Bayoni №4 2023-yil 24- mart
Download 156.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq13- IDUM pedkengash mart
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibi : 1.
Oltinsoy tuman XTBga qarashli 13- sonli matematika faniga ixtisoslashtirilgan umumta‟lim maktabida o‟tkazilgan pedagogika kengashi BAYONI № 4 2023-yil 24- mart “Bo’ston”mahallasi Raislik qiluvchi:Sh.Elmurotov – maktab direktori: Qatnashdilar: 58nafar pedagoglar, 2 nafari uzrli qatnashmadi Kun tartibi : 1. Uyda ta‟lim olayotgano‟quvchilarga taqsimlangan dars soatlarining o‟tilishi, o‟quv rejalarining bajarilishi haqida. (Maktab psixologi A. Norqulov) 2. Maktabda kundalik kom. platformasida 5- 11- sinflarda o‟quv jurnallarining yuritilishi, o‟qituvchilarning baholash mezonlariga amal qilishi. ( O‟IBDO‟ S. Umarova) 3. Fan xonalarining xalq ta‟limi vazirligi tomonidan belgilangan tavsiyalar asosida jihozlanishi va maktab jihozlarining saqlanishi haqida. (MMIBDO‟ Sh. Usmonov) 4. Maktabda 3- chorak yakunida o‟tkazilgan monitoring natijalari va tahlili .(O‟IBDO‟ Ch. Artiqova) 5. O‟quvchilar bilimini baholashning xalqaro standartlar PISA hamda PIRLS dasturlariga tayyorgarlik ko‟rishlari yuzasidan 4 va 9- sinflarda o‟quvchilarning o‟zlashtirish darajalari tahlili. 6. Jismoniy tarbiya fanining o‟qitilishi, sport zallarning jihozlanishi to‟g‟risida, 1-4, 5-11- sinflar kesimida (Maktab direktori Sh. Elmurotov) ESHITILDI: Yig‟ilishni maktab direktori Sh. Elmurodov kirish so‟zi bilan ochdi. Kun tartibidagi masalaning mazmuni bilan tanishtirdi.So‟ngra maktab psixologi A. Norqulovga so‟z berildi.A. Norqulov o‟z so‟zida maktabda uyda yakka tartibda ta‟lim olayotgan 2 nafar o‟quvchi borligi, 9- sinfda Ergashev Temur, 2- sinfda Muhammadiyev Azizbek bo‟lib ularga boshlang‟ich sinf o‟qituvchilari Eshmatova Gulhayo, Mirzahmadova Surayyo, ona tili va adabiyot fani o‟qituvchisi To‟ychiyeva Ozoda, matematika fani o‟qituvchisi Qudratov Miraziz, geografiya fani o‟qituvchisi Abdulboqiyeva Rayhonlar dars berib kelmoqdaligini aytdi. Ularning dars jadvali asosida darslarni o‟z vaqtida o‟tishlari nazorat qilib boriladi. Ish faoliyati o‟rganilganda O‟qituvchilarda ish reja, ota –onalarga imzo qo‟ydirilgan jurnal va dars ishlanmalari, ko‟rgazmalari mavjudligi aniqlandi.Darslar o‟quvchilarning kasallik turiga va o‟quv rejasiga qarab oliy, birinchi va ikkinchi toifali mutaxassis o‟qituvchilarga berilgan. Kun tartibidagi navbatdagi masala bo‟yicha maktabning O‟IBDO‟ S. Umarova so‟zga chiqdi. U o‟z so‟zida Xalq ta‟limi vazirligining 2022- yil 24- iyundagi 205- sonli “ Umumta‟lim maktablarida o‟quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffoflikni ta‟minlash to‟g‟risida”gi 205- sonli buyrug‟ida elektron jurnallarni yuritish haqida berilgan ko‟rsatmalar asosida jurnallar yuritilishi nazorat qilib borilayotgani, o‟qituvchilarga baholarni o‟zgartirmaslik, o‟quvchilarni baholashda shaffoflikka e‟tibor berish, nazorat ishlarini vaqtida o‟tkazish va baholarni vaqtida qo‟yish, uyga vazifa berish va vazifalarni tekshirishda, ish rejani va baholarni vaqtida kiritilishi uchun mas‟uliyat bilan ishlashlari lozimligi haqida gapirdi. Haftalik hisobotlarda kundalik kom bo‟yicha foizni tushishiga sabab bo‟layotgan, baholarni vaqtidan o‟tkazib qo‟yayotgan o‟qituvchilardan Narzullayev T. To‟xtayeva D. G‟afforova S. Shukurov I. larga ogohlantirish berildi. Shuningdek sinf rahbarlariga o‟quvchining davomatini tushirish, o‟quvchilarning obuna to‟lovlari muddati tugaganda uni to‟lab borish va boshqa maktabdan kelgan o‟quvchilarni kechikmasdan kundalik komga kiritish haqida gapirdi. Navbatdagi masala yuzasidan maktabning MMIBDO‟ Sh. Usmonov so‟zga chiqdi va maktabdagi sinf xonalarining jihozlanishi, tozaligi va maktab jihozlarini asrash haqida gapirdi.Maktabda jami 24 ta sinf xonasi mavjud bo‟lib ularda ikki smenada o‟quvchilar o‟qiydi. Shuni hisobga olib o‟quvchilarga tozalikni saqlash, partalarga yozib tashlamaslik, parta ,stullarni sindirmaslik haqida har doim sinf rahbar ogohlantirib turishi, nazorat qilib borishi lozimligini aytdi.Har bir sinf xonasini belgilangan kabinet talablari bo‟yicha jihozlash, sinf oynasi, DTS talablari bo‟yicha o‟quvchilarning o„zlashtirish foizlarini sihf xonasiga yangilab ilib boorish haqida gapirdi. Kun tartibidagi navbatdagi masala bo‟yicha maktabning O‟IBDO‟ Ch. Artiqova so‟zga chiqdi va maktabda 3- chorak yakunlari bo‟yicha o‟quvchilar bilimining DTS talablariga mosligini tekshirish uchun o‟tkazilgan ichki monitoring haqida gapirdi.Maktabda Xalq ta‟limi vazirining 2022-yil11- oktabrdagi 313- sonli buyrug‟I ijrosini ta‟minlash maqsadida maktabning 2022-yil 6-martdagi 212 - sonli buyrug‟i chiqarildi va shu buyruq asosida 3- va 6-7- sinf o‟quvchilaridan ona tili, matematika, rus tili, ingliz tili, kimyo, biologiya, fizika, geografiya, informatika, tarix fanlaridan ichki nazorat o‟tkazildi.3 blokda barcha fanlarni qamrab olgan holda elektron test tuzib chiqildi va monitoring o‟tkazildi. O‟tkazilgan monitoring natijasida o‟quvchilarning o‟zlashtirishi fanlar va sinflar kesimida quyidagicha natijani berdi: T/R Sinflar Fani Foizi Fan o‟qituvchisi 1 3-“A” sinf Ona tili 85 % G‟afforova S. 2 Matematika 76 % G‟afforova S. 3 Rus tili 89 % Mirzahmadova S. 4 Ingliz tili 84 % Samadov Sh. Tabiiy fan 76% G‟afforova S. 82% 3-“B” sinf Ona tili 86 % Eshonqulova M. S. 6 Matematika 84 % Eshonqulova M. S.. Rus tili 82 % Choriyeva O‟. Ingliz tili 82 % Abdullayev A. Tabiiy fan 82 % Eshonqulova M. S.. 83,2% 3- “D” sinf Ona tili 76 % Temirova E. Matematika 84 % Temirova E. Rus tili 74 % Rajabova G. Ingliz tili 70 % Samadov Sh. Tabiiy fan 86 % Temirova E. 78 % 6- sinf Ona tili 82 % To‟ychiyeva O. Matematika 78 % Salomova Sh..Qudratov M. Rus tili 76% Choriyeva O‟. Bo‟tayarov Sh. Tabiiy fan 76% Abdullayev A. tarix 76% Xolmatova D. biologiya 80% Soatov S. informatika 78% Narzullayev T. Ingliz tili 79% Berdimurodova S. 78 7- sinf Ona tili 89 % To‟ychiyeva O. Matematika 72% Shukurov M. Rus tili 74% Choriyeva O‟. Bo‟tayarov Sh. Fizika 80% Artiqova Ch. kimyo 78% Sattorova M. tarix 82 % Sattorov Z. biologiya 68% Soatov S. informatika 76% Narzullayev T. Ingliz tili 74% Abdullayev A. Turdaliyev Z. 77 % Jami: 79.6 % Yuqoridagi natija bo‟yicha 3- sinflarda ona tili , ingliz tili, matematika fanlaridan o‟quvchilarda bo‟shliq hosil bo‟lgani aniqlandi. 6- sinflarda qaysi fanlardan o‟zlashtirish past bo‟lgan bo‟lsa, fan o‟qituvchilari bilan tahlil qilindi va qo‟shimcha darslar belgilab olindi. Shuningdek barcha sinflardan matematika fanidan yozma ish , ona tili fanidan diktant olinib o‟quvchilar savodxonligi tekshirildi. Natijada ona tili fanidan 2d, 4a, 8a sinf o‟quvchilari yuqori natijaga erishgan bo‟lsalar, 3d,4d, 5a,6d,8d sinf o‟quvchilari past natija berdi. Matematika fanidan 3b, 5d, 5b sinflar yuqori natijani bergan bo‟lsa, 7a, 7b ,8d sinflar past ko‟rsatkich berganligi aytildi. Fan o‟qituvchilariga savodxonlikni oshirish, o‟quvchilarda hosil bo‟lgan bo‟shliqni to‟ldirish uchun qo‟shimcha darslar tashkil qilish va yana qayta nazorat o‟tkazilganda o‟zgarmasa chora ko‟rilishi aytilib muhlat berildi. Monitoring jarayonida yuqori natija ko‟rsatgan sinflarning fan o‟qituvchilariga ustama ish haqi belgilashda hisobga olinishi aytildi. Navbatdagi masala yuzasidan maktab direktori so‟zga chiqdi va respublikamizda 2021- yilda 180 ta maktabda PIRLS tadqiqoti, 2022-yilda 202 ta maktabda PISA xalqaro baholash tadqiqoti o‟tkazilgani, endi 2023- yilda TIIMSS tadqiqotlari o‟tkazilishi rejalashtirilganligini hamda O‟zbekiston 2030- yilga borib kuchli 30 talik davlatga kirishi rejalashtirilganini aytdi. Bu yil 4-8 sinf o‟quvchilarining matematika va tabiiy fandan bilimlari sinab ko‟riladi.Maktabda o‟quvchilar bilimini baholashning xalqaro standartlar PISA hamda PIRLS dasturlariga tayyorgarlik ko‟rishlari yuzasidan 4 va 9- sinflarda o‟quvchilarga maktabdagi trener o‟qituvchilar “O‟qish savodxonligi” bo‟yicha To‟ychiyeva O. va boshlang‟ich sinflarda Hasanova Y. matematik savodxonlik bo‟yicha Qudratov Miraziz, tabiiy savodxonlik bo‟yicha Sattorova Malohatlar seminar mashg‟ulotlari o‟tkazib fan o‟qituvchilariga Ta‟lim markazi tomonidan o‟tkazilayotgan seminar treninglarni o‟rganib fan o‟qituvchilariga ham orgatib bormoqda. 3-4- sinf o‟quvchilaridan o‟tkazilayotgan nazorat ishlarida shunga asoslangan pisa testlardan qo‟shib o‟quvchilarni o‟rgatib borish haqida gapirildi. Maktabning 9- sinflaridan ona tili fanidan o‟qish savodxonligi bo‟yicha matnli topshiriqlar matematika va fizika, kimyo biologiya fanlaridan esa o‟quvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlash talab qilinadigan topshiriqlarni bajarishga o‟rgatishga va yangi darsliklardagi topshiriqlarning to‟g‟ri bajarilishini nazorat qilib borish lozimligi, metodbirlashmalar yig‟ilishlarida muhokama qilib borilishi lozimligi aytildi.Shu bilan birga Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institute tomonidan stesting electron platformasi ishga tushirilgan bo‟lib, undan o‟qituvchi va o‟quvchilar foydalanib kelmoqdalar. So‟ngra kun tartibidagi navbatdagi masala maktabda jismoniy tarbiya fanining o‟qitilishi va sport maydonlarining tozaligi, zallarning jihozlanishi haqida maktab direktori Sh. Elmurotov gapirdi. Maktabda jismoniy tarbiya fanidan Qobilov S. Talliyev M. Boborahmatova M va Elmurodova Sevaralar dars o‟tadi. Maktabda dars o‟tishi uchun barcha sharoitlar yetarli.Sport maydonlari va sport zalining jihozlanishi qoniqarli. O‟qituvchilarning darslari kuzatildi va kamchiliklar tushuntirildi. Fan o‟qituvchilariga to‟garaklarni jonlantirish, sportga qiziquvchilarni ko‟paytirish va chempionlar tayyorlab chiqarish haqida gapirdi. Muzokarada fan o‟qituvchilaridan M. Shukurov,Z. Ibragimovalar so‟zga chiqib o‟zlarining fikr mulohazalarini aytdilar. Yuqorida ko‟rilgan masalalar yuzasidan maktab pedagogika kengashi quyidagicha Download 156.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling