86
Т
ум
=
Т
а
+
Т
к
Remont korxonalarini loyixalashda eng muhim vazifalardan biri-yillik umumiy
mehnat hajmini remont ishlarining turi bo’yicha taqsimlashdir. Bu
vazifani qanchalik
aniq bajarilganligi, xisoblashning keyingi bosqichlarida ham aniqlikni ta‘minlaydi.
Taqsimlash natijada ustaxona bo’linmalari (uchastkalari) tarkibi tanlanadi, ishchi-
xodimlar soni hamda texnologik uskunalar soni va turi aniqlanadi.Korxonada
remont-xizmat ko’rsatishlar mehnat hajmini ish turlari bo’yicha
taqsimlashning
o’ziga xos qiyinchilik tomonlari ham mavjud, chunki oldindan har qaysi ishning
qanday mikdorda bajarilishini aytish qiyin. Shu sababli, adabietlarda keltirilgan,
remont ishlarining umumiy mehnat hajmini turli ixtisoslik (ish turi) lari bo’yicha
taxminiy taqsimlanish foiz (%) laridan foydalaniladi.
15.4. Remont korxonasining ish rejimi va vaqt fondlari.
Remont korxonalarining ish rejimi ish kunining (smenaning)
davom etish vaqti,
sutkadagi smenalar soni va xaftadagi ish kunlarining soni bilan belgilanadi.
Masalan, xo’jaliklarning ustaxonalari uchun quyidagi ish rejimini tanlash
mumkin: bir
smenali ish kuni, uning davom etish vaqti–7 soat, xaftada olti ish kuni,
shanba kunlari 2 soatga, bayram oldi kunlari esa ish vaqti bir soatga qisqa bo’ladi.
Tanlangan ish
rejimiga asoslanib, ishchilar va ustaxonadagi asosiy uskunalarning
yillik vaqt fondlari aniqlanadi. Olti kunlik ish xaftasi uchun ishchilarning
nominal
vaqt fondi quyidagi formuladan xisoblab topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: