Siydikdonni berish
Ko’rsatmalar: yotish rejimi, o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatishning cheklanishi, siyishga qistash.
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning moxiyatini tushuntiring.
Jixozlar: kleyonka, siydikdon, parda, yuqumsizlantiruvchi eritma, qo’lqop.
Bemorning xolati: o’rinda kleyonkada yotib.
Bajarilishi:
1. Qo’lqopni kiying.
2. Siydikdonni iliq suv bilan chaying.
3. Siydikdonning xolati rasmda ko’rsatilgan.
4. Siydikdonni berib, bemorning ustini yoping.
5. Siyishdan so’ng siydikdon bo’shatiladi, suv bilan chayiladi va o’ziga xos xidni yo’qotish uchun yuqumsizlantiruvchi eritma bilan tozalanadi.
Kleyonkani olib tashlang, bemorni qulay yotkizib, ustini yoping, pardani olib tashlang
-------------------------------------------------------------------------------------------------------
Do'stlaringiz bilan baham: |