Ўбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги
Download 332.5 Kb.
|
2 5416111381260807460 3 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.3 GEMOLITIK ANEMIYALAR Gemolitik anemiyalar
- Tasnifi ( Idelson L.I., 1974)
Таshhislash mezonlari:
- Umumiy qon tahlili: yaqqol ifodalangan pansitopeniya (eritrositopeniya, leykopeniya, trombositopeniya), anemiya, normoxromiya, nisbiy limfotsitoz, neytropeniya. - Miyelogramma - qon yaratishning 3 ta o`sish qatorining pasayishi (eritrotsit, leykotsit, trombotsit), limfosit va plazmatik hujayralarning nisbiy oshishi. - Trepanobiopsiya - punktat kam hujayrali, yog` to`qimasi suyak ko`migini butunlay egallaydi, neytrofil elementlar kamayadi, mielokariotsitlar soni kam. - Koagulogramma - gipokoagulyasiya belgilari. - Biokimyoviy tahlil - zardobdagi temir miqdori oshadi. - Qon guruh va rezus omilni aniqlash I.3 GEMOLITIK ANEMIYALAR Gemolitik anemiyalar turli etiologiyali anemik holatlarning katta gruppasini tashkil etib, ularning umumiy belgisi bolib qon yaratilishining buzilishi ustunligi (gemolizi) hisoblanadi. Gemolitik anemiyalar uchun eritrositlar yashash davomiyligining qisqarishi xos. Gemoliz hujayra ichida yoki tomir ichida bolishi mumkin. Kuchli gemoliz, uning sabablaridan qatiy nazar, quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: kamqonlik rivojlanishi - gemolitik anemiyaga eritropoezning regenerator tipi xarakterli bolib,u suyak komigida eritroid hujayralarning oshishi va periferik qonda retikulositlar sonining oshishi bilan xarakterlanadi; qon zardobidagi erkin bilirubin miqdorining oshishi hisobiga yuzaga keladigan sariqlik; safro tarkibida bilirubin konsentrasiyasining oshishi (jigarga erkin bilirubinni kop kelib tushishi oqibatida); najas giperxoliyasi va siydikda urobilinni kop bolishi (urobilinogenni ichaklarga kop tushishi natijasida); tomir ichi gemolizida siydikda gemosiderin yoki ozgarmagan gemoglobinning paydo bolishi. Tasnifi ( Idelson L.I., 1974): I. Tugma gemolitik anemiyalar eritrositlarda turli genetik nuqsonlar oqibatida rivojlanadi: 1. Membranopatiyalar - eritrositlar membranasidagi nuqson bilan bogliq: bular oz navbatida 2 ga bolinadi nasliy oqsil etishmovchiligi va nasliy lipid etishmovchiligi Oqsil etishmovchiligi bilan bogliq mikrosferositoz (Minkovskiy Shoffar GA) - ovalositoz - stomatositoz - elliptositoz - piropoykilositoz - kserositoz - Rh antigen Lipid etishmovchiligi bilan bogliq - akantositoz - fosfatidilxolin (lisitin) - lesitin-xolesterinasetiltransferaza 2. Fermentopatiyalar - eritrositlardagi fermentlar faolligi buzilishi bilan bogliq: glyukoza 6-fosfatdegidrogenaza etishmovchiligi - piruvatkinaza etishmovchiligi - glyukoza fosfatizomeraza etishmovchiligi - glutationreduktaza etishmovchiligi - nukleotid etishmovchiligi. 3. Gemoglobinopatiyalar - globin sintezi yoki strukturasining buzilishi bilan bogliq: - talassemiya (alfa, betta, gamma,) oroqsimon hujayrali anemiya Gemoglobinopatiyalar (A, B, S). II. Orttirilgan gemolitik anemiyalar (ular eritrositlar buzilishiga sabab boladigan turli omillar tasirida rivojlanadi.): 1. Autoimmun gemolitik anemiya eritrositlar va suyak komigi eritroid hujayralariga antitelolar tasiri oqibatida rivojlanadi. 2. Paroksizmal tungi gemoglobinuriya (Markiafava Mikeli kasalligi) eritrositlar membrana strukturasining ozgarishi bilan bogliq. 3. Paroksizmal sovuq gemoglobinuriya 4. Simptomatik gemolitik anemiya 5. Medikamentoz gemolitik anemiya 6. Nur kasalligida gemolitik anemiya Download 332.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling