Bemor psixologiyasi


Doyalik va ginekologiyada bemorlar bilan munosabatda


Download 56.14 Kb.
bet4/8
Sana02.11.2023
Hajmi56.14 Kb.
#1740334
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bemor psixologiyasi ” mavzusida Tibbiyot psixologiyasi fanidan k-fayllar.org

Doyalik va ginekologiyada bemorlar bilan munosabatda
bo‘lish psixologiyasi
Dovalik va ginekologiyani hozirgi mavqeyiga vetkazish uchun tibbiyot
xodimlari ko‘p qiyinchiliklarni yengishiga to'g'ri keldi. Yuz yillar davomida
uning rivojlanishiga doyalik bilan faqat ayollar shug'ullanishi kerak degan
mulohaza qarshilik ko'rsatib keldi. Chunki ayol shifokorlarning amaiiyotga
kirib kelganiga uncha ko‘p bo'lgani yo‘q. To ular kelguncha doyalik
vazifasini doya hamshiralar bajarib turdilar. Erkak shifokorlardan Veyt
1522-yili doyalik bilan shug'ullanganligi uchun Gamburgda ochiqchasiga
kuydirildi. Hatto 1640-yilda Parijda tashkil qilingan akusherlik kursida
erkak shifokorlarning tug‘ruqxonaga kirishi man qilingan.
Ginekologik kasalliklari bo'lgan ayollarni davolash vaqtida intim jinsiy
psixologik va xulq-a.xloqiga doir ko'pgina muammolar paydo bo'ladiki,
ular tibbiyot xodimlarining faoliyatini jiddiy ravishda murakkablashtirib
yuboradi. Ginekologik tekshirishda ayollarda uyalishning paydo bo'lishi
tabiiy bo'lib, bunday psixologik hodisaga lozim darajada hurmat bilan
qarash kerak. Bemorlar bilan yaxshi aloqa o'rnatish uchun suhbat va
tekshirish vaqtida xushmuomalalik va ehtiyotkorlik zarur.
Tibbiyot hamshirasi muolaja o'tkazish vaqtida ginekolog-shifokorga
(ayniqsa, shifokor erkak kishi bo'lsa) yordam ko'rsatishi muhim. Ayollar
hayotida hayz ko'rish muhim voqea hisoblanadi. Muntazam ravishda qon
ketishlar ko‘p noto'g'ri tushunchalarni, qo'rquvlarni keltirib chiqarishga
hozirgacha sabab bo'lib kelmoqda. Ma’lumki, tozalanish degan tushuncha
mavjud. Shunga ko'ra ayollar hayz vaqtida bir necha kun boshqalardan
115 ajratilishi kcrak. Ayollardagi hay/ davrida qorinda, belda tortib og'rishlar
bo'lishi, jinsiy a’zolarda yoqimsiz sezgilar paydo bo'lishi va ruhiv jihatdan
tajanglanib qolish kuzatiladi. Ko'pincha jahldorlikning ortishi. jizzakilik,
asabiylik kabi salbiy xususiyatlar paydo bo'ladi. Nevroz va boshqa psixologik
o'zgarishlar bo'lgan bemorlarda shikoyatlar ancha ko'p va xilma-xil
bo'ladi, ba’zan asosiy kasallikning kcskinlashuvi qayd etiladi.
Qizlarda uzoq vaqt davom ctgan psixogcniyalar (oilaviy, maishiy,
shaxsiy xarakterdagi kelishmovchiliklar) ta’siri ostida dismcnoreyalar
bo'lishi mumkin. Og'ir ruhiv jarohatlar xotin-qiziar hayz davrining
amenorcya holatidagi buzilishlarni kcltirib chiqaradi. Shuning uchun ham
qizlarda ro'y bcradigan birinchi hayz ko'rish davri kutilmagan holat deb
qabul qilinmasligi kerak. Bu nafaqat tananing sog'lomligini, tozaligini
saqlash uchun, balki ruhiy sog'lomlanish uchun ham kcrak.
Ayrim ayollar hayz davri boshlanishidan bir necha kun oldin
tajanglashgan, bo'shashgan, injiq, kayfiyati yomonlashgan holatda
bo'ladilar. Ularda bu buzilishlarni kuzatishingiz mumkin. Bu hayz davri
sindromi deb yuritiladi. Ayollarda klimaks (hayzning to'xtashi) davrining
boshlanishi ham ruhiy o'zgarishlar bilan o'tadi. Oarilikning boshlanishi
oldidan qo'rquv ayollikning jozibadorligini va er-xotinning jinsiy hayotga
qobiliyatini yo'qotishdan qo'rquv vujudga kcladi. Biroq klimaks davrida
nevrotik va boshqa psixopatologik alomatlarning kuchavishi ko'proq nevrotik
va psixotik reaksiyalarga moyillik bo'lishi, shuningdek, psixologik omillar
bo'lgani holda markaziy asab sistemasi shikastlanishidan azob chekuvchi
bemorlarda qayd qilinadi.
Ginekologiyada muhim muammolardan biri jinsiy moyillikning yo'qligi
hisoblanadi. Jinsiy aloqadan to'la voki to'liq bo'lmagan qanoat hosil
qihnaslik ginekolog shifokorlar tomonidan tez-tez aniqlanib turiladi. Jinsiy
hayotga qarshilik ko'rsatuvchi omil ham shundan bo'ladi. Lining sabablari
turli omillar: ayolning shaxsiy psixologik xususiyatlari, oilaviy havotdan
ko'ngli to'lmasligi, normal er-xotinlik munosabatlariga xalaqit beruvchi
noqulay uy-joy sharoitlari, intim yaqinlikda erkakning noto'g'ri yo'l tutishi
va hokazolar bo'lishi mumkin.
Tez-tez uchrab turadigan sabab homilador bo'lib qolishdan qo'rqish,
erkaklarning ichkilikka ko'p berilishi, jinsiy aloqa vaqtida og'riq sezish
va hokazolardir. Jinsiy moyillikning yo'qolishi boshqa fiziologik holatlar
bilan ham bog'liq. Masalan, ichak sanchiqlari va og'riqlar sababli ba'zan
ayollarda jinsiy aloqadan kevin bosh og'rig'i hamda migren belgilari
kuzatiladi.
Ayniqsa, bularning ichida disparanoik shikoyatlar muhim ahamiyatga
ega. Bu simptom 3 xil toifadagi ayollarda uchraydi:
Tegmanozik toifa. Bu toifaga kiruvchi ayollar jinsiy aloqaga qarshilik
ko'rsatishadi, aloqa qilishni uddalay olishmaydi.
2. Frigid ayollar toifasi. Bu toifaga kiruvchi ayoilar o'z erlariga jinsiy
sovuqqonlik qilishadi, hatto uni impotent (jinsiv ojiz) bo'lib qolish
darajasigacha yetkazishadi.
3. "Arining bachadoni" toifasi. Bu toifaga kiruvchi ayol hayotining asosiv
maqsadi bola tug'ish. Bola tug'ib berish bilan o'z vazifasini bajargan deb
o'ylashadi. Ular jinsiy aloqada bo'lmaslik uchun hattoki s u n ’iy
urug'lanishga ham tayyor bo'lishadi.
Yaxshi tayyorgarlik ko'rgan universal hamshiralar bunday bemorlar
bilan bevosita muloqotda bo‘lib, psixologik bilimlarini ishga solishlari
mumkin. Ularbemorlarning shaxsiy xususiyatlari, yurish-turishi to'g'risida
ma’lumotlar to'plashlari mumkin. Ko'pincha ayollar shifokorlardan ko‘ra
hamshiralarga ko'proq narsani aytadilar. Shutting uchun hamshiralardan
qimmatli ma’lumotlar olamiz. Bu esa to'g'ri tashxis qo‘yish, kerakli dori-
darmon va ntuolajalarni qo'llab davolash uchun muhim. Ayollarda jinsiy
ntuhim bezlarning yoki bachadon, qinning shamollashidan keyin psixik
xarakterga ega bo'lgan klinik simptomlar yuzaga keladi. Bu muammo
ginekologiyada va psixoterapiyada o'ta muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Butting uchun uzoq va muhim davo chora-tadbirlari belgilanishi kerak.
Shundav usullardan balneoterapiya ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan
ijobiv ta’sir ko'rsatadi. Agar ayollarda jiddiy jarrohlik operatsiyalari davo
uchun qo'Ilaniladigan bo'lsa, ular bilan uzoq vaqt psixoterapevtik ishlar
olib borilishi kerak. Ayolning shaxsiy xususiyatlariga, oilaviy er-xotinlik
munosabatlariga baho berish zarur. Shundan keyin bemor bilan bo'lajak
operatsiya xususida suhbatlashish muhim. Bunday suhbatning vazifasi
operatsiyaning muvaffaqiyatli tugashiga ishonch uyg'otishdir. Operatsiyadan
keyingi davrda ayolning xavotirlanishi asossizligini, va’ni operatsiya lining
ayollik jozibadorligini tiklashi, ahil er-xotinlik munosabatlari qarortopishini
unga batafsil tushuntirish lozim.
Ginekologiyada operatsiyadan keyingi psixozlar kamdan kam hollarda
uchraydi. Lekin nevrozlar tez-tez uchrab turadi. Jarrohlik aralashuvidan
keyin bemorlarda psixonevrologik buzilishlar paydo bo‘lishi tibbiyot
hamshiralariga og‘ir vazifalarni yuklaydi.
Doyalik-ginekologik amaliyotida homiladoriik oldidan qo‘rqish juda
muhim muammo hisoblanadi. Bu vaqtda, ayniqsa, birinchi marta
homilador bo'lgan avollarni turli taassurotlardan saqlash ayollar
maslahatxonalari bo'limlarining birdan bir vazifasi hisoblanadi.
Uzoq yillar homilador bo'lmagan ayollar homilador bo'lganda
qo'rquv, vahima bilan yurishadi. Ular ko'pincha tug'ish jarayonidan
xavotirga tushadilar. Bunday vaqtda tibbiyot xodimlarining qimmatli
maslahatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda Respublikamizda sog'lom avlod, onalik va bolalikni
muhofaza qilish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimiz
Previdenii tomonidan 2000-yilning Sog‘Iom avlod yili deb e'lon qilinishi
ayollarimiz nufuzini yanada oshirdi, ona-bolalarning salomatligini saqlash
va mustahkamlash yo'lida vangi imkoniyatlarni ochib berdi. "Sog'lom
avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog'lom naslni, nafaqat
jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog'lom, iymon-e’tiqodi
butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni
tushunaman. Buyuk davlalni faqat sog'lom millat, sog'lom avlodgina qura
oladi", — degan edi Islom Karimov. Tibbiyot xodimlari sog'lom avoldan
sog'lom farzand tug'ilishini sira unutmasliklari va bu ishda o'z bilim va
malakalarini tinmay oshirib borishlari kerak. Barcha tibbiyot muassasalari
ona va bolani jismoniy va ruhan sog'lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish va hayotga tatbiq etish asosida ish olib bormoqdalar.


Download 56.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling