Behini standartga kiritilgan navlarini xarakteristikasi Behining kelib chiqishi va botanic tavsifi


Mevasi noksimon, asosi uzunchoq bo‘lib, rangi sariq, usti silliq, o‘rtacha tuklangan, o‘rtacha vazni – 204 g. Hosildorligi


Download 26.48 Kb.
bet4/4
Sana08.11.2023
Hajmi26.48 Kb.
#1757333
1   2   3   4
Bog'liq
BEHI nalari

Mevasi noksimon, asosi uzunchoq bo‘lib, rangi sariq, usti silliq, o‘rtacha tuklangan, o‘rtacha vazni – 204 g.
Hosildorligi – 289,7 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 391,1 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Muallif: A.N. Leyn.
1959–yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimiz hududida Sirdaryo, Toshkent va Jizzax viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

SAMARQANDSKAYA KRUPNOPLODNAYA NAVI


Daraxtining bo‘yi 3,5 m bo‘lib, ekilgandan so‘ng beshinchi yili hosilga kiradi. Mevasi sentyabrning birinchi o‘n kunligida pishadi.
Mevasi noksimon shaklda, yashilroq sariq rangda, o‘rtacha tuklangan, yirik. Behi mevasining o‘rtacha vazni – 273 g.
Hosildorligi – 116,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 157,1 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.
Muallif: A.N. Leyn.
1959–yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.


XORAZM NOKSIMON BEHISI NAVI


Mevasi yirik (300 g), nok shaklida, yirik keng qirrali, jigarrangsimon tukli. Tuki oson tozalanadi, po‘sti silliq, ko‘kimtir rangli, saqlanganda sariq tusga kiradi. Eti sarg‘ish-oq, zich, bir oz dag‘al, o‘rtacha suvli, sezilar-sezilmas xushbo‘y, taxirroq, nordon-shirin.
Hosildorligi o‘rtacha. Oktyabr boshlarida uziladi, martgacha yaxshi saqlanadi. Saqlanganda po‘stining osti dog‘lanib taxirlashadi.
Mamlakatimiz hududida Xorazm vohasida ekish uchun tavsiya qilingan.

Shirin –ertapishar ho’raki nav. Mevasi o’rtacha, ayrimlari qisman yirik bo’ladi, vazni 130-190gr, asosan noksimon shaklda bo’lib, qobig’lari uncha ko’zga tashlanmaydi. Mevasi qalin tuklar bilan qoplangan. Sentyabrning ikkinchi yarmida mevasi pishadi. Hosil yaxshi bo’lib, terib olingan mevasini iste’mol qilsa bo’ladi.

Nordon –o’rtapishar nav bo’lib, mevasi nordon-shirin, turli maqsadlarda foydalaniladi, serhidli va tashishga chidamli. Har yili mo’l hosil olinadi. Daraxtlari yumaloq shox-shabbali, baquvvat, novdalari osilib turadi. Qalin shoxlanadi, serbarg. Mevasi o’rtacha yirik (140-200gr), asosan olmasimon, yuzasi qirrali va bir oz bo’rtiq. Po’sti yupqa, o’rtacha suvli, shirin-nordon. Ko’chatlari ekilganidan keyin 4-5 yili hosilga kiradi. Mevasi oktyabrning birinchi yarmida uziladi. Dekabrning oxirigacha, ta’m sifatlarini yo’qotmasdan yaxshi saqlanadi.

Serhosil (Izobilnaya) –o’rtapishar, serhosil, konservabop yangi standart navdir. Daraxtlari 5-6m baland, yassi-yumaloq, yoyiq shox-shabbali bo’lib o’sadi. Ekilgandan keyin 2-3 yilda hosilga kiradi. Konservabop navidan yaxshi changlanadi. Mevasi o’rtacha yirik, vazni 200-250, ba’zan 400gr gacha bo’ladi. Bochkasimon shaklda, ayrimlari xatto silindrsimon. Po’sti qo’ng’ir rangli tuk bilan qoplangan, mevasi pisha boshlagan sari. Po’sti limonsimon sariq rangda, eti sarg’ish, zich, o’rtacha suvli, ta’mi nordon hushbo’y. Bu navning mevasi sentyabrning uchinchi o’n kunligida va oktyabr boshlarida uziladi, uch-to’rt haftadan so’ng iste’mol qilish darajasida yetiladi, dekabr oxirigacha yaxshi saqlanadi. Mevasidan sifatli murabbo va kompot tayyorlanadi.


Hidli –kechpishar, konservobop, yangi navdir. Shox-shabbasi keng piramidasimon, hosildorligi yuqori –har tupidan 40-60kg dan hosil olinadi. Serhosil va konservobop navlaridan yaxshi changlanadi. Mevasi o’rtacha yirik, olmasimon, deyarli yumaloq, silliq. Po’sti silliq, yog’li, och-sariq, kulrang qo’ng’ir tukli. Eti sarg’ish-oq, zich, o’rtacha suvli, nordon, nihoyatda hushbo’y. mevasi oktyabrning ikkinchi o’n kunligida uziladi. Noyabrda yetiladi va yanvar oxirigacha saqlanadi. Undan sifatli murabbo va behi sharbati tayyorlanadi.

Samarqand –yirik behisining daraxtlari o’rtacha balandlikda o’sadi, shox-shabbasi tarvaqaylagan, sovuqqa chidamli. Ko’chat ekilganidan keyin 5-6yilda hosilga kiradi. Mevasi noksimon shaklda, usti g’adir-budur, eti och-sariq, donador bir oz dag’al, mazasi shirin-nordon, o’rtacha suvli, hushbo’y. mevasi oktyabrning birinchi yarmida uziladi, noyabrning boshlarida yeyish mumkin bo’ladi. Fevral oyining boshlarigacha yaxshi saqlanadi, konserva tayyorlanadi. Tashishga chidamli, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari uchun moslashtirilgan.

Sovxoz –sovuqqa chidamli, hosildor nav bo’lib, undan universal nav sifatida foydalaniladi. Daraxtlarning shox-shabbasi qalin, teskari piramidasimon shaklda, kuchli o’sadi. Ekilganidan keyin 3-yili hosilga kirib, har yili hosil beradi. Hosildorligi yuqori –har tupdan 100kg gacha hosil olinadi. Mevasi sariq rangda, yuzasi silli, yirik (350-400gr), ayrimlari 500gr dan ham ortiq, o’rtacha tuklagan. Asosan noksimon, eti oq, o’rtacha zich, sersuv, yoqimli shirin mazalli. Mevasining uzilgan zahoti yeyish mumkin. Fevral-mart oyigacha yaxshi saqlanadi. Mevasidan sifatli murabbo va kompot tayyorlanadi. Tashishga chidamli.

Tuproq va iqlim sharoitiga uncha talabchan emas, sizot suvlar yuza joylarida ham o’saveradi.



Xorazm olmasimon behisi. Bu nav Xorazm voxasida tarqalgan. Daraxti 4-5m baland bo’lib o’sadi. Ekilgandan keyin 4-5-yili hosilga kiradi. Har yili hosil beradi. Mevasi yumaloq-yassi, keng qirrali. Sirti qo’ng’iz rangli tuk bilan qalin qooplangan. Yetilganida och limon rangda bo’ladi, po’sti yupqa, eti sarg’ish-oq, zich, o’rtacha, suvli, hushbo’y, shirin. Oktabr oyi boshlaridan boshlab uziladi, yanvar oyi oxirigacha yaxshi saqlanadi.

Xorazm noksimon behisi. Xorazm vohasida ekiladi, mevasi yirik (300gr), nook shaklida, yirik keng qirrali, jigarrangsimon tukli. Tuki oson tozalanadi. Po’sti silliq, ko’kimtir rangli, saqlanganda sariq tusga kiradi. Eti sarg’ish oq, zich, bir oz dag’al, o’rtacha suvli, sezilar-sezilmas hushbo’y, taxirroq, nordon-shirin. Hosildorligi o’rtacha. Oktyabr oyi boshlarida uziladi, martgacha yaxshi saqlanadi. Saqlanganida po’stining osti dog’lanib, taxirlashadi. Yaxshi changlanishi uchun boshqa navlar bilan aralashtirib ekkan ma’qul. Daraxtning ildiz sistemasi yer yuzasiga yaqin joylashadi. Shuning uchun ham u yaxshi unumdor bo’z tuproqlarda va qum bilan aralshgan og’ir tuproqlarda yaxshi o’sib, mo’l hosil beradi.
Download 26.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling