Bazis vektorlar
Tutash muhit mexanikasining asosiy gipotezalari
Download 309.51 Kb.
|
ttm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tutash muhitlar mexanikasining predmeti va usullari.
Tutash muhit mexanikasining asosiy gipotezalari.
Shunday qilib quyidagi asosiy gipotezalarga ega bo’ldik. jism zarrachalari jism joylashgan fazo bo’lagini (qismini) tutash, (bo’shliqlarsiz) to’ldiradi. Bu zarrachalar cheksiz kichik hajmga ega bo’lib mexanik parametrlarga egadir (zichlik, harorat va h.k.); Jism harakat qiladigan fazo YYevklid fazosi bo’lib, bu shunday fazoki unda hamma nuqtalar uchun umumiy bo’gan Dekart koordinatalari sistemasini kiritish va ixtiyoriy nuqtalar orasidagi masofani aniqlash uchun yagona formula beriladi. Masofaning o’lchov birligi sifatida Parij meridianining milliondan bir bo’lagi – metr qabul qilingan. Vaqt absolyutdir. Ya’ni u har qanday koordinatalar sistemasida bir xil va bir tekis o’tadi, boshqacha aytganda koordinatalar sistemasining nisbiy harakati bilan uzviy ravishda bog’langan. Vaqt birligi sifatida o’rtacha quyosh sutkasining 86400 dan bir qismi – sekund qabul qilingan. Tutash muhitlar mexanikasining predmeti va usullari. Tabiatdagi u yoki bu jismni tutash muhit deb qarash uni ideallashtirishdan iboratdir. Bunday ideallashtirish biz deformatsiyalanuvchi jismlar harakatlarini tekshirishda uzluksiz funksiyalar apparatini, differensial va integral hisobini qo’llaganimiz bois zarurdir. Yuqorida aytilganlardan quyidagicha xulosa qilish mumkin: tutash muhit deganda deformatsiyalanuvchi (tashqi ta’sir natijasida shakli o’zgaruvchi), qattiq, suyuq, gaz va plazma holatidagi jismlarni hamda ba’zi maydonlarni tushunamiz. Nazariy mexanika kursida qattiq jism ideallashtirilib, ya’ni uni absolyut qattiq jism deb qarab, uning muvozanati va harakati o’rganiladi. Tumash muhitlar mexanikasi esa deformatsiyalanuvchi qattiq, suyuq va gazsimon jismlarning muvozanati, harakati va o’zaro ta’siri masalalarini o’rganadi. Bu yerdan ko’rinib turibdiki tutash muhitlar mexanikasi fan va texnikaning juda ko’p sohalariga tegishli masalalarni hal qilish bilan shuq’ullanishi kerak. Moddiy jismlar harakatini o’rganishda tutash muhitlar mexanikasi asosan ikki usuldan foydalanadi – statistik hamda fenomenologik – makroskopuk usullar: 1) Statistik usullar har doim zarralarning xususiyatlari, o’zaro ta’siri va hokazolar bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha gipotezalarga asoslanadi. Shuning uchun ham statistik usullarni qat’iy va aniq usullar deb bo’lmaydi. Bundan tashqari statistik usullar asosida chiqarilgan harakat tenglamalari juda murakkab bo’lganligi sababli bu usullar o’z effektivligini yo’qotadilar; moddiy jismlar harakatini o’rganishdagi ikkinchi yo’l – tajribadan olingan umumiy qonuniyatlar va gipotezalar asosida fenomenologik – makroskopik nazariyani yaratishdir. Amaliy jihatdan muhim ko’pgina masalalarni yechishda makroskopik nazariya juda effektiv apparat hisoblanadi va uning yordamida topilgan ma’lumotlar tajriba natijalari bilan mos tushadi. Shuning uchun ham biz tutash mumitlar mexanikasi kursini o’rganishni moddiy muhitning fenomenologik – makroskopik nazariyasi asosida olib boramiz. Download 309.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling