Berdaq nomidagi qoraqAlpoq davlat universiteti biologi


-rasm.Suv havzalarining ifloslanishi


Download 0.74 Mb.
bet4/9
Sana30.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1309606
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’tamurodova Maftuna

2-rasm.Suv havzalarining ifloslanishi.
Katta suv omborlari va kanallar atrof-muhitga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatadi: ular qirg’oq chizig’idagi yer osti suvlari rejimini o’zgartiradi, tuproq va o’simliklar jamoalariga ta’sir qiladi va pirovardida ularning suv zonalari unumdor yerlarning katta maydonlarini egallaydi. Bugungi kunda atrof muhitni muhofaza qilish va mavjud muammolarni o’rganish va ularga yechim topish, ekologik muammolarga o’zimizda daxldorlik hissini shakllantirish shu bilan birga ekologik muammolarni hal qilishdagi islohotlarni avvalo o’zimizdan boshlashimiz lozim.
Umuman olganda, bugungi kunda tabiatga chiqarilayotgan qattiq, gazsimon hamda suyuq holatdagi chiqindilar global ekologik muammolarni keltirib chiqar-moqda. Bu masala XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ekolog olimlar nazari-dagi masalalardan bo’lishiga qaramay, ularga barham berish yohud ekologik bar-qarorlikka erishishda u qadar samara kuzatilmayapti. Dolzarb ahamiyati ortib bora-yotgan global ekologik muammolar va bunda chiqindi masalasi kelajak avlod-ning sog’lom turmush tarziga xavf tug’dirishi aniq. Bu masalaga jiddiy qarash lozim.
Bugun chiqindi muammosi butun dunyo ahlini tashvishga solmoqda. Urba-nizatsiya jarayoni jadallashib, shaharlar kengayayotgan, aholi soni o’sayotgan va uning ehtiyojini qondirish uchun millionlab turdagi tovarlar ishlab chiqarila-yotgan bir paytda chiqindilarni qayta ishlash va ularning utilizatsiyasi eng katta eko-logik muammolardan biridir. Ma’lumotlarga ko’ra, bir kunda dunyoda o’rtacha 5 mlrd 754 mln kilogramm chiqindi chiqariladi. Uning 30 % i qayta ishlanadi, qolgani asta-sekinlik bilan ona sayyoramizni qoplamoqda. 
Chiqindilar turli qimmatbaho metallar, shisha idishlar, makulatura, plastik, yerga o’g’it bo’la oladigan oziq-ovqat mahsulotlarining qoldiqlaridan iborat.
Ularning ichida ko’plab xavfli chiqindilar ham bo’ladi: batareykalar ichidagi simob, flyuoristsent lampalardagi fosfor-karbonatlar va maishiy eritmalardagi toksik kimyoviy moddalar, bo’yoqlar, yog’och buyumlarni asrash uchun ishlati-ladigan har xil kimyoviy qoplamalar singari. Chiqindilarning ko’payishiga aso-siy sabablardan biri aholi ehtiyoji uchun zarur buyumlarning ishlatish muddatining qisqaligidir. Ularni qayta ishlash esa zamon talabidir. Ayniqsa, bu muammo sanoati rivojlanayotgan shaharlarda dolzarbdir. Ayni paytda yirik shaharlar chiqin-disi uning tashqarisiga olib chiqib tashlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda qayta ishlanishga yaroqsiz materiallar biogaz, bioquvvatga aylantiriladi. Mahalliy bosh-qaruv va o’z-o’zini ta’minlash San-Frantsisko institutining xodimi D.Morisning fikriga ko’ra, dunyoning har bir shahri yirik metall koniga nisbatan ko’proq metallga ega. Chiqindilarni qayta ishlash elektr energiyasi va suvdan foydalanishni bir necha barobar kamaytiradi. Masalan, alyuminiyni boksit o’rniga chiqindidan ajratib olish elektr quvvatining sarfi va atrof-muhit ifloslanishini 95 % kamay-tiradi. Makulaturadan qog’oz olish esa nafaqat daraxtlar kesilishidan asray-di, balki elektr quvvati sarfini to’rtdan uch qismga kamaytiradi. Ya’ni bir tonna qog’ozni qayta ishlab chiqarishga uni yog’ochdan tayyorlash uchun ketadigan suvning yarmi sarf bo’ladi, xolos. Shuningdek, kundalik ishlatiladigan buyumlar muddatini uzaytirish, tsellofan xaltalar o’rniga matodan tikilgan xaltalardan foydalanish, bir martalik idishlar qo’llanilishini kamaytirish ham samaralidir. 
Chiqindilar bevosita ozon qatlamiga salbiy ta’sir etishini bilasizmi? Masalan, biz foydalanadigan aerozol idishlar (havo tozalovchi, dezodarant va hokazo) tarkibida stratosferada ozonni yemiradigan moddalar mavjud. Mutaxassis-larning aytishicha, ozon qatlamining yemirilishi odamlarda saraton kasalligini kel-tirib chiqaradi. Chiqindilarni qayta ishlash mazkur muammoni qisman bo’lsa-da hal etadi. Ammo buni bir yoki ikkita odam hal qila olmaydi. Mazkur masala davlat e’tiborida bo’lishi lozim. 
Afsuski, ko’pchilik qayta ishlangan chiqindidan tayyorlangan buyumlarni sog’liqqa zarar deb biladi. Aynan ana shunday noto’g’ri qarashlarning shakllanishi ham chiqindini qayta ishlashga to’sqinlik qilmoqda. Bu o’rinda ommaviy axborot vositalarining roli katta. Jurnalistlar global muammoga aylangan chiqindi masalasi-ni dadil yoritishlari, uni qayta ishlash — metall qazib olish yoxud qog’oz tayyor-lashdan ko’ra ancha arzonga tushishini, muhimi, atrof-muhit tozaligi, inson salo-matligi uchun yaxshi bo’lishini, tabiiy resurslarni tejashga yordam berishini, sayyoraning o’pkasi bo’lmish o’rmonlar kesilishining oldini olishini tahliliy maqolalar vositasida tushuntirishlari lozim. 
Aytish joizki, so’nggi yillarda uyda ishlatiladigan tovarlardan chiqayotgan chiqindilar ichida inson hayoti uchun xavflilari 45 % ni tashkil etadi. Bular bata-reykalar, bo’yoqlar, yog’ va bo’yoqni erituvchilar, pestitsidlar, tarkibida fosfor bo’lgan elementlar, flyuoristsent lampalar va hokazo. Axlatxonaga tashlangan bunday chiqindilar yer usti va yer osti suvlarini zaharlaydi, inson salomatligiga xavf soladi.
Italiyaning Ankona universiteti professori, tarixchi Erkole Sorining “Nazokatli xonimlar davri” nomli kitobida qayd etilishicha, XIX asrgacha yevro-paliklar chiqindini derazalaridan tashqariga uloqtira boshladi. London, Parij kabi yirik shaharlarning ko’chalari axlatga to’lib ketdi. Oqibatda kalamushlar va ularning orqasidan turli yuqumli kasalliklar ko’paygan. Shaharlarni chiqindining badbo’y hidi tutgan. Shahar hokimlari vaziyatni yumshatish maqsadida chiqindilar uchun maxsus o’ralar qazdirgan. Yevropada vabo tarqaldi. Ko’milgan chiqindilar yer osti suvlarini ifloslantirishi natijasida boshqa yuqumli kasalliklar ham yashin tezligida yoyila boshladi. Ilk chiqindi yoqiladigan pechlar Angliyaning Notingem grafligida 1874-yili qurildi. Tez orada bu tajribani boshqa mamlakatlar ham qo’llashga kirishdi. Ammo aksariyat shaharlar pechlardan chiqayotgan tutun havoni ifloslantirgani uchun voz kechdi. 
Ayni paytda dunyoning ko’p shaharlarida qayta ishlanmagan chiqindilar ko’mib tashlanadi. 1984-yili AQShning Chikago shahri ma’muriyati chiqindidan ajralib chiqayotgan metan gazi harakatini monitoring qilish uchun tanlov e’lon qildi. Hozir yer ostidagi chiqindixonalardan quvurlar orqali ajralib chiqayotgan metanni yonilg’i uchun qo’llashadi, shuningdek, maxsus pechlarda u biogazga aylantiriladi. Ayni paytda AQShda 40 ta ana shunday stantsiya mavjud. Birgina Steyten Aylendda joylashgan chiqindixonadan kuniga 5 million metr kub gaz olinib, Bruklin gaz kompaniyasiga sotiladi. Bu miqdordagi gaz bilan 50 000 ta uyni isitish mumkin. Shuningdek, aynan chiqindini yoqish orqali ishlayotgan elektrostantsiyalarni qurish ishlari tobora avj olayotir. 
Ammo muammo boshqa narsada. Mazkur elektrostantsiyalarda yoqilayotgan gaz tarkibida xlor mavjud. Ular havoga chiqarib tashlanganda dioksin, ya’ni
kimyoviy birikmalarga birikadi. Dioksin juda ham toksik bo’lib, teri kasalliklarini keltirib chiqaradi, immunitetni susaytiradi. Yana bir muammo mavjud. Ulkan shaharlarda chiqindini to’kish uchun joy topish muammo bo’lib bormoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi chiqindilarning 85 % ini qayta ishlash mumkinligini ko’rsatmoqda. Ayrim mamlakatlarda chiqindi-larni alohida yig’ish tizimi yo’lga qo’yilgan. Natijada qog’oz, plas¬tik, alyuminiy mahsulotlarning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi. Bu jarayonning ekomuhit-ga ijobiy ta’siri katta. Chiqindilarni qayta ishlash energiya va xomashyoni sezilarli darajada tejaydi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Yaponiyada rezina va kabel buyumlarining 34 % i, shisha buyumlarning 43 % i, qog’oz va kartonning 54 % i chiqindini qayta ishlash evaziga olinar ekan. Bu borada Xitoy tajribasi yanada hayratlanarli. Ular alyuminiy, temir, mis kabi metallardan yasalgan buyumlarning 33 % ini, jun, ipak, charm-attorlik buyumlarining 34 % ini turli chiqindilarni qayta ishlashdan olishadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling