Bekdurdiyeva nargizaning hayot faoliyati xavfsizligi fanidan mustaqil ishi
Download 199.97 Kb. Pdf ko'rish
|
nargizaa
Shovqinga qarshi kurash usullari.
Shovqinga qarshi kurashish kuyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin: okilona akustik rejalashtirish (shovqinli uskunalarni to’g’ri joylashtirish); manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish; shovqinni ixotalash; shovqinni yo’tish; shovqinga qarshi to’siqlar qo’llash; shovqinni buguvchi moslamalar qo’llash; shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalari qo’llash. Ratsional akustik rejalashtirish. Korxona obyektlarini rejalashtirish, bosh rejani loyihalashda shovqin chiqaruvchi obyektlarni lokallashtirish, ma’lum joylarga, ya’ni boshka obyektlarga shovqinning zarari tegmaydigan qilib joylashtirish talab qilinadi. Bunda birinchi navbatda “shamollar guldastasi”, ya’ni shu axoli punktida shamolning asosiy yo’nalishi hisobga olinadi. Shovqinli sexlar bilan “tinch” xonalar (idoralar, konstruktorlik byurolari, ko’tubxona, tibbiyot xonasi va x.k. lar) orasidagi masofa shovqinni kerakli mikdorda kamaytira oladigan darajada bo’lishi kerak. Agar korxona shaxar xududida bulsa (to’qimachilik korxonalari aksar shaxar xududi ichida joylashgan bo’ladi), shovqinli sexlar axoli yashovchi uylardan uzoqrokda, ya’ni korxona xududining ichkarasida joylashtirilishi kerak. Agar bunday sexlar bir binoning ichida joylashtirilishi kerak bulsa “tinch” xonalar shovqinli xonalardan shovqinni yaxshi ixotalovchi to’siqlar bilan ta’minlanishi yoki boshka, odam kam bo’ladigan xonalar, sanuzel va koridorlar bilan ajratilgan bo’lishi kerak. Umuman shovqin manbasidan L, m uzoqlikda qanchaga sunishini kuyidagi formula bilan aniqlash mumkin ( rasmga karang). Masalan, tukuv sexidan 30 m uzoqlikda korxona xovlisida joylashgan sartaroshxonadagi shovqinning kuchini aniqlash. Shovqin manbaidan 1 m masofadagi kuchi 94 dB. L x =L shm -20 lg L -8= 94-20 lg 30-8=56,4dB. bu yerda L-shovqin manbai bilan biror obyekt orasidagi masofa, m; L shm - shovqin manbaining shovqin chiqarish kuchi darajasi, dB (odatda undan 1 m masofada ulchanadi); L x - shovqinni L masofada sunishi, dB. Shovqin kup chiqaradigan sexlar atrofi yaxshi kukalamzorlashtirilgan, bargi kalin daraxt va bo’talar bilan koplangan bo’lishi kerak. Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling