Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
12.2. Yurish qismi detallarini (tayanch katoklar va zanjir zvenolarini) remonti. Zanjirli traktorlarning yurish qismini remonti. Zanjirli traktorlarning yurish qismi detallari obraziv muxitda,quruq ishqalanish sharoitida ishlaydi va katta dinamik zarba (nagruzka) larni qabul qiladi. Ularning yeyilishi o’nlab mm ni tashkil etadi. Shu bilan birga ularning massasi ham anchaga kamayadi. Shu bois,ularni tiklashda,yuqori unumli va katta qatlam qoplashni ta‘minlaydigan usullarni qo’llashni talab etiladi. Tayanch katoklar po’lat 45L-1 dan tayyorlanadi. Ularning yeyilgan yurish yo’l- laklari flyus qatlami ostida avtomatik payvandlab tiklanadi. Flyus AN-348A yoki katokka xalqa kiygizib tiklanadi. Xalqa qalinligi 8…10 mm bo’lgan po’lat polosalardan egish moslamasida tayyorlanadi. Xalqa, ichki 0,15…0,25 mm taranglik bilan, 300…400 o S ga kizdirib, press yordamida kiritiladi va cheti payvandlanadi. Tayanch katoklarni yo’rish yo’l aklarini tiklashning eng istiqbolli usuli elektr- shlak usuli xisoblanadi. Elektro-shlak usulida suyuqlantirib qoplash jarayoni quyidagi olib boriladi: yoyilgan katokning yen tomonlari dastlab utga chidamli loy bilan qopalanadi, So’ngra gabaritli mis disklar orasiga olinib, stanok patroniga mahkamlangan opravka ustig’a o’rnatiladi. Disklarga sovitiladigan forma zich tegib turadi. Katokning tugini, disklar va forma orasidagi bo’shliq AN-348A flyusi suyuqlanadigan suyuqlantirib qoplash vannasi xisoblanadi. Suyuqlantirilgan metallning dastlabki portsiyasi alohida tig’elda tayyorlanib vannaga qo’yiladi. Bu vannaga sv-08 (3 mm li) qo’sh elektrodli simlar va dozatordan legirlovchi qo’shimchalar beriladi. Zanjirlarda zvenolarning tutashish joylaridagi quloqchalarning teshiklari va barmoqlar yeyiladi Yoyilgan barmoqlar yangisiga almashtiriladi. Quloqchalar tez-tez yeyilib turadi. Devorning qalinligi 3,5 mm bo’lgunga qadar yeyilishiga ruxsat etiladi. 67 Zveno quloqchasini yotqizilgan elektrod bilan suyuqlantirib qoplash usulida tiklash mumkin. Bunda quloqchaning yeyilgan sirtiga maxsus PANCh-4 elektrodi yotqiziladi. Quloqchalardagi teshiklarni plastik deformatsiya yo’li bilan ham tiklash mumkin. Bunda zveno 850…950 o S gacha qizdiriladi va maxsus shtamplarda siqiladi. Bunda zveno metali shunday qayta taqsimlanadiki, natijada quloqcha normal o’lchamga kelib qoladi. Bir vaqtning o’zida yurish yo’l chalari ham tiklanadi Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling