Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

cho’tkalari. 
Remontini ketma-ketligi: plankalarni 
rixtovkalash; cho’tkalarni tozalash; defektovka va guruxlarga ajratish,simli qulflarni 
tashqi tomondan qirqish va yeyilgan dastalarni uyalardan itarib chiqarish, yelimli 
kompozitsiyani tayyorlash va quyish, yelim kompozitsiyasini plankaning oxirgi uchi 
bo’ylab quyish va quritish, cho’tkalarni me‘yoridagi o’lchamgacha qirqishdan iborat. 
Plankalar stanokda rixtovkalanadi. Plankalarning ortiqcha bukilishi 1,5…1,8 mm dan 
oshmasligi kerak. 
Cho’tkalar qisqa oqimli ikki kamerali yuvish qurilmasida tozalanadi. Birinchi 
kamerada cho’tkalar kontsentratsiyasi 5 kg/m
3
bo’lgan, 80…850 S gacha isitilgan 
trinatriyfosfat eritmasida eritiladi. Ikkinchi kamera oqim bilan yuvish uchun 
mo’ljallangan bo’lib, bunda yuvuvchi eritma M1112 nasosi yordamida 0,45…0,5 
Mpa bosimi ostida purkaladi. Yuvilgandan so’ng cho’tkalar quritish shkafida 
95…100
o
S quritiladi. Quritilgandan so’ng cho’tkalar defektlash va sortlarga 
ajratishga uzatiladi. Agar cho’tkalarning yarmidan ko’p dastasi ishdan to’liq chikkan 
bo’lsa, ular brakka chiqariladi, chunki ularni tiklash samarasizdir. 
Remont qilishda cho’tka uyalaridan yeyilgan dastalarni maxsus dastgohda 
itarib chiqariladi. Keyin cho’tka plankalariga dastalar bilan birga yelim 
kompozitsiyasi qo’yiladi. Yelim quyilgandan so’ng cho’tkalar 110…120 
o
S da 3…4 
soat davomida quritiladi. Cho’tkaning balandligi 126 mm dan ortiq bo’lishga yo’l
qo’yilmaydi. Plankaning bukilishi 20 mm dan kam bo’lishi lozim. Tuk va planka 
orasidagi zazor 1,5 mm dan kichik, 1…4 dastani yulib olish kuchi 60 kg dan ortiq 
bo’lishi kerak. Remont qilingan paxta terish mashinalariga quyiladigan texnik 
talablar
S‘yomnik - podshipniklarning yuqori va quyi korpuslarida sinish va yoriq 
bo’lishi mumkin emas. 
Cho’tka plankalari tekis,tuklari dastasi zich bo’lishi; dastaga 60 N kuch 
quyilganda tuki cho’tka uyasidan uzilmasligi kerak, tukning balandligi 25 mm gacha 
yeyilishi mumkin. Shpindellar tayanchlarda erkin aylanadi. Har bir shpindelning 
barabanda urilishi 2 mm dan oshmasligi kerak.
Shpindel tishlari o’tkir va bukilmagan, tishning old qirrasi va tekislik orasidagi 
burchagi 50…54
o
ga teng bo’lish lozim. Singan tishlar soni bir qatorda ketma-ket 
bulishga ruxsat etiladi. Tishning balandligi 1,6 mm bo’lishi kerak. Cho’tkaning tuki 
bilan shpindel orasida bo’shliq qolmasligi kerak, ya‘ni cho’tkaning tuki butun 
balandligida shpindel tegib turishi kerak. Cho’tka tuki shpindel tishlariga 1,5 mm 
gacha botishga ruxsat etiladi. 
S’yomnik cho’tkalari oraliq shit, styajka va qabul qiluvchi kamerasining chetiga
tegmaydi. Oldingi s‘yomniklar va apparatlarning eshiklari orasidagi oraliq 5…7 mm 
atrofida bo’ladi. Ishchi oraliqning kengligi shpindelning butun buyi bo’ylab bir xil 
bo’lishi, pastki qismida oraliq kengligi 2 mm ga ortishi mumkin.
G’alla o’rish kombaynlarning qirqish apparati juda murakkab sharoitlarda 
ishlaydi, shuning uchun pichoq segmentlarning hamda barmoqlar vkladishlarning 
tig’lari tez o’tmaslashadi va uvalanadi. Bu nuqsonlarni yuqotishda ko’pincha
slesarlik-mexanik usullari ishlatiladi. 


71 
Pichoq segmentdagi bitta tig’da beshtadan ortiq tish uvalangan yoki egilgan va 
o’tmaslashgan bo’lsa (kemtik tishlar balandligi 0,3 mm ga kamayganda) ular 
almashtiriladi. Yangi segmentlar maxsus o’zaytirilgan plita, dastgoh yoki moslama 
ustida parchinlanadi. Kasilkalarda silliq segmentlari o’tmaslashib qolgan tig’lari 
stanokda charxlanadi. Bu stanok ramasida pichoqni siqish va uni charxlash uchun 
siljitadigan mexanizmi bor. Pichoq 19-20
o
burchakli qo’sh profilli charx tosh bilan 
charxlanadi. Barmoq vkladishdari o’tmaslashganda yoki shikastlanganda maxsus 
moslamadan foydalanib almashtiriladi. Bu moslamaning ustida barmoqdagi darzni 
payvandlash, pazlarning yeyilgan devorlarini suyuqlantirib qoplash mumkin. 
Barmoq bilan vkladish orasidagi zazor 0,5 mm gacha bo’lishiga yo’l qo’yiladi. 
Jatka va kosilkalardagi singan va darz ketgan yog’och shatunlar yangisiga 
almashtiriladi. Shatunlar yangi vtulkalari teshiklari krivoship barmog’i o’lchamiga 
moslab yo’nib kengaytiriladi. Shatun kallasidagi sharikli podshipnik ostidagi teshik 
sirti yeyilganda normal o’lchamgacha vtulka quyib tiklanadi. Yig’ilgan holatdagi 
qirquvchi apparatining pichog’i qo’l kuchi bilan qadalmasdan surilish kerak. 
Jatkalarda qirquvchi elementidan tashqari boshqa detallari ham intensiv yeyiladi 
Bunday detallarga birinchi navbatda jatka shnegi misol bo’ladi. Jatka shnegida 
payvand choklari uzilgan va darz ketgan, pichoqlangan, shnek o’ramlari 
deformatsiyalangan kojuxlar teshilgan bo’lishini mumkin. 
Shneg remont qilish uchun maxsus kantovatelda o’rnatiladi va qismlarga 
ajratiladi. Shundan so’ng shnek detallari remont qilinadi va shu moslamada 
muvozanatlanadi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling