Bekdurdiyeva nargizaning hayot faoliyati xavfsizligi fanidan mustaqil ishi
Download 199.97 Kb. Pdf ko'rish
|
nargizaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Shovqin tasnifi va uni meyorlashtirish. 2. Shovqinga qarshi kurash usullari. 3. Shaxsiy himoya vositalari.
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA(SIRTQI) YÓNALISHI 202-GURUH TALABASI BEKDURDIYEVA NARGIZANING HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: Shovqin va titrashdan himoyalalnish texnik vositalarining guruhlanishi va tuzulishi 1 Reja: 1. Shovqin tasnifi va uni meyorlashtirish. 2. Shovqinga qarshi kurash usullari. 3. Shaxsiy himoya vositalari. 4. Titrashni kamaytirish yo’llari va ultra va infratovushdan himoyalanish. 2 Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda kushilib eshitilish shovqin deb ataladi. Tovush fizik xolat sifatida havoda, suvda va boshka tarang muxitdan kelib chiqadigan to’lqinsimon xarakatlardan iboratdir. U tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida xosil bo’ladi va bizning eshitish organimiz tomonidan kabul qilinadi. Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada ogrik turgizadi va kulok shangib asab sistemasiga xam yomon ta’sir kiladi. Ayniksa fikrni tuplab, akliy ish bilan shugullanishiga imkon bermaydi, bo’tun dikkat-e’tiborni berib ishlash lozim bulsa, ish kobiliyatini (10-60% ga) pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab sistemasini ishdan chiqishga olib kelishi mumkin. Ayniksa kattik va kuchli tovushlar, shunigdek tuxtovsiz ravishda bir xilda chikib turadigan tovushlar odamga yomon ta’sir kiladi. Shovqin ta’srida turli a’zorlar va sistemalarning, masalan xazm qilish (oshkozon shirasi sekretsiyasining uzgarishi), kon aylanishi (kon bosimning ko’tarilishi) va shunga uxshashlarning normal faoliyati buziladi. Shovqin kelib chiqishi bo’yicha asosan uch xil bo’ladi: 1. Sanoat shovqin. 2. Transport shovqini. 3. Maishiy shovqinlar. Shu bilan birga gaz va suyukliklarning xarakati natijasida xam shovqin chiqishi mumkin. Bunday shovqinlar aerodinamik shovqinlar deb ataladi. To’qimachilik sanoati korxonalari xam bundan mustasno emasdir. Shovqin darajasi yukori bo’lgan sexlarda ishlovchi ishchilarda kasbiy kasallik “shovqin kasalligi” uchrab turadi. Shu bilan birga ayrim ish joylarining surunkali titrashni natijasida “vibratsion kasalik” xam uchrab turadi. Shovqin, titrash va ultra-infratovush kattik jism, gaz hamda suyuklik moddiy qismlarning mexaniq tabranishlaridir. Ruxsat etilgan chekli sanitariya talablaridan ortik bo’lgan ishlab chiqarish shovqinlari, titrashlari va ultra-infratovushlari muntazam ravishda ta’sir etganda odam organizmiga zararli ta’sir qilib, keyinchalik ogir kasbiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Sukunatni buzadigan yoki foydali tovushni eshitishga xalakit beradigan xar kanday tovush shovqin deb ataladi. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqinlar odamning axvoliga yomon ta’sir kiladi, tez charchatadi, asab va yurak-tomir sistemasi ishini buzadi. Pilla pishitish fabrikalarida baland shovqin texnologik uskunalar sistemasidagi barabanli MSH-3, M-170 SHL, M-210-SHL, TKM-8, TK-2, TK-136-SHL, KE2-145-SHL, KE-175-SHL, DM-3, MG-2 kalibrlash mashinalari, dvigatellari va konditsioner ishlayotganida yuzaga keladi. Xavfsizlikning umumiy talablari, “GOST 12.1.003-88 MXSM”. Shovqindan himoyalash vositalari va usullariga barcha shovqinlar mexaniq aerodinamik elektromagnit, gidrodinamik, havo va tuzilishdagi shovqinlarga ajratiladi. Eshitish infratovush bilan ogrikning boshlanishi urtasidagi oralik bulib, u taxminan 140 dB ni tashkil etadi Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling