Bekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti


 Dvigatel blok va silindrni remont qilish


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/103
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196881
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Bog'liq
Kitob 6787 uzsmart.uz

11.3. Dvigatel blok va silindrni remont qilish 
 Blok va silindr gilzalarini remont qilish Bloklarning asosiy nuqsonlari – 
silindrlar (gilzalar yoki bloklar)ning ichki yuzlari, o’zak podshipniklarning 
vkladishlari o’rnatiladigan uyalar va taqsimlash valining vtulkalari yoyiladi, suv 
g’ilofi, karter devorlari va silindrlar orasidagi peremichkalar yeriladi va teshiladi, 
teshiklardagi rezbalar o’ziladi, to’rtkichlar kiradigan teshiklar yoki ularning 


59 
vtulkalari yoyiladi, gilza burtlari o’tkaziladigan joylar yoyiladi, blok devorlari va 
gilzalarda zichlashtirish xalqalari yonidagi joylar kavitatsion yoyiladi, blokni kallak 
bilan tutashadigan yuzalari tob tashlaydi. 
Ko’rsatib o’tilgan nuqsonlar bartaraf etilishi mumkin. O’zak podshipniklar 
vkladishlari uchun mo’ljallangan uyalar, taqsimlash vali vtulkalari uchun 
mo’ljallangan teshiklar, moy kanallari va remont qilishga qo’l yeta olmaydigan 
joylar darz ketganda va singanda, shuningdek, silindrlar (gilzalar)teshiklari yoki 
klapan uyalari orasida ikkitadan ortiq darz bo’lganda; suv g’iloflarida to’rttadan ortiq 
darz yoki ishlov berilgan sirtlardan o’tuvchi ikkitadan ortiq darz bo’lganda; 
perimetrining o’lchami 1/3 dan ortiqroq bo’lgan silindrlar gilzalarining zichlash 
xalqalariga mo’ljallangan uyalar singanda blok yaroqsizga chiqariladi. 
Darzlar, siniqlar va teshiklar elektr yoy yordamida yoki gaz alangasida yamoq 
solib payvandlanadi va ular boltlar bilan mahkamlanadi, epoksidli smola asosidagi 
polimer materiallardan yamoq solib yamaladi. Katta yo’qlanish tushmaydigan 
joylardagi darzlar shtiftlar yoki shakldor zichlash maxkamlari 
quyib 
yamaladi.Taqsimlash vali vtulkasining yoyilgan teshiklari remont o’lchamli 
vtulkaga moslab yo’nib kengaytiriladi. Vtulka teshiklari, val tayanchi remont 
o’lchamiga moslab yo’nib kengaytiriladi yoki teshiklari kichraytirilgan vtulka quyib 
tiklanadi va taqsimlash vali tayanchlari shu teshiklar bo’yicha jilvirlanadi. O’zak 
podshipniklar vkladishlari o’tkaziladigan joylar (uyalar) qoplama qilib payvandlash, 
Po’latlash yoki epoksidli smola asosida tarkiblar bilan tiklanadi. 
Silindrlar, asosan, porshen xalqalari harakatlanadigan joyidan yeyiladi 
Silindrning ish sirti, kesimi bo’yicha oval shaklida yoyiladi (ovalning katta o’qi 
shatunning tebranish tekisligida bo’ladi), balandligi bo’yicha esa cho’qkisi pastga 
karagan konus shaklini oladi. 
Silindrlar yoyilib, silindr-porshen tutashmasidagi zazor remontsiz yo’l
quyiladigan qiymatdan ortib ketganida ular keyingi kattalashtirilgan remont 
o’lchamiga moslab yo’nib kengaytiriladi va xoninglanadi, shundan keyin tegishli 
diametrdagi porshenlar bilan o’lcham guruhi bo’yicha komplektlanadi. 
Traktor dvigatellari bloklarining gilzalari uchun 0,7 mm ga oshirilgan bittadan 
remont o’lchami belgilanadi (YaMZ-236, YaMZ-238NB, YaMZ-240B, A-01 va A-
41 dvigatellari gilzalar uchun remont o’lchami 0,5 mm ga oshirilgan). Hamma 
avtomobil dvigatellari uchun asosan 0,5 mm interval bilan uchta remont o’lchami 
belgilangan. 
Silindrlar 278 N va 279 N tipli maxsus vertikal – yo’nish stanoklarida yo’nib 
kengaytiriladi. Bunda gilzalar maxsus moslamalar yordamida yo’nib kengaytiriladi. 
Yo’nib kengaytirishdan oldin Hamma silindrlarning diametrlari, ayniqsa 
yuqorigi porshen xalqalari ishlaydigan joyidagi diametrlari o’lchanadi va silindrning 
yo’nib kengaytirish uchun eng yaqin remont o’lchami aniqlanadi. 
Keskichni o’rnatish o’lchami quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling