Ўбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги
Download 332.5 Kb.
|
2 5416111381260807460 3 mavzu
Tashhislash mezonlari:
Umumiy qon tahlili; eritrositlar sharsimon,yo’g’on intensiv bo’yalgan hujayra ko’rinishida, markazida yorug’lik yo’q. Leykosit va trombositlar normada, retikulositoz, eritrositlarning osmotik rezistentligi pasayadi: gemoliz boshlanishi – 0,6-0,7 (normada 0,48), tugashi 0,4 ( normada 0,32); Eritrositlar o’rtacha diametri– 6,5 mkmdan kichik bo’ladi. Qorin bo’shlig’i a’zolarini UTTda o’t qopida tosh borligi aniqlanadi, rentgenda minorasimon suyak ko’rinadi. Mielogrammada– eritroid hujayralar giperplaziyasi 30-50% gacha(normada 15-25%) kuzatiladi. Bioximik tahlilda – noto’g’ri bilirubin miqdorining ortishi kuzatiladi. Qon zardobidagi temir oshadi. Qon guruhini va rezus faktorni aniqlash – bemorga qon quyish kerak bo’lganda aniqlanadi. Gospitalizasiya:Birinchi marta tashhis qoyilganda albatta stasionarda davolanishi lozim. Keyinchalik gospitalizasiya har bir bemorga individual yondoshiladi, yani bemorning umumiy ahvoliga, qon tahliliga, yoshiga qarab hal etiladi. Asosiy davolash: Bemorning klinik holati yaxshi bolganda, gemolik krizlar va kamqonliklar kuzatilmaganda oddiy simptomatik moddalar bilan cheklaniladi, yani ot qopi tosh kasalligini oldini olish uchun yonaltirilgan muolajalar otkaziladi (safro haydovchilar, fitoterapiya, rasional parhez). Yaqqol kamqonlik bilan kechadigan ogir gemolizlarda va aplastik krizlarda eritrositar massa quyiladi. Boshqa xil gemolitik kamqonliklar kabi nasliy sferositozda ham foliy kislotasi tanqisligi rivojlanadi, shuning uchun bemorlarni davolashda foliy kislotasi ishlatiladi. Sferositar kamqonlikda asosiy davolash usuli - splenektomiyadir. Orta va ogir darajada gemolitik krizlarbolganda yoki ularning asorati kuzatilganda, shu bilan birga yoshlar ortasida kuzatiladigan ot qopi tosh kasalligida, bemorlarga jarrohlik yoli bilan davolash korsatma hisoblanadi. Bolalarga splenektomiya jarrohligi kam bajariladi, ularda splenektomiyadan keyingi infeksion asoratlar xavfi juda yuqori boladi. Kasallikning otkir davrlarida yotoq rejimini saqlash lozim. Patogenetik va simptomatik davolash:Simptomatik davolash safro haydovchilar, fitoterapiya va rasionalparhez. Yaqqol kamqonlik bilan kechadigan ogir gemolizlarda va gemoglobin juda past boladigan aplastik krizlarda- eritrositar massa quyish. Sferositar kamqonlikda asosiy davolash usuli splenektomiyadir. Splenektomiya irsiy mikrosferositozning asosiy davolash usuli hisoblanadi. Profilaktika :Irsiy kasallik hisoblanganligi uchun oziga xos profilaktikasi yoq. Dispanserizatsiya:Irsiy mikrosferositoz bilan kasallangan bemorlar yashash joyidagi oilaviy poliklinikalarda dispanser nazoratida turadi. Download 332.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling