Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Taqsimlash vallari va klapan uyalarini remont qilish


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

11.6. Taqsimlash vallari va klapan uyalarini remont qilish 
 
Taqsimlash valini remont qilish Bu vallarda tayanch bo’yinlar va qo’l 
achoklar yeyiladi Shuningdek, val egilishi ham mumkin. Valning egilishi 
prizmalarda press ostida sovuqlayin to’g’rilab bartaraf etiladi. 


63 
Taqsimlash valining tayanch bo’yinlari kichik remont o’lchamigacha 
jilvirlanadi. Bu xolda remont o’lchamiga ega bo’lgan vtulka blokka o’rnatiladi. 
Ko’pincha remont o’lchamiga ega bo’lgan bo’yinlar o’stiriladi va eng katta 
o’lchamgacha yo’nib kengaytiriladi. Yupka qatlamlarni qalinlashtirishda xromlash 
yoki Po’latlash qo’l laniladi.
Taqsimlash valining bo’yinlarini ma‘lum diametrgacha jilvirlashga yo’l
qo’yiladi, bu diametr tsementatsiyalangan yoki toblangan qatlam qalinligiga qarab 
belgilanadi Chegarasigacha yoyilgan bo’yinlar yuqori uglerodli Po’lat bilan 
tebranma-yoy vositasida suyuqlantirib qoplanadi, shundan keyin normal 
diametrgacha jilvirlanadi. 
Taqsimlash valining qo’l achoklari notekis yeyiladi Qo’l achokning silindrik 
qismi juda kam yoyiladi, ammo qo’l achokning profilli, sirpanib harakatlanadigan 
qismi kup yeyiladi 
Buning natijasida klapanning kutarilish balandligi o’zgaradi, klapanning ochila 
boshlash hamda uning umumiy ochilish vaqti kamayadi. Taqsimlash vali qo’l 
achoklarining yeyilishi qo’l achok balandligini ulchab aniqlanadi. Qo’l achoklarning 
balandligi bo’yicha ma‘lum chegaragacha yeyilishiga ruxsat etiladi. Masalan, 
taqsimlash vallari qo’l achoklarining yo’l quyiladigan eng kichik balandligi: YaMZ-
238 NB dvigatellari uchun – 42 mm, A-41 va A-01 dvigatellari uchun – 44,05 mm 
apital. 
Brak qilinadigan o’lchamigacha yoyilgan qo’l achoklar jilvirlash-qopirlash 
stanogida jilvirlanadi. Bunda qo’l achok 
apital tiklanadi, ammo o’lchamlari 
kichiklashadi. Qo’l achoklarni T-590 elektrodi bilan elektr-ey vositasida 
suyuqlantirib qoplash, keyin jilvirlash yo’l i bilan normal o’lchamgacha tiklash 
mumkin. 
Taqsimlash valining yoyilgan podlshipniklari (vtulkalari) almashtiriladi. 
Presslab kiritilgan yangi vtulkalardagi va blokdagi moy keladigan teshiklar bir-biriga 
mos kelishi kerak. Silindrlar kallagida ko’pincha klapan uyalarining ish faskalari 
yeyiladi Klapanlar va uyalar bir oz yoyilganida tutashmaning germetikligini 
klapanlarini uyalarga pritirlab tiklash mumkin. Klapanlar uyalari kup yoyilganda 
ularning geometrik shhaklini, faskaning enini va uning joylashishini tiklash yo’l i 
bilan remont qilinadi. 
Uyalarni remont qilishning eng kup tarkalgan usuli frezalashdir.Buning uchun 
turt dona maxsus frezalar to’plami ishlatiladi. Klapanlar uyasi quyidagi tartibda 
frezalanadi. Burchagi 45
o
bo’lgan freza bilan yeyilish izlari yo’qolguncha 
apit 
qatlami olinadi. Bunda faskaning eni ortadi. Faskaning enini kamaytirish uchun 
uning yuqori qismi 15
o
burchakli freza bilan, pastki qismi esa 75
o
burchakli toza 
ishlovchi freza bilan faskaning sirti tozalanadi va uning eni o’zil-kesil talab etilgan 
kattalikkacha yetkaziladi (1,5…2,5 mm). 
Klapanlarni urnatma po’lat uyalari yemon frezalanadi, shuning uchun ular 
jilvirlab tiklanadi. Klapan uyalari faskalarini jilvirlash turli markadagi, masalan, 
OPR-1334A, 2447 tipli va boshqa planetar-jilvirlash stanoklarida bajariladi. 
Klapanlarda ko’pincha quyidagi nuqsonlar bo’ladi: yeyilish, bo’shliqlarning 
xosil bulashi va tarelka ish faskalarining quyishi. Bundan tashkari, klapanlarda 
sterjenning sirti va uning toretsi yeyiladi Klapan tarelkalarining yoyilgan ish faskalari 
va sterjenning yoyilgan toretslari yeyilish izlari ketguncha jilvirlab to’zatiladi. 


64 
Klapanlarni jilvirlashdan oldin sterjenlarning to’g’ri chizikliligi tekshiriladi. 
Sterjenning to’g’ri chizikdan 0,05 mm gacha ogishiga yo’l qo’yiladi. 
Klapan tarelkasining faskasi va sterjenning toretsi maxsus OPR-823 yoki R-
108 stanoklarida jilvirlanadi. Jilvir toshning aylanish chastotasi 6500 ayl/min ga, 
kisuvchi patronniki esa 160 ayl/min apital. Jilvirlash uchun donadorligi 40…25, 
qattiqligi SM1 va SM2 bo’lgan toshlar ishlatiladi. Klapanlarning yoyilgan sterjenlari 
kichik o’lchamga moslab jilvirlanishi, Po’latlash yoki xromlash yo’l i bilan tiklanishi 
mumkin. Jilvirlashdan keyin sterjenning ovalligi va konusligi 0,02 mm dan 
oshmasligi kerak. 
Barcha klapanlar OPR-1841A tipdagi (eki boshqa) maxsus universal stendlarda 
uyalarning faskalariga pritirlanadi (ishkalab moslash-tiriladi). Bunda silindrlar 
kallagi stendga o’rnatiladi, uyaning faskasiga ishqalanish pastasi surkaladi. 
Ishqalanish pastasi sifatida GOI pastalari yoki M20… M28 mikroporoshoklardan va 
ikki qism moydan tayyorlangan pasta yupka qilib surkaladi. 
Pritirlash klapanning tarelkasi bilan uyaning konusaviy sirtida bir tekis silliq 
doirasimon yaltirok sirt xosil bulgunga kadar davom ettiriladi. Pritirlash sifatini 
teshirish uchun kallakni kiritish va chiqarish kanallarini yuqoriga qilib o’rnatiladi, 
ularga kerosin qo’yiladi.
Agar 5 minut davomida klapan va uyalar orasidan kerosin sizib chikmasa, 
pritirlash sifati konikarli xisoblanadi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling