BENZIN YONILG`ISINING SIFAT KO`RSATKICHLARI REJA: - 1. Umumiy ma'lumotlar
- 2. Bеnzin sifatiga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar
- 3. Bеnzinlarning asosiy xossalari va sifat ko`rsatkichlari
- 4. Yonilg`ining oktan soni va etillangan bеnzinlar
- 5. Bеnzinning markalari va turlari
1. Umumiy ma`lumotlar 1. Umumiy ma`lumotlar - Karbyuratorli va injektorli dvigatellar uchun asosiy yonilg‘i sifatida turli sort va markadagi benzinlar ishlatiladi.
- Benzinlar oson bug‘lanadigan yonuvchi suyuqlikdir. Ularda massasi bo‘yicha taxminan 85% uglerod, 15% vodorod va juda oz miqdorda kislorod, azot va oltingugurt bo‘ladi.
- Benzinlaming zichligi 0,690-0,742 g/sm3, yonganda chiqadigan issiqlik miqdori taxminan 3200 MJ/m3
- Ichki yonuv dvigatellarida yonilg’ilarning kimyoviy energiyasi issiqli ènergiyasiga, issiqlik ènergiyasi mexanik ishga aylanadi.
- Yonuvchi aralashma hosil bo’lish xarakteriga ko’ra dvigatellar ikki turga: aralashma silindrlar ichida hosil bo’ladigan dizel dvigatellari va aralashma silindrlar tashqarisida hosil bo’ladigan karbyuratorli gaz dvigatellariga bo’linadi.
- Dvigatel hosil qiladigan quvvat, uning tejamkorligi, ishonchligi va samarali ishlashi ko‘p jihatdan tanlanadigan benzinning xossalariga bog‘liq bo‘ladi.
2. Benzinlar quyidagi ekspluatatsion talablarga javob berishi kerak: - 1) karbyuratsion xossalari yuqori bo‘lishi, ya’ni barcha rejimlarda dvigatelni osongina yurgizib yuborilishi va barqaror ishlashini ta’minlaydigan yonuvchi aralashma hosil qilish kerak;
- 2) yuqori detonatsion barqarorlikka ega bo‘lishi, ya’ni har qanday ish rejamida dvigatelda detonatsiya paydo qilmasligi lozim;
- 3) yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi kerakli darajada yuqori bo‘lishi zarur;
- 4) baklarda, yonilg‘i berish apparatlarida smolalar hamda dvigatelning issiq detallarida mumkin qadar kam qurum hosil qilishi zarur;
- 5) uzoq saqlanganda ham xossalari o‘zgarmasligi uchun yuqori barqarorlikka ega bo‘lishi kerak;
- 6) rezervuar, baklar, trubalarni korroziyalamasligi, uning yonish maxsullari esa dvigatel detallarini korroziyalamasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |