Bekdurdiyeva nargizaning hayot faoliyati xavfsizligi fanidan mustaqil ishi


Download 199.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana26.01.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1124797
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
nargizaa

Titrashni kamaytirish yo’llari va ultra va infratovushdan himoyalanish. 
Titrash kishi organizmiga salbiy ta’sir kiladi, natijada ish unumdorligini pasaytiradi,
kupincha ogir kasbiy kasallik - titrash kasalligiga olib keladi. Shuning uchun titrashga
qarshi tabbirlarga aloxida axamiyat beriladi. 
Titrash kasalligi kasbiy kasalliklarga kiradi. Bu kasallikni boshlangich davridagina
yaxshilab davolash mumkin. Titrash kasalligini davolash, ayniksa, kasallik ruju kilgan
xolatlarda uzoq muddatda davolanadi. Kup xollarda kasallik o’tib ketsa, nogironlikka olib
kelishi mumkin. 
Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish kuyidagi usullarda olib boriladi: 
-titrashni keltirib chiqarayotgan manbaga ta’sir qilish;
-rezonans xolatidan chiqarish;
-titrashni dempferlash; 
-titrashni dinamik sundirish;
-mashina va qurilish elementlarining konstruktiv elementlarini uzgartirish;
-titrashni ixotalash va shaxsiy himoya vositalarini qo’llash.
Mexanizatsiyalashgan, elektr yoki havo asboblari yordamida ishlaganda, kulni
titrashdan saqlash uchun maxsus kulkoplar, kistirma va plastinalardan tashkil topgan
shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi. Shaxsiy himoya vositalariga kuyiladigan
umumiy talablar GOST 12.4 002-74 da belgilangan. Titrash kasalligini oldini olish uchun
titrash mavjud bo’lgan ishlarda maxsus ish tartibi qo’llaniladi. Masalan, titrash mavjud
bo’lgan mashinalarida umumiy ish vaqti semenaning 2-3 qismidan oshmasligi kerak. Bunda
tinmasan ishlash vaqti 15-20 min va dam olish vaqtlari bo’lishi kerakligi kuzda to’tilgan.
Ishni tashkil qilishda titrashli operatsiyalarni titrash bo’lmagan ishlar bilan almashtirib
turish kerak. 
Titrashni ulchash ST SEV 1931-78 “Titrash. Ulchov o’tkazish uchun umumiy talablar”
da belgilanadi. Titrashni ulchash uchun kupgina asboblar mavjud, bulardan standart oktava
filtrli ISHV-1 hamda VIP-2., VR-1 va bokalar. Chet elda chiqaraladigan asboblardan RFT
(Germaniya) hamda “Bryo’l va Kyer” firmasining (Daniya) asboblaridir. 
Texnologik uskunaning ashyoviy sigimi kamaytirilganni xolda uning tezligi
oshirilganda ularning titrashi kuchayadi. Titrash (vibratsiya) tebranishlar chastotasi,
titrashdagi siljish amplitudasi va titrash tezligi bilan ifodalanadi. Uzoq vaqt mobaynida
titrash ta’sirida bo’lish ishlovchining sogligi va mexnat unumdorligiga yomon ta’sir
etibgina kolmasdan, balki ogir kasbiy- titrash kasalligiga olib keladi. 
Inson organizmiga ta’sir ko’rsatish tarzigan kura titrashlar maxaliy va umumiy bo’ladi.
Titrashdan himoyalanish uchun armotizatorlar va yakka tartibda himoyalash vositalari
sifatida titrashni sundiruvchi kulkop hamda poyabzal qo’llaniladi. Amortizatorlar sifatida
kigiz, rezina, pulat prujinali titrov izolyatorlari va shu kabilardan foydaniladi. 
Binolarning tarkibi qismlariga motorlar, mashinalarning titrashini kamaytirish
maksadida, motorlar poydevorlarining ostiga rezinadan, polivinil smolalardan tayyorlangan,
shisha tola bilan kuchaytirilgan kistirmalar kuyiladi. 
12


Titraydigan mashina va asboblar bilan ishlaydigan ishchilarrni xizmat vaqtidan
tashkari ishlatish man etiladi. 16 yoshga tulmagan yoshlar, xomilador ayollar, oshkozoni
ogriydigan va kon bosimi bor kishilarga bunday uskunalarda ishlash etiladi.
Ultratovush muxit 11200 dan 10
9
Gs gacha doirada mexaniq tarzda tebranmada yuzaga
keladi. 
Sanoatda detallarni tozalash va yogsizlantirish, metallarga mexaniq ishlov berish
uchun 18000-30000 Gs chastotali ultratovush tebranishlari keng qo’llaniladi. 
Ultratovush odamga havo muxiti orqali, shunigdek, suyuk muxit va kattik jismlar
orqali ta’sir kiladi. 
Ultratovushli kurilmalarda ishlaydigan ishchilarning boshi ogriydi, tez charchaydi,
yaxshi uxlay olmaydi, kuzi xiralashdagi, ogzi kurib kolaveradi, korni ogriydi, ishtaxasi
bo’lmaydi, tanasi va terisining xarorati ko’tariladi, yurak urishi susayadi, kon bosimi
pasayadi hamda termoregulyatsiyasi buziladi. 
Ultratovush bilan ishlayotganda yakka tartibdagi himoya vositalari sifatida shovqin
sundirgichlar va maxsus kulkoplardan foydalanish lozim. 
Xozirgi vaqtda ishlab chiqarishda va transportda infratovush chastotali tovush keng
tarkalgan. U katta ventilyatorlar, ichki yonuv dvigatellari ishlayotganida paydo bo’ladi. 
Shaxsiy himoya vositalari. 
Eshitish a’zolarini himoya qilish vrsitalari uz vazifasi va konstrusiyasi bo’yicha uch
turga bulinadi: naushniklar-kulok suprasini yopib turadi, tikinlar-tashki eshitish kanalini
yopib turadi, tikinlar-tashki eshitish kanalini yopib turadi, shlemlar -kallaning bir qismini va
kulok suprasini berkitib turadi. Bularni qo’llash ayrim oktava chiziklarida tovush bosimi
satxini 35-40 dB mikdorda kamaytiradi. Shunisi dikkatga sazovorki, ular ayniksa kishi
organizmi uchun xavfli bo’lgan yukori chastotali shovqinlarni pasaytirishda yaxshi samara
beradi. 
To’qimachilik sanoatining shovqinli sexlarida eshitish a’zolarini himoya qilishga
zarurat seziladi. Ularni tanlash shovqinning jadalligiga va ishchining shaxsiy
xususiyatlariga boglik. Tovush bosimi satxi 120 dB gacha bo’lgan jadal shovqinlar ta’sir
kilayotgan sharoitda VSNIIOT - 2M turiga mansub naushniklarni qo’llash tavsiya etiladi (
a rasm). Tukuv, kalavalash va kayta urash sexlarida kichik gabaritli VSNIIOT - 4A turiga
mansub naushniklarni qo’llash maksadga muvofik ( b rasm). VSNIIOT - 2M naushnigi
ishlatishga kulay va spektrning yukori chastotali qismida samaralidir, VSNIIOT - 4A
naushnigi ulchamlari kichik va yengil, lekin ularning akustik samaradorligi biroz past. 
Jadval. 
To’qimachilik korxonalarining tovush bosim satxi 100-105 dBdan kam bo’lgan
sexlarda O’TV markali o’ta ingichka shisha tolasidan yasalgan tampon, FPP-15 markali
o’ta ingichka tolada yasalgan tampon (Berushi) va yezinadan yasalgan kattik tikinlar bilan
ta’minlanadir. 
Shovqinga qarshi qo’llaniladigan himoya vositalariga bir kator gigiyenik talablar
kuiyladi. Tozalab turish imkoniyati bo’lgan, kulay ishlatiladigan, uzidan zararni va terini
kichishtiruvchi moddalar chiqarmaydigan, terini ifloslantirmaydigan bo’lishi kerak.
Bulardan tashkari ular bo’tun ish kuni davomida kulokni ogritmasligi va kishining gashiga
tegmasligi lozim. 
13


Himoya vositalarini tanlash ish joyidagi shovqining chastota bo’yicha spektoriga,
mikroiklim sharoitlariga va ishchining shaxsiy xususiyatlariga boglik. Ular shovqinni
GOST 12.1. 003-76 da ko’rsatilgan, yo’l kuysa bo’ladigan kiymatlarigacha pasaytira
olsagina, to’g’ri tanlangan hisoblanadi. 
Tikinlar turiga tolali, govak va yushmok plastik materiallardan yasalgan zaglushkalar,
vtulkalar, tamponlar va probkalar mansubidir. Ular yushmok va elastikligi tufayli eshitish
kanaliga kirib u yerni zichlab berkitadi. Ular kuzoynak takishga, bosh kiyim kiyishiga
xalakit bermasligi bilan kulaydir, yengil va ixcham, gigiyena nuqtai nazaridan toza va
ishlatilishda kulay. Lekin ularni odatda, ish joylarida umumiy shovqin satxi 100 dB dan
katta bo’lmagan xollarda ishlatiladi. Bir marta ishlatishga yaraydigan (O’TV va FPP tolali
materiallardan yasalgan “Berushi”) tikinlar, bilan odatda, bir varakayiga kup ishchilar
bo’tun ish smenasi davomida ta’minlanadi.
O’TV tolasidan kilingan tikinlar kuyidagicha tayyorlanadi: ulchamlari 4x4 sm li tola
katlamini diagonali bo’yicha bir necha marta ketma-ket buklab konus xoliga keltirilgan va
kulokning tashki kanaliga tikib kuyiladi. Kulokning tashki kanal terisi yalliginlagan paytda
bu tikinni qo’llash mumkin emas. Bunday xollarda naushniklar qo’llagan ma’kul. 
FPP tolali materiallaridan kilingan bir marta ishlatiladigan “Berushi” tikini oxirgi
paytlarda keng qo’llanilmokda. Bu tikining ulchamlari 40x40-1,4 mm, massasi 140-220 mg
bulib, terini kichitmaydi va antiseptik xossalari bilan ajralib turadi ( rasm).
Kup marrta ishlatiladigan tikinlar “Antifonlar” eshitish a’zolarini yukori chastotali
ishlab chiqarish shovqinlaridan himoya kiladi rasm. Ular yumshok rezina kapsula
shaklida bulib, ichki urta qismiga kichkina plastmassa uzak kirgizib kuyilgan bo’ladi.
Kamida bir xaftada ularni sovunli ilik suv bilan yuvib turish tavsiya etiladi. 
Xozirgi paytda ilgor to’qimachilik korxonalarida monoton va bir xil ritmli ishlarda
(tukuvchi, yigiruvchi, kalavalovchi va sh.u) ishchilarni shovqin ta’siridan saqlash uchun
radiolashtirilgan naushniklar qo’llanilmokda. Bu ishlarda funksional muzika dasturlarini
qo’llash asab, psixik kuchlanish, xolatini kamaytiradi, charchokni oladi, ishchining
kayfiyatini yaxshilaydi va ish unumdorligini oshiradi. 
Radiolashtirilgan “Melodiya” uskunalari VSNIIOT - 2M turidagi naushniklarga
o’rnatilgan bulib, uning himoya xususiyatini saqlagan xolda, past chastotalarda beriladigan
muzikali ridioeshittirishlarni xam olib boradi. 
Xozirgi paytda ishlab chiqarish sexlarida 90 dB gacha va 90-120 dB gacha
qo’llanadigan radioshtirilgan VSNIIOT - 4FM va VSNIIOT - 2FM naushniklari keng
qo’llanilmokda. Ishlab chiqarish operatsiyasi doimo yurib bajariladigan ishlarda maxsus
ixcham priyomnikli “Orfey-1” ridionaushniklardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Ishchini shovqinning to’g’ridan-to’g’ri ta’siridan himoyaladigan ekranlar shovqinning
yukori chastotali tarkibiy qismlarini pasaytiradi. Tovush soyasi yuzaga kelishi natijasida
ekran ortida shovqin pasayadi. Bu soya tovush to’lqini uzunligining ekranning kundalang
ulchamiga nisbatiga boglik. 
Agar texnik usullar bilan shovqinni sanitariya meyorlariga kadar pasaytirib bo’lmasa,
u xolda shovqindan yakka tartibda himoyalag vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Bunday vositalarga kulok tikmalari (vkladishlar), kulok kopkoklar (naushniklar) shlyomlar
kiradi. 
Kulok tikmalar juda ingichka toladan kilingan, ba’zan mum va parafin aralashmasi
shimdirilgan, kulokka tikib kuiladigan aralashmasi shimdirilgan, kulokka tikib kuyladigan
14


paxta yoki doka bulagidir. Konus shaklidagi kattik (ebonit, rezina) tikmalar xam bo’ladi
(shovqinni 5-20 dB ga pasaytiradi).
Kulokkopkoklar. Sanoatimizda kulokkopkoklar keng qo’llaniladi. Ular yoysimon
prujina hisobiga kulok chiganogiga zich tegib va uni berkitib turadi, yukori chastotalarda
eng samarali ishlaydi (shovqinni 20-30 dB ga pasaytiradi).
Tovush kuvvati 120 dB bo’lgan shovqindan himoyalanish uchun shlyomalardan 
foydalaniladi.
15



Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling