Patogenetik va simptomatik davolash. FKTKni davolashda koʼpchilik bemorlarga foliy kislotasini 10 mg kuniga peroral buyuriladi. Lekin, OITda ovqatni soʼrilishini buzilish patologiyalarida bemorlarga foliy kislotasi sutkaga 5-15 mg dan buyuriladi. Davolash muddati FKTKni ogʼirlik darajasiga bogʼliq holatda 1-3 oy yoki koʼproqni tashkil qiladi. Davolash gemogramma koʼrsatkichlari (gemoglobin va eritrotsitlar miqdori, eritrotsitar parametrlari, retikulotsitlar krizi paydo boʼlishi) nazoratida olib boriladi.
Kasallikning oldini olish. Kasallikning oldini olish chora tadbirlari algoritm boʼyicha (2- ilova) tanlangan xavf guruhlarda oʼtkaziladi, bu xavf guruhlarda parhezni yaxshilash (folat kislotasiga boy oziq ovqatlar qoʼshish), folat kislota preparatini profilaktik dozada buyurish (haftasiga 400 mkg), boyitilgan un mahsulotlarini kuniga 250-300 gramm dan istemol qilish foli kislota tanqisligi xavf omillarini bartaraf qilishga yordam beradi.
АPLАSTIK KАMQONLIK
Аplastik kamqonlik (АK) - qon yaratish tizimi ogʼir kasalligi boʼlib, periferik qonda pantsitopeniya va suyak koʼmigida hujayralarning juda kam miqdorda boʼlishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiya: Kasallikning kelib chiqishi nomaʼlum.
ekzogen omil - nurlanish, kimyoviy vositalar.
endogen omil - jigar yetishmovchiligi, uremiya, gipertireoz.
Tasnifi: Kasallikning ogʼirligiga bogʼliq .
1) ogʼir
2) oʼrta ogʼir
3) ogʼir boʼlmagan (moʼtadil)
Ogʼirlik darajasini baholash mezonlari:
1) ogʼir (АK) — periferik qonda granulotsitlar 0,5 x 109/l dan kam; trombotsitlar 20 x 109/l dan kam; retikulotsitlar 1% dan kam; suyak kumigida trepanoptsiyada aplaziya kuzatiladi (suyak koʼmigida hujayralar 30% dan koʼp boʼlmaydi);
2) oʼrta ogʼir (oʼrta АK) — granulotsitlar miqdori 0,2 x 109/l dan kam boʼladi;
3) ogʼir boʼlmagan (moʼtadil AK) darajada АK guruhiga kirmaydi.
Klinikasi: × anemik sindrom - umumiy holsizlik, bosh og`rigi, boshaylanishi,yurak urib ketishi, ko`z oldi qorongilashishi, quloq shang`illashi, teri va shilliq qavatlar rangparligi.
× gemorragik sindrom - burundan va milklardan qon ketishi, menorragiya, mayda nuqtali petexiyalar - nosimmetrik, tanada qon quyilishlar.
× septikonekrotik - bemorlar virusli infeksiyaga chalinuvchan bo`lib qoladi: tana haroratining ko`tarilishi, pnevmoniyalar,otitlar, pielonefrit
Do'stlaringiz bilan baham: |