Anemiyalar tasnifi
I. ETIOLOGIYASIGA KO‘RA: • postgemorragik; • postransfuzion; • infeksion; • alimentar; • dismetabolik; • immunopatologik; • paraneoplastik va hokazo
II. ERITROPOEZ TURIGA KORA: Normoblastik (eritroblastik); Megaloblastik
III. RANG KO‘RSATKICHIGA KO‘RA: gipoxrom; normoxrom; giperxrom.
IV. OGIRLIGIGA KORA: • yengil; o‘rta; og‘ir.
V. ERITROTSIT DIAMETRIGA KORA: mikrotsitar; normotsitar; makrotsitar.
VI. SUYAK KO‘MIGI REAKSIYASIGA KO‘RA aregenerator giporegenerator regenerator giperregenerator
VII. KLINIK KECHISHIGA KO‘RA: o‘tkir; surunkali
VIII. PATOGENEZIGA KO‘RA:
Postgemorragik anemiyalar: qon yo‘qotishdan kelib chiquvchi anemiyalar
Gemolitik anemiyalar: Endoeritrotsitar (nasliy) – eritropatiya (membranopatiya); gemoglobinopatiya; enzimopatiya.
Ekzoeritrotsitar (orttirilgan) - noimmun; autoimmun; izoimmun.
Dizeritropoetik anemiyalar: eritropoez yetishmovchiligi natijasida kelib chiquvchi anemiyalar
Aplastik
Defitsitar - temir defitsit anemiya , vitamin B12 va folat defitsit anemiya, oqsil defitsit anemiya
I.2 Qon yaratilishi buzilishi bilan bog‘liq anemiya
TEMIR TАNQIS KАMQONLIGI
Temir tanqisligi kamqonligi (TTK) – organizmning patologik holati bo‘lib, organizmga temirning kam tushishi, kam o‘zlashtirilishi yoki patologik ko‘p yo‘qotilishi tufayli yuzaga keladi.
Tasnifi
Og‘irlik darajasiga qarab:
-Yengil daraja,gemoglobin 119 g/l dan -91g/l gacha
-O‘rta og‘ir daraja, gemoglobin 90-70 g/l gacha
-Og‘ir daraja, gemoglobin 69 g/l va undan past
Rang ko‘rsatkichiga qarab 3 turga boʼlinadi:
-normoxrom – RK = 0,85 – 1,05
(o‘tkir postgemorragik, gemolitik, gipoplastik kamqonlik)
-gipoxrom RK< 0,85
(temir tanqisligi kamqonligi, sideroblast, talassemiya)
-giperxrom RK> 1,05
(Vit.B12 tanqisligi, folat kislota tanqisligi, aplastik kamqonlik)
Do'stlaringiz bilan baham: |