Ўбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги
OROQSIMON HUJAYRALI ANEMIYA (Gemoglobinoz S)
Download 332.5 Kb.
|
2 5416111381260807460 3 mavzu
OROQSIMON HUJAYRALI ANEMIYA (Gemoglobinoz S).
Aniqlanishi: Oroqsimon hujayrali anemiya (OHA) nasliy kasallik bolib, ota-onasidan anomal Nv S ni otkazgan bolalar gomozigot shaklda kasallanadi. Patologik Nv S aminokislota qoldiqlari ketma- ketligini o’zgartiradi, ya’ni Nv S β – zanjirida glutamin o’rnini valin egallaydi.Kasallik bezgak ko’p kuzatiladigan yerlarda (Markaziy Afrikada) keng tarqalgan.O’roqsimon eritrositlar kislorod bergan gemoglobin strukturasining buzilishi natijasida paydo bo’ladi. Kislorod berganda NvS eruvchanligi 100 marta kamayadi, bu esa GEL hosil bolishiga va eritrositlar oroq shaklni egallashiga olib keladi. Deformasiyalangan va chozilgan eritrositlar rigid bolib,uning membranasi shikastlanadi. Oroqsimon eritrositlar RGS hujayralari orqali fagositozga uchraydi va gemoliz yuzaga keladi. Deformasiyalangan eritrositlar normal harakatlana olmay, mayda tomir (kapillyar) devorlarida tiqin hosil qiladi. Natijada ishemiya va nekroz rivojlanishi kuzatiladi.Kasallik tugilgandan keyin bir necha oyda aniqlanadi. U qaytalanuvchi gemolitik krizlar bilan surunkali kechadi. Bemorlarni ajratib olish:Kasallikni tashhis qoyilgandan keyin protokol dasturlari buyicha davolash boshlanadi (JKT 10 klassifikasiyasi buyicha). Tasnifi (JSST 1974) boyicha kriz turlari: × ogriqli × aplastik × gipergemolitik × sekvestrasion Kasallik rivojlanish sabablari infeksiya, sovuq qotish, kislorod etishmovchiligi bolishi mumkin. Gemolitik krizda mayda tomirlarning oroqsimon eritrositlar bilan tiqilishi oqibatida ogriq yuzaga keladi.Ogriqlar umurtqa pogonada, qol va oyoqlarda,qorinda,tananing boshqa qismlarida kuzatiladi. Kriz davrida kuchli ifodalangan gemoliz aplastik holat rivojlanishiga olib keladi.Ayrim hollarda sekvestrasion krizda ichki azolarda parchalanmagan holda eritrositlarning toplanishi kollaps rivojlanishiga olib keladi. Klinikasi. Gomozigot shaklida bemorlarning boyi baland (noproporsional); tanasikalta, qol va oyoqlari uzun, minorasimon bosh, tishlarning ozgarishi, infantilizm, umurtqa pogonasining qiyshayishi kuzatiladi. Kapillyarlardagi tiqinlar hisobiga, oyoqlarda trofik yaralar, ot tosh kasalligi, jigar,taloq va miokardda fibroz ozgarishlar yuzaga keladi. Oqibati:bolalar yoshlik davridayoq vafot etadilar. Geterozigot shakli deyarli aniqlanmaydi. Kasallik belgilari kuchli gipoksiyada aniqlanadi (kislorodning porsial bosimi pasayganda) ogir pnevmoniyada, toqqa kotarilganda, samolyotda uchganda, suv ostida suzganda. Download 332.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling