Behini standartga kiritilgan navlarini xarakteristikasi Behining kelib chiqishi va botanic tavsifi


Download 26.48 Kb.
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi26.48 Kb.
#1757333
1   2   3   4
Bog'liq
BEHI nalari

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 2,6 m bo‘lib, shox-shabbasi dumaloq shaklli, uchinchi yili hosil bera boshlaydi.
Mevasi dumaloq ranet shaklli, silliq, yaltiroq, sal tuklangan. Mevasi pishgan vaqtida tillasimon-sariq rangga kiradi, mevasining o‘rtacha vazni – 210 g. Eti och sarg‘ish.
Hosildorligi – 152,9 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 198,8 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Nikitа Davlat botanika bog‘i.
1986–yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimiz hududida Xorazm viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.


MUSHK BEHI NAVI


Mahalliy nav, daraxti o‘rta o‘suvchi.
Mevasi yirik (235 g), dumaloq, tepasi ozroq siqiq, oltinsimon sariq, ozroq jigarrang, tukli. Meva eti o‘rtacha zichlikda, suvli yumshoq, nordon shirin, hidli, universal ishlatishga moyil.
Hosilga 4-5 yili kiradi, oktyabr oyida pishadi, fevral oyigacha saqlanadi.
Hosildorligi 150-180 s/ga.
2012–yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

OTLICHNITSA NAV

Daraxtining bo‘yi o‘rtacha 2,5 m, shox-shabbasi qalin, behi daraxti ekilgandan so‘ng beshinchi yili hosilga kiradi.


Mevasi yirik, o‘rtacha vazni – 261 g, mevasining rangi och sariq, sal tuklangan.
Hosildorligi – 347,8 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 385 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Nikitа Davlat botanika bog‘i.
1986–yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimiz hududida Farg‘ona viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

SOVXOZ NAVI


Daraxtining bo‘yi – 3,6 m, shox-shabbasining qalinligi o‘rtacha, daraxti ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosilga kiradi. Mevasi sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida pishadi.

Download 26.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling