidirsa, o'zini tuzatishga harakat qiladi. O'zini tuzatgach, balki turmush o'rtog'i ham bundan ta'sirlanib vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirar. 4. G'azabingizni ichingizga yuting. Huda-behudaga jig'ibiyron bo'laverish, nafsiga erk berish, og'zibo'shlik qilish baxtli oila halovatini buzadi. “Taloqsan”, degan yoqimsiz so'z ham ko'p hollarda g'azab otiga mingan er tomonidan aytiladi. O'z-o'zidan bu narsa oila tinchligiga rahna soladi. Unutmang: taqdirga imon keltirgan odam uzoq yashaydi. Qismatiga e'tiroz bildirgan kimsa esa boshini devorga uradi. 5. Manmanlikdan yiroq bo'ling. Xato qilib qo'ysangiz, turmush o'rtog'ingizdan kechirim so'rang. Bir-birini tushungan, kamchiliklarini avf etgan oilada baxt-saodat, huzur-halovat bo'ladi. Ba'zilar, “Turmush o'rtog'imdan, farzandlarimdan uzr so'rasam, ularning oldida obro'yim tushib ketadi”, deb o'ylaydi. Bu fikr noto'g'ri. Aksincha, er-xotin ham, bolalari ham xatosini tan olib, uzr so'ragan ota-onani ko'proq yaxshi ko'radi. 6. Er-xotinning ko'zi, ko'ngli doim bir-birida bo'lsin. Zero, sevgi g'unchasi sug'orishga ehtiyoj sezadi. Sevgi hayotimiz lazzatidir. Shunday ekan, sof sevgiga erishish uchun uni asrash kerak. E'tiborsiz sevgi vaqt o'tishi bilan eskiradi, tugaydi. Siz qo'lingizdagi gullardan ko'ra qalbingizdagi sevgiga e'tibor bering. Turmush o'rtog'ingizni sevishingizni, ardoqlashingizni unga ayting. Til bilan aytmasangiz ham xatti-harakatingiz unga bo'lgan muhabbatingiz kuchli ekanini ko'rsatib tursin. 7. Er-xotin sevgida samimiy bo'lsalar, ko'zlari boshqalarga havas bilan boqmaydi. Haqiqiy sevganning qalbi boshqa bog'dan olma tergisi kelmaydi, o'z jufti haloli ila qoniqadi, harom-xarish yo'llarga yurmaydi. Baxtga erishishda buning o'rni juda katta. 8. “Qattiqqo'l erkak” bo'lish uchun xotiningizga, bolalaringizga zulm qilib qo'ymang. Har narsa me'yorida bo'lsin. “Meni ko'rganda tizzalari qaltirasa, soyamga salom berishsa, shunda hammasi yaxshi bo'ladi”, deb o'ylagan erkak qattiq yanglishadi. Hammaga birdek adolatli bo'ling. Ular sizdan qo'rqishmasin, balki hurmat qilishsin. Hurmat qilganlari uchun gapingizni ikki qilishmasin. Zero, hurmatga qo'q-po'pisa bilan emas, hurmatga loyiq bo'lish bilan erishiladi. 9. Oila sirini, turmush o'rtog'ingiz ayb-kamchiliklarini ko'cha-ko'yda gapirib yurmang. Ayniqsa, to'shak sirlarini gapirishdan juda ehtiyot bo'ling. Chunki, ozg'ibo'shlik oqibatida oilalar parokanda bo'ladi. Haqiqiy erkak ayolini o'zgalar xurujidan ko'z qorachig'idek saqlaydi, o'zi bilan bir tan-bir jon insonning xatolarini elga doston qilmaydi. 10. Umr yo'ldoshingizni boshqalar bilan taqqoslamang. Hech kim o'zini boshqalar bilan taqqoslanishini yoqtirmaydi. Bunday ishlar yurakni siqadi, orani buzadi, hatto urush-janjal keltirib chiqarishi mumkin. 11. Turmush o'rtog'ingizning yaqinlariga mehr-muruvvat ko'rsating, hurmatlarini joyiga qo'ying. Ayniqsa, qaynota-qaynonangizni ardoqlang. Siz ularni yaxshi ko'rsangiz, ular ham sizni farzandidek ko'radi. Bu, oila totuvligining ajralmas qismidir. 12. Turmush o'rtog'ingiz holatini ham hisobga oling Hamma narsani o'z qarichingiz bilan o'lchamang O'zingizni turmush o'rtog'ingiz o'rniga qo'yib ko'ring. Shunda uni yaxshiroq tushunasiz. 13. Zinhor yolg'on gapira ko'rmang. Yolg'onning umri – qisqa. Yolg'onning oxiri voy bo'ladi. Er-xotin bir-birini aldagan, bir-biridan sir saqlagan joyda ishonchsizlik paydo bo'ladi. Ishonchsizlik bor yerda sevgi rishtalari mo'rtlashadi, huzur-halovat yo'qoladi. 14. So'zingiz doim rost bo'lsin. Ammo har qanday rost so'zni ham aytaverish to'g'ri emas. Ba'zan kichikroq xatolarni ko'rmaganga olish yaxshiroq. Inson xatosini o'zi bilib tuzatsa, unga ortiqcha gapning keragi bo'lmaydi. Qolaversa, haqiqatni muloyimlik bilan aytilsa, ijobiy qabul qilinadi. Vajohat bilan qoshlarni chimirib gapirish ma'qul emas. Bu, teskari natija berishi mumkin. 15. Jufti halolingizga muhabbatingizni izhor qiling. Biroq bu, sahardan shomgacha to'tiqushday bir so'zni takrorlayverish emas. Sevgi ba'zan mehrli nigoh, ba'zan ta'sirli so'z (jumladan, mehribonlik qilish, chin ko'ngildan bir tabassum yoki hol-ahvol so'rash) bilan ifodalanadi. 16. Baxtli bo'laman, degan er-xotin moddiy jihatdan o'zidan pastdagilarga qaraydi. Shunda o'zining saviyasidan qoniqib, holiga shukr qiladi. Boylarga havas qilib, shohona hayot ilinjida bo'lganlar huzur-halovatini, oromini yo'qotadi, yuragi bezovta, xayoli parishon bo'ladi. Chunki, hasad (ichiqoralik, ko'rolmaslik) noshukrlikdan kelib chiqadi. Baxtli bo‘lish siri Bir kishining o‘g‘li bo‘lib, u: “Men baxtsizman”, deb takrorlayverardi. Ota baxtli bo‘lish sirini bilib kelish uchun o‘g‘lini davrining eng katta donishmandi huzuriga yubordi. Yigit cho‘lda qirq kun yo‘l bosib, ko‘zlagan manziliga – tepalik ustidagi hashamatli saroyga yetib bordi. Ichkariga kirib qarasa, donishmandning huzuriga kelganlar juda ko‘p bo‘lib, ular bir-birlari bilan suhbatlashgancha navbatlarini kutishar edi. Nihoyat yigit ham navbati kelgach, donishmandning oldiga kirdi va baxtli bo‘lishning sirini so‘radi. – O‘g‘lim, hozir senga buni tushuntirib o‘tish uchun vaqtim yo‘q, – dedi donishmand. – Shuning uchun hozir chiqib, saroyimni tomosha qil. Ikki soatdan keyin yonimga kel, qolganini o‘shanda gaplashamiz. Shunday deya yigitning qo‘liga qoshiq tutqazdi, unga ikki tomchi yog‘ tomizib, tayinladi: “Sayr davomida qo‘lingdagi yog‘ga hushyor bo‘l, to‘kib yuborma!” Yigit donishmandning aytganini qilib, qo‘lidagi yog‘dan ko‘z uzmasdan saroyning ichkari-yu tashqari – barcha joylarini aylanib chiqdi. Ikki soatdan keyin qaytib kelgach, donishmand so‘radi: – Saroyni kezdingmi? – Ha, juda katta ekan, – javob berdi yigit. – O‘g‘lim, devorlardagi ajoyib suratlarni ko‘rdingmi? Gulzorimni, undagi rango-rang gulu chechaklarni-chi? Ularning xush islaridan bahra oldingmi? Kutubxonadagi noyob kitoblarga-chi, e’tibor berdingmi?.. Yigit butun diqqati qo‘lidagi yog‘da bo‘lgani uchun ham sayr davomida bulardan hech birini ko‘rmaganini aytdi. Shunda donishmand: – Unda qayta chiq va atrofingdagi barcha go‘zalliklarni yayrab tomosha qil. Chunki o‘tirgan uyini yaxshi tanimagan kishi baxtning siriga yeta olmaydi, – dedi va bu safar ham yigitning qo‘liga yog‘ solingan qoshiqni tutqazdi. Yigit endi saroydagi jamiki narsalarni, butun go‘zalliklarni katta zavq va hayajon bilan tomosha qildi. Donishmandga ham taassurotlarini ana shu maroq bilan hikoya qilib berdi. U gapini tugatgach, donishmand: – Yaxshi, hammasini ko‘ribsan, – dedi. – Lekin men senga omonat qilib bergan yog‘ qani? Shundagina yigitning esiga tushib, shoshganicha qo‘lidagi qoshiqqa qaradi – yog‘ to‘kilib bitgan edi. Donishmand esa tabassum bilan shunday dedi: – Xijolat tortma, o‘g‘lim, baxtli bo‘lishning siri dunyoni bor mo‘‘jizalari, hayotni butun go‘zalliklari bilan birga ko‘ra olishda. Agar kishi jismidagi qusurlar, hayotdagi yetishmovchiliklar haqida o‘ylayversa, xuddi sen qo‘lingdagi yog‘ solingan qoshiqqa andarmon bo‘lganing kabi hayot go‘zalliklaridan bebahra qolaveradi. Baxtli bo‘lish sirini esa, qo‘lingdagi yog‘ solingan qoshiqni unutganingdagina to‘la his qila olasan! Madina Muhammadsolih qizi tayyorladi Download 459.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling