Behini standartga kiritilgan navlarini xarakteristikasi Behining kelib chiqishi va botanic tavsifi
Download 26.48 Kb.
|
BEHI nalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonda standartga kiritilgan behi navlari
O‘zbekistonda behi yetishtirish. O‘zbekiston hududida behining 8 ta navi yetishtiriladi. Navlariga qarab, mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya etiladi. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan behi mahsuloti Afg‘oniston, Belorus respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya, Turkmaniston, Chexiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Behi daraxtlari O’zbekistonda qadimdan ko’paytirib kelgan. Mamlakatimizning tog’li rayonlarda (So’x, Nanay, Bo’stonliq) dengiz sathidan 1000m balandlikda behining ertapishar mayda mevali nsvlsri ko’proq tarqalgan. Behi hosilini terish sentyabr oyining oxiridan to noyabr oyigacha davom etadi. Kechpishar behi hosilini mart oyigacha saqlash mumkin. Behi mevalarida vitaminlar olma, olcha va nokka nisbatan ko’pdir. O’zbekiston behini o’stirish uchun mos iqlim va tuproq sharoitlari mavjuddir. Behi kamdan-kam erta bahorda bo’ladigan qora sovuqlardan zararlanadi, olma va nokka nisbatan kechroq muddatda gullaydi. Behi odatda aprelning ikkinchi yarmi, may oyida gullaydi. Sovuq 30 darajadan past bo’lganda bir yillik novdalari va qisman eski shoxlari zararlanadi. Kuchli kuzgi sovuqlar behi daraxtini kamdan-kam shikastlaydi. Oʻzbekistondagi B.zorlarning 80% Fargʻona vodiysida. Balandligi 5–6 m, shoxshabbalari piramida shaklida, baʼzan tarvaqaylab oʻsadi.
O‘zbekistonda standartga kiritilgan behi navlari AROMATNAYA NAVI Daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 2,7 m bo‘lib, keng shox-shabbalidir. Behi ko‘chati ekilgandan so‘ng to‘rtinchi yili hosilga kiradi. Mevasi yirik, o‘rtacha vazni – 181 g, shakli olmasimon, silliq, pishgan vaqtida sarg‘ish rangga kiradi. Hosildorligi – 342,6 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 398,4 s/ga ni tashkil etadi.Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi. Mualliflar: A.K. Pavlov, U.M. Mirzahidov.1986–yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Qashqadaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan. IZOBILNAYA NAVI Daraxtining bo‘yi o‘rtacha 2,9 m, shox-shabbasi tarqoq, yassi dumaloq. Behi ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi. Mevasi bochkasimon, asos tomoni sal kengaygan, rangi sariq. Mevasining o‘rtacha vazni 198 g bo‘lib, eti och sarg‘ish, zich, mazasi nordon, o‘rtacha sershira, xushbo‘y. Hosildorligi – 69,5 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 112,8 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi. Muallif: A.K. Pavlov. 1959–yil Davlat reyestriga kiritilgan.Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan. KRIMSKAYA AROMATNAYA NAVI Download 26.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling