Bemorlar qabul qilinganda sanitar ishlovdan o’tishlari kerak
Download 162.66 Kb.
|
Xirurgiya amaliy
Siydik qopini qatetrlash.
Siydik qopini naychalash. Siydik qopini naychalash bu siydik qopiga naychani diagnostika yoki davo maqsadida kiritishdir. Intensiv terapiya paytida tugri xulosaga kelish uchun siydik ajralishinya bilish muxim. Ayniksa bosh miya shishishi bor bemorlar, yurak qon-tomir xastaliklarida, buyrak yetishmovchiligida muxim axamiyat kasb etadi. Siydik kopini naychalash uchun: 1. Aseptika qoidalariga qat’iy amal qilish lozim. 2. Fakat steril kateterdan foydalaniladi. 3. Naychalashdan oldin xamshira qo’llarini obdon yuvadi. 4. Steril kateterga qo’l bilan tegish aslo mumkin emas. 5. Naychani pintset bilan kiritiladi. Turli ko’rinishdagi naychalar qo’llaniladi. O’zini o’zi ushlab turuvchi manjetasi bor naychalar qulayroq. Ayollarda siydik qoiini naychalash Ayollarda siydik chiqarish kanali to’g’ri va kalta bo’lgani uchun muolajani bajarish osonrok. Iunaltirgich kumagida Petstser naychalari ishlatiladi. Ko’rsatmalar: siydik tutilishi, siydik qopiga dori moddalarini yuborish, og’ir bemorlarda diurez nazoratini olib borish uchun. Kerak anjomlar: steril naycha (rezina, plastmassa, metalldan, Petstser naychasi), steril qo’lkop, pintset, steril glitserin (vazelin moyi), furatsillin eritmasi, lotok. Bemorning xolati: muolaja maksadi tugrisida bemorga ma’lumot bergach, undan chalqancha yotib, oyodlarini tizzalaridan biroz bukish va ikki tomonga kerishni surang. Muolajani bajarish: 1. Qo’llarni sovunlab yuving va qo’lqop kiying. 2. CHap qo’lingiz barmoklari bilan jinsiy lablarni extiyotlik bilan oching. Bunda 2 teshik ko’rinadi - yuqoridagisi siydik chiqarish kanali, pastdagisi kinning kirish kismidir. 3. Furatsillin eritmasi shimdirilgan paxta yoki doka soxani korntsangga oling. Tashqi jinsiy a’zolarni furatsillin eritmasi bilan ikki marta yuving (siydik chikarish kanalining tashki teshigini) 4. Naychaga steril glitserin yoki vazelin moyi surting. Pintset yordamida kateterni uchidan 5-6 sm uzoklikda ushlang. Kateterning ikkinchi uchini 4-5-barmoklaringiz orasiga oling. 5. Sekinlik bilan naychani siydik qopiga tashki siydik chikaruv kanali orqali 5-7 sm chuko’rlikka kiriting. Naycha siydik qopiga tushganda siydik ajralib chiqa boshlaydi. Aks xolatda naychani yana chuqurroqqa kiriting. Naychaning tashqi uchini siydik yig’gichga ulang va siidikni chiqaring. 6. Manjetani shishiring, naychani leykoplastr bilan maxkamlang. Erkaklarda siydik qopini naychalash Bemorning xolati: chalqancha, oyoklar tizzadan biroz bukilgan va kerilgan. Muolajani bajarish: 1. Qo’llarni sovunlab yuving va qo’lkop taking. 2. Furatsillin eritmasi shimdirilgan paxta yoki doka sokani korntsangga oling va jinsiy olat boshchasini, siydik chikarish kanalining ogzini ikki marta yuving. 3. Naychaga steril glitserin yoki vazelin moyi surting. Pintset yordamida kateterni uchidan 5-6 sm uzoklikda ushlang. Kateterning ikkinchi uchini 4-5-barmoklaringiz orasiga oling. 4. Jinsiy olat chap qo’l bilan ushlab, 1- va 2- barmoklar bilan tashki siydik chikarish kanalini kering. 5. Ung qo’ldagi pintset yordamida kateterni sekin kiriting. SHu bilan birga jinsiy olatni kateterga karama-karshi yunaltirib turing. 6. Bemorga uzini bush qo’yish, bir necha marta chuko’r nafas olishni takli kiling. Nafas olish yuqorisida naychaga sekin bosim o’tkazib, uya ichkariga kiritishda davom eting. Kateterdan siydik chika boshlag» uni siydikyiggichga ulang. 7. Manjetani shishiring va kateterni leykoplastr bilan maxkamlang. Siydik tsopida kateter uzots turganda, infektsiya rivojlanishishl oldini olish uchun 1 sutkada 2-3 marta ilits furatsillin eritmasi bill yuvib turish kerak (1:5000), Siydik qopini dezinfektsiyalovchi eritma bilan yuvish 1. Qo’llaringizni sovunlab yuving va spirt bilan arting. 2. Siydik qopini bushating. 3. Toza qo’llar bilan steril Jane shpritsini oling. Porshenni ship tsilindr ichiga kiritmay turib, shprits kanyulyasi teshigini steril paxta yoki doka parchasi bilan zich berkiting. 4. Flaqondan shprits tsilindriga oxirgi chizigigacha furatsillin qo’ysh va porshenni olib, shpritsga biroz kiriting. 5. O’ng qo’l bilan porshenni, chap qo’l bilan tsilindrni ushlab turi shpritsni kanyulyasini yuqoriga kilib tuntaring va porshennv siljitib, shpritsdagi xavoni chikarib yuboring. 6. Kateterni chap qo’lingiz bilan, shpritsni ung qo’lingiz bilan ushla shprits kanyulyasini kateterga ulang. Furatsillin eritmasini sekinlik bilan siydik qopiga junating (150-200 ml). So’ngra shpritsni chikari lotokka kayta okib chiqishiga yo’l bering. 7. Muolajani kaytaring. Agar yuvish og’riq bilan kechsa, dastlab sishp qopiga 5-10 ml 0,25-0,5% novokain eritmasini kiritib, 1-2 dakika kateterni berkitib qo’ying. Kateterni ochib yuvishni bajaring. 8. Kateter siydik qopida uzok turganda, uni olib tashlashdan olda siydik qopiga ilik furatsillin junating va kateterni olib tashlai Furatsillin kaytib chikayotganda siydik chiqarish kanalini yuvib chiqadi (infektsiya profilaktikasi). Download 162.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling