Berdaq nomidagi qoraqAlpoq davlat universiteti biologi
Download 0.74 Mb.
|
O’tamurodova Maftuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- Kurs ishini fikrga topshirgan sana “___” _______2023 y. Kurs ishini fikrdan o’tgan
- Komissiya a’zolari: __________________ _________________ Nukus -2023 MUNDARIJA
- KIRISH............................................................................................................. 3
- XULOSA……………………………………………………………………... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………. 32
o’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Berdaq nomidagi qoraqAlpoq davlat universiteti BIOLOGIYA FAKULTETI EKOLOGIYA VA TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI «Tuproq va atrof-muhitning ifloslanishi» fanidan KURS ISHI Mavzu: «Chiqindini yo’q qilish muammosi» Bajardi: Tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi 4 B kurs talabasi O’tamurodova M. Qabul qildi: b.f.b.f.d Matmuratov M.
Nukus -2023 MUNDARIJA
Kirish Mavzuning dolzarbligi: 2050-yilga borib, global chiqindilar 4 milliard tonnaga yetishi kutilmoqda, bu 2016-yilga nisbatan ikki baravar ko’payishini ko’rsatadi. Bu raqamlarning tez ko’tarilishi so’nggi bir necha o’n yilliklar davomi-da o’sib borayotgan shahar aholisi va iste’molchilar talabining ortishi bilan bog’liq bo’lib, ko’rsatkichlarning hech biri tez orada pasaymaydi. Xo’sh, barcha sohalarda bugungi atrof-muhit va chiqindilarni yig’ish xiz-matlariga yuklanayotgan kuchlanishni kamaytirish, shuningdek, ularni yig’ish va qayta ishlash jarayonidagi muammolarni hal qilishda aqlli texnologiyalardan foydalanish mumkinmi? Shuni ta’kidlash joizki, bu chiqindilarning 80 % ini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin. 1980-yillarda havoga 5 milliard uglerod, 100 mln tonna oltingugurt chiqarilgan bo’lsa, hozirgi kunda uglerod miqdori 6 milliard tonnaga yetadi. CO2 ning havo tarkibidagi miqdori 0,4-2,5 milliard tonnaga ko’payib bormoqda. Mahalliy va global ekologik muammo-larga (shaharlardagi havoning ifloslanishi, issiqxona effekti yoki okeanlarning haddan tashqari ovlanishi kabi) bag’ishlangan sotsiologiya kamida uchta tadqiqot yo’nalishida faol ishlaydi: ekologik muammolarning paydo bo’lishi nazariyalari, atrof-muhitga munosabat va keng jamoatchilikning hatti-harakatlari va korporativ ishtirokchilarning ekologik hatti-harakatlari (tadbirkorlik sub’yekt-lari, ekologik harakatlar va tashkilotlari hamda davlat). Insonlar o’z harakatlarining dinamik tizim ta’sirini idrok etish va bashorat qilishda qiynaladilar, shuning uchun ular yaxshi moslangan tabiiy va ijtimoiy tizimlar muvozanatini buzadi. Bugun chiqindi muammosi butun dunyo ahlini tash-vishga solmoqda. Urbanizatsiya jarayoni jadallashib, shaharlar kengayayotgan, aholi soni o’sayotgan va uning ehtiyojini qondirish uchun millionlab turdagi tovar-lar ishlab chiqarilayotgan bir paytda chiqindilarni qayta ishlash va ularning utilizat-siyasi eng katta ekologik muammolardan biridir. Ma’lumotlarga ko’ra, bir kunda dunyoda o’rtacha 5 milliard 754 million kilogramm chiqindi chiqariladi. Uning 30 % i qayta ishlanadi, qolgani asta-sekinlik bilan ona sayyoramizni qoplamoqda. Afsuski, Yer yuzida chiqindi muammosi tez orada yo’qolmaydi va an’ana-viy chiqindilarni boshqarish tizimlari o’sib borayotgan aholi tomonidan ishlab chiqarilgan qo’shimcha chiqindilar bilan kurashish uchun jihozlanmagan. Bu muammoni bartaraf etishning samarali choralaridan biri tizimda aqlli chiqin-dilarni boshqarish texnologiyalari qo’llanilishidir. Chiqindilarni aqlli boshqarish deganda ushbu jarayonni yanada samarali, tejamkor va ekologik toza qilish texnologi-yasidan foydalanadigan har qanday tizim tushuniladi. Mazkur tizimlarning aksariyati chiqindilarni yig’ishni optimallashtirish va ayni vaqtdagi ma’lumotlarni to’playdigan va kuzatadigan monitoring texnologiyasi, ya’ni internet tarmog’i bilan jihozlangan bo’ladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling