Tadqiqotning maqsadi: Bemor psixologiyasini o’rganish.
Tadqiqotning predmeti: bemor bolalar psixikasi bilan ishlash
Tadqiqotning vazifalari: Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib biz, quyidagi qator vazifalarni belgilab oldik:
muammoning dolzarbligi, yangiligi, ilmiy farazni asoslash;
tadqiqotga oid psixologik metodlarni aniqlash, mavzu bo’yicha G’arb va Sharq mutafakkirlarini qarashlarini o’rganish;
- olib borilgan tadqiqot yuzasidan xulosa va tavsiyalar berish;
- foydalanilgan adabiyotlarni jamlab, adabiyotlar ro’yxatini tuzish;
Kurs ishining metodologik asosi - E.G’G’oziev, Sh.Do’stmuhamedova, Z.Nishanova, Sh.Alimbaeva, , L.S.Vigotskiy, I.P.Pavlov, M.T.Isaqovalarning olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari tashkil etadi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: – Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunlari, «Sog’lom avlod», «Yoshlar yili» va Davlat dasturlari talablari asosida talabalarga psixofiziologiyani mazmun mohiyatini o’rgatish va bu orqali bemorlar bilan ishlash mexanizmini yanada shakllantirishning ijtimoiy – psixologik omillari borasida tavsiyalarni ishlab chiqilganligi.
Tadqiqotning ilmiy farazi: bemorlarni soglaom hayotga qaytarish ruhiyatiga ijobiy ta’sir o’tkazish .
Tadqiqotning metodlari: kuzatish , suxbat
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: — Tadqiqotda olingan natijalar “Salomatlik psixologiyasi ” “Umumiy psixologiya”, “Psixologiya tarixi”, “Umr davrlari va ontogenez”, “Muloqot psixologiyasi”, ”Konsultativ psixologiya va psixokorretsiya”, “Eksperimental psixologiya va praktikum” , “ Tibbiyot psixologiyasi ” kabi psixologiya tarmoqlarini ma’lumotlar bilan boyitadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Reablitatsiya markazlari xodimlari yoshlarda psixik jarayonlarning keskin o’zgarishlari yosh davri inqirozini psixologik tomonlarini tushunishlarida foydalanishlari mumkin. Shu bilan birga ota-onalarga bola tarbiyasida psixologik ko`mak sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |