Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6787 uzsmart.uz
Otvallarni tiklash. Otvallar kam uglerodli (20-markali) po’latdan tayyorlanadi.
NRS 48..56 qattiqlikgacha tsementatsiyalanadi va toblanadi. Otvallarning nuqsonlari dala (taxtasi) va qanot sirtining yeyilishidir. Otvallarning yeyilgan dala taxtalari diametri 4…5 mm li E-42 elektrod bilan 200..250 A tok kuchida elektr yoyli payvandlalash yordamida tiklanadi. Uni tozalanganidan keyin charx-toshida kirkma cheti charxlanadi, bunda faska va charxlash burchagi saqlab kolinadi. Ish vaqtida 69 disk pichogining kesuvchi cheti o’tmaslashadi va sinadi (uvalanadi). Disk T 15 K6 markali qattiq qotishmadan tayyorlangan plastinkali kombinatsiyali keskich bilan tig’’ining cheti qalinligi 0,3…0,5 mm bulguncha tokorlik stanogida charxlanadi. Kultivatorlarni quyidagi nuqsonlari bo’lishi mumkin: ish organlari– o’toq qilish, yumshatish natijalari va okuchniklar yeyiladi va o’tmaslanadi; g’ildirak o’qlari,salniklar, detallardagi rezbalar yeyiladi; rama detallari qiyshayadi va buraladi, gryadillar kiyshayadi, ish organlarini ko’tarish va g’ildiraklarni boshqarish mexanizmlari yeyiladi Kultivatorlar ish organlarining ko’pchiligi (yumshatish panjalaridan tashkari) o’zi charxlanadigan, orqa tomoniga sarmayt N1 qattiq qotishmasi suyuqlantirib qoplab tayyorlanadi, shu sababdan ular temirchilik usulida tiklanmaydi. Faqat yumshatish panjalari qirquvchiqirrasi ko’pi bilan 1 mm qalinlikda,yuqori tomonida charxlab tiklanadi. Panja tig’i ko’p yeyilgan, o’tmaslangan, darz ketgan va singan bo’lsa, u po’latdan tayyorlangan almashma tig’larni parchinlab yoki payvandlab tiklanadi. Almashma panja mahkamlab bo’lingach, 820 o S gacha qizdirib suvga botirib toblanadi. 70G po’latdan tayyorlanganlari moyda toblanadi. Suyuqlantirib metall qoplangan panjalarning tumshug’i yeyilganda yamoq payvandlab tiklanadi. Yamoq jatka yoki kosilkalarning yaroqsiz segmentdan, seyalkalar diskidan tayyorlanadi. Yamoq panjaga payvandlab yopishtirilgach, uning chiqib turgan qismiga orqa tomonidan N1 sarmayt qotishmasi 0,7…1 mm qalinlikda gazaviy payvandlab qoplanadi, keyin qoplama tozalanadi,tig’i charxlanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling