Berdaq nomidagi qoraqAlpoq davlat universiteti biologi


Elektron chiqindilar — yangi ekologik muammo


Download 0.74 Mb.
bet5/9
Sana30.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1309606
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’tamurodova Maftuna

1.2. Elektron chiqindilar — yangi ekologik muammo
Fan-texnikaning rivoji ekologiyaga jiddiy zarar yetkazayotgan chiqindining yangi turi - elektron chiqindilarni yuzaga keltirdi. Shveytsariyada 1998-yilda elekt-ron chiqindilarni oddiy axlatxonaga tashlashni taqiqlovchi qonun qabul qilindi.
Uyali aloqa telefonlari, kompyuterlar, printerlar, fotoapparatlarning yangi rusumlari chiqqani sari eskilari chiqitga chiqaveradi. Birgina Xitoyda har yili 500 000 tonna muzlatkich, 1,3 million tonna televizor va 300 000 tonna kompyuter yaroqsizga chiqadi. 
Hozirgi hayotimizni elekton uskunalarsiz tasavvur qilish qiyin. To’g’risi ish joyimizda, uyimizda, mashinamizda, ko’chalarda bizga aziz bo’lgan dam olish maskanlarida kundalikli hayotimiz davomida biz albatta elektron uskunalarga tayanamiz. AQShning 80 % va Yevropa Ittifoqining 75 % elektron chiqindilari rivoj-lanayotgan mamlakatlarga keltirilib, qayta sotiladi. Ulardagi toksik moddalar umumiy chiqindixonalarga tashlanishi natijasida tuproq va suvga aralashib, ko’p-gina tirik organizmlar, shu jumladan, inson tanasiga ham kirib, kasalliklarni keltirib chiqaradi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko’ra, 2015 yilda Yer yuzida 48,9 million tonna elektron chiqindi chiqarilgan (3-rasm).
Elektron chiqindilar tarkibida xavfli birikmalar mavjud. Kompyuter moni-torlari va televizorlarning har birida 4 kilogrammcha qo’rg’oshin mavjud. Shu-ningdek, ularda 70 % gacha simob va kadmiydan iborat og’ir metallar bor. Qo’rg’oshin insonning asab tizimi va buyraklariga salbiy ta’sir ko’rsatsa, kadmiy o’pkani ishdan chiqaradi. Suyuq kristalli monitorlar tarkibida simob bo’lgan panellar bilan qoplangan. Bundan tashqari, ulardagi xrom, litiy va uglevodorod atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazadi. 

3-rasm.Elektron chiqindilar.
Ayni paytda yurtimizda ham qog’oz, metall, plastikni qayta ishlash yo’lga qo’yilmoqda. 2002-yilda respublikamizda “Chiqindilar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinib, uning asosiy vazifasi chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog’lig’iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo’lishini kamaytirish va ulardan xo’jalik faoliyatida oqilona foydalanishni ta’minlashdan iboratdir. Shuningdek, qonunda chiqindi bilan bog’liq ishlarni amal-ga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari etib O’zbekiston Respub-likasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Sog’-liqni saqlash vazirligi, “O’zkommunxizmat” agentligi belgilangan edi. Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish masalalaridagi ayrim huqu¬qiy normalarni yanada takomillashtirish talab etiladi. Jumladan, chiqindilarni istifoda qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining vakolatlarini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini zararsizlantirish, ulardan qayta foydalanish, ushbu masalalarda tad-birkorlik faoliyati uchun qulay imkoniyatlarni yaratib berish, sohaga inves-titsiyalarni keng jalb etishni ko’zda tutuvchi normalarni joriy etish lozim. Shuningdek, amaldagi qonunga chiqitsiz texnologiyalar joriy etilishini, chiqindilar qayta ishlanishini rag’batlantirishga qaratilgan aniq normalar kiritilishi zarur. 
Chiqindi muammosi yechimi ishlab chiqaruvchilarni o’z mahsulotlarini sotuv nuqtalarida mahsulotlar qadoqlarini qaytarib olishni va uni qayta ishlashni yo’lga qo’yishi, chiqindilarni qayta ishlaydigan korxonalar sonini ko’paytirish, maishiy chiqindidan qishloq joylarda biogaz ishlab chiqarish uskunalarini o’rnatish va bu borada tadbirkorlarga imtiyozlar berish, shuningdek, aholining bu boradagi ekologik madaniyatini oshirish, chiqindini saralash va ularni maqsadli qayta ishlashni yo’lga qo’yishda ko’rinadi. Birgina biogazning ishlab chiqarish miqdori-ni ko’paytirish atrof-muhitni ifloslanishdan saqlaydi, joylarda aholining gazga bo’lgan ehtiyojini qondirish muammosini hal etadi. 
Aholining bu boradagi savodxonligini oshirish va madaniyatini shakllan-tirishda tashviqot ishlarini kuchaytirish bilan birgalikda joylarda ekologik jamoat-chi inspektorlar faoliyatini takomillashtirish zarur. Shuningdek, aholi gavjum joy-larda axlat qutilarini ko’paytirish, ko’chaga chiqindi tashlagan fuqarolarga katta miqdorda jarima ko’rinishida ma’muriy jazo qo’llash ham shubhasiz, shahar va qishloqlarimiz tozaligini, soy va ariqlarda, kanallarda toza suv oqishini ta’min-laydi. Masalan, Ispaniyada mashina oynasidan axlat uloqtirish 200 yevro, sigaret qoldig’ini yo’lakka tashlash 90 yevro miqdorda jarimaga asos bo’ladi. Germaniya-da axloqsiz fuqarolarni “chiqindi izquvarlari” tutib oladi. Ko’chalarda o’rnatilgan videokameralarda qayd etilgan xatti-harakat maxsus qutiga tashlan-magan axlat uchun 100 yevrogacha jarima to’lashga sabab bo’ladi. Sigaret qoldig’i, muzqaymoq yoki konfet qog’ozi, ichimlik shishasini yerga tashlash 20 yevro, saqich, qoldiq ovqatlarni tashlash 35 yevro, eski mebel, elektron texnikani tashlaganlik uchun 150 dan 600 yevrogacha jarima to’lashga to’g’ri keladi. Shvetsiyada yerga tashlangan qog’oz uning egasiga 90 yevro, Singapurda esa 300 dan 1000 dollarga tushadi. 
Chiqindilar bilan kurashish har birimizning vazifamiz. Farzandlarimiz uchun toza, yam-yashil kelajakni barpo etish o’z qo’limizda.
Shuni ta’kidlash joizki, bu chiqindilarning 80 % ini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin.

1.3. Chiqindilar muammosi va atrof-muhit


Bugungi kunda dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekolo-gik masalalardan biriga aylanib bormoqda. tahlillar ko’rsatmoqdaki, so’nggi yillar-da maishiy va sanoat chiqindilari yildan yilga ko’payib borayapti. ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab maishiy chiqindilar hajmining o’sishi ekologik barqarorlikka juda katta salbiy ta’sir ko’rsata boshladi. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1 % ga oshmoqda. Hozirgi kunda chiqindilarning 800 dan ortiq turi qayd etilgan bo’lib, ular sonining kelgusida yanada ortishi bashorat qilinmoqda. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi ob’ektlari chiqindi hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi. Aytish joizki, atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog’liqdir.
Ko’p asrlar davomida chiqindilarni noto’g’ri boshqarish tabiiy resurslarning o’zgarishiga, tabiatning kutilmagan o’zgarishlariga sabab bo’lmoqda. Tibbiyot chiqindilari atrof-muhit va uning deyarli barcha elementlari — suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi sababli aholi orasida nafaqat to’g’ridan-to’g’ri, balki, bilvosita infeksion va noinfeksion kasalliklarning tarqalishi xavfini tug’diradi. Shuning uchun mazkur muammoga jiddiy yondashish talab etiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 % ini qayta ishlash mumkinligini ko’rsatmoqda.
xomashyoni sezilarli darajada tejaydi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Yaponiyada rezina va kabel buyumlarining 34 % i, shisha buyumlarning 43 % i, qog’oz va kartonning 54 % i chiqindini qayta ishlash evaziga olinarkan. Bu borada Xitoy tajribasi yanada hayratlanarli. Ular alyuminiy, temir, mis kabi metallardan yasal-gan buyumlarning 33 % ini, jun, ipak, charmattorlik buyumlarining 34 % ini turli chiqindilarni qayta ishlashdan olishadi


II.BOB. CHIQINDI MUAMMOSINI HAL QILISH VA UNGA QARSHI CHORA TADBIRLAR

2.1. Chiqindi muammosi bo’yicha yangi choralar tadbirlar

O’zbekistonda maishiy chiqindi to’plash qamrovini 95 % ga, qayta ishlash hajmini 40 % ga yetkazish vazifasi qo’yildi. Prezident bu sohadagi tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi. 500 ta maxsus tran-sport sotib olinadigan bo’ldi.


Dunyo miqyosida sanoat yuqori darajada rivojlangan XXI asrda ekologiya bilan bog’liq muammolar birinchi darajali muammo sifatida kun tartibiga chiq-moqda. Avlodlarimiz bizdan keyin ham munosib tabiiy muhitda yashashi kerak. Buning uchun biz tabiatga e’tibor berishimiz, faqat bugunni emas, yaqin va uzoq kelajakni o’ylab ish tutishimiz zarur.
Tahlillarga ko’ra, deyarli barcha davlatlarda qattiq maishiy chiqindilar miqdori aholi jon boshiga har yili 1 % ga ortib bormoqda. Mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy o’sish hisobiga bu ko’rsatkich 7 million tonnaga yetib, yiliga 2 % dan o’smoqda.
Lekin ularni yig’ish, saralash, qayta ishlash va utilizatsiya qilish ahvoli qoni-qarli emas. Misol uchun, Qoraqalpog’istonda 10 % , Farg’ona va Qashqadaryoda 20 % chiqindi qayta ishlanadi, xolos. 781 ta mahallada chiqindilarni olib chiqish masalasi hal etilmagan. Aholining bu sohadagi xizmatlar bo’yicha debitor qarz-dorligi ham ko’p. Tibbiyot va ta’lim muassasalari, bozorlar uchun 19 ming dona chiqindi konteynerlariga ehtiyoj bor.
Qurilish chiqindisi poligonlari tashkil qilinmay, ular yo’l, dala yoki daryo bo’ylariga tashlab ketilmoqda. O’tgan yili 4 mingta holatda qurilish chiqindilari noto’g’ri joyga tashlab ketilgani aniqlangan.
Xuddi shu kabi, mahalla, massiv va xiyobonlar hududidagi barg va daraxt shoxlarini yig’ishtirish bilan shug’ullanadigan mutasaddi yo’q. Bu masalani hamma bir-biriga tashlash bilan ovora. Tibbiyot chiqindilarini saqlash, tashish va zararsizlantirish bo’yicha ham yagona tizim mavjud emas. Umuman, yurtimizdagi 197 ta chiqindi poligonining birortasi sanitariya va ekologiya talablariga javob bermaydi, 24 tasi to’lib bo’lgan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda viloyat hokimlariga chiqindi poligonlarini tartibga keltirish, resursini o’tab bo’lganlarini ko’mish bo’yicha topshiriq berildi. Bunday poligonlar tashkil etish va ularni yopishga oid qonun loyihasi ishlab chiqish muhim.
Maishiy chiqindi to’plash qamrovini 95 % ga, qayta ishlash hajmini 40 % ga yetkazish vazifasi qo’yilar ekan, buning uchun imkoniyat ham yaratildi. Xususan, endi import qilinadigan texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona bojidan 3 yil muddatga ozod etiladi. Saralash va qayta ishlash texnikalari xaridi uchun 5 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi va qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan qismi qoplab beriladi.
Qayta ishlash quvvati bor klasterlarga yer, mol-mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 % qilib belgilandi. Buning evaziga ularga o’z hududidagi chiqindilarni qayta ishlash darajasini kamida 40 % ga olib chiqish talabi qo’yildi.
Tuman va shaharlarda davlat-xususiy sheriklik asosida shunday korxonalar tashkil etish, hududlar uchun 500 ta maxsus transport olib kelish, ijtimoiy muas-sasalar va bozorlarga qo’shimcha konteynerlar o’rnatish topshiriqlari berildi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi “Maxsustrans” korxonasi transformatsiya qilinib, uning negizida davlat-xususiy sheriklik korxonasi tashkil etiladi. Xorijiy tajribadan kelib chiqib, maishiy chiqindilarga to’lov undirishning yangi tizimi yo’lga qo’yish jozim.
Organik, qurilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilishning xavfsiz tizimini yaratish zarur.

2.2. Chiqindini yo’q qilish muammosi


Inson faoliyati oziq-ovqat va sanoat chiqindilarini o’z ichiga olgan katta miqdordagi chiqindilar paydo bo’lishi bilan chambarchas bog’liqdir. Ekotizimga jiddiy zarar etkazmaslik uchun aksariyat chiqindilar bilan ishlov berish kerak. Ba’zi moddalarning parchalanish vaqti 100 yildan oshishi mumkin. Axlat va uni yo’q qilish sayyoramizning barcha aholisi uchun global muammo hisoblanadi. Ko’p miqdordagi chiqindi moddalarning to’planishi tirik organizmlarning mavjudligiga salbiy ta’sir qiladi.
Chiqindilarni 100 % qayta ishlash muammosining echimi hali ixtiro qilin-magan. Mato klyonkalarini namlik bilan aloqa qilganda eriydigan qog’oz qoplarga almashtirish uchun ixtiro qilingan, chiqindi shisha, chiqindi qog’oz va plastmassani qayta ishlash uchun saralash yo’lga qo’yilgan, ammo bu chiqindilar muammosini qisman hal qiladi.
Qayta ishlanadigan chiqindilarga quyidagilar kiradi:

  • chiqindi qog’oz;

  • shisha buyumlar;

  • alyuminiy idishlar;

  • to’qimachilik va eskirgan kiyim-kechak;

  • plastik va uning navlari.

Oziq-ovqat chiqindilari kompostga qayta ishlanib, yozgi uylarda yoki yirik fermer xo’jaligida ishlatilishi mumkin.
Shaxsiy davlatlar qayta ishlashni yo’lga qo’yishlari kerak, bu chiqindilar chiqindilarini 60 % ga kamaytiradi va atrof-muhit holatini kamida bir oz yaxshilaydi. Afsuski, axlatni yuqori harorat ta’sirida atmosferaga chiqindilar chiqindilaridan foydalanmaslik uchun axlatni yo’q qilish uchun hech qanday usul hali ixtiro qilinmagan.
Ko’pincha axlat yoqib yuboriladi yoki maxsus ko’milgan joylarga ko’miladi. Bu atmosfera va er osti suvlarini ifloslantiradi, metan hosil bo’lishi mumkin, bu esa axlat maydonlarining tasodifiy o’z-o’zidan yonishiga olib keladi.
Yuqori texnologik bazaga ega rivojlangan mamlakatlarda konteynerlar chiqindilarni saralash uchun ishlatiladi; Shvetsiya, Gollandiya, Yaponiya va Belgiya kabi mamlakatlarda yuqori ko’rsatkichlarga erishilgan. Rossiya va Ukrainada chiqindilarni qayta ishlash juda past darajada. Rivojlanish darajasi past madaniy davlatlar haqida gapirmasa ham bo’ladi, axlat muammosi hech qanday tarzda hal qilinmaydi va ko’pchilik kasalliklarga sabab bo’ladi.
Chiqindilarni yo’q qilish uchun turli usullardan foydalaniladi, bu chiqindilar turi va xilma-xilligiga, uning hajmiga bog’liq bo’ladi.
Quyidagi usullardan eng ko’p foydalanilganlari:

  • axlatni maxsus ko’milgan joylarga ko’mish. Ushbu chiqindilarni yo’q qilish usuli eng ko’p qo’llaniladi. Chiqindilar maxsus chiqindixonalarga olib ketiladi. Saralash va keyinchalik yo’q qilish joylari. Ammo axlat tez to’planish xususiyatiga ega va bunday axlatxonaning maydoni cheksiz emas. Ushbu turdagi chiqindilarni boshqarish unchalik samarali emas va butun muammoni hal qilmaydi va er osti suvlarining ifloslanishiga olib kelishi mumkin;

  • kompostlash - bu biologik chiqindilarning parchalanishi, juda samarali va foydali usul bo’lib, tuproqni yaxshilaydi, uni foydali tarkibiy qismlar bilan boyitadi. Rossiyada, ko’plab ijobiy tomonlarga qaramay, u keng tarqalmadi;

  • chiqindilarni yuqori haroratdan foydalangan holda qayta ishlash, bu usul eng istiqbolli hisoblanadi, keyinchalik qayta ishlash bilan qayta ishlanadigan materiallarning shakllanishiga yordam beradi. Ushbu usul katta mablag ‘sarflashni talab qiladi va atrof muhitni yonish mahsulotlarini atmosferaga chiqarilishidan himoya qilmaydi;

  • plazma bilan ishlov berish, qayta ishlangan mahsulotlardan gaz olish imkonini beradigan eng zamonaviy usulni anglatadi.

Dunyoda barcha usullar ozmi-ko’pmi qo’llaniladi. Barcha mamlakatlar atrof-muhitni inson chiqindilari bilan imkon qadar kamroq ifloslantirishga intilishi kerak.
Rossiyada axlatni qayta ishlash muammosi o’ta dolzarb bo’lib, har yili chiqindixona misli ko’rilmagan darajada o’sib boradi, axlatning bir qismi maxsus

zavodlarga yuboriladi, u erda ularni saralash va qayta ishlash amalga oshiriladi. Shu tarzda, chiqindilarning ozgina qismi utilizatsiya qilinadi, statistika ma’lumotlariga ko’ra, bir kishi uchun yiliga 400 kilogramm chiqindilar bir kishiga to’g’ri keladi. Rossiyada ikkita usul qo’llaniladi: axlatni axlatxonaga olib tashlash va keyinchalik ko’milgan joylarga ko’mish bilan siqish.


Xom ashyoni qayta ishlash muammosi iloji boricha tezroq hal etilishi, chiqindilarni qayta ishlash va yo’q qilishning eng yangi yondashuvlari moliyalashtirilishi kerak. Chiqindilarni saralash va qayta ishlashda ular yillik chiqindilarning 50-60 % idan xalos bo’lishga yordam beradi.
Har yili chiqindixona va ko’milgan joylar hajmining o’sishi millat salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bu kasalliklar sonining ko’payishiga va immunitetning yomonlashishiga yordam beradi. Hukumat o’z farzandlari va xalqining kelajagi haqida qayg’urishi kerak.
Chiqindilarni yig’ishdagi yangiliklarning asosiy to’sig’i mahalliy aholining mentaliteti. Ovoz berish va chiqindilarni taqsimlashni joriy qilish bo’yicha tajribalar qulashi bilan muvaffaqiyatsiz tugadi. Yosh avlodni tarbiyalash tizimini o’zgartirish, maktablar va bolalar bog’chalarida maxsus tanlov darslarini joriy etish zarur. Shunday qilib, bola o’sib ulg’ayganida, nafaqat o’zi uchun, balki atrofdagi odamlar va tabiat uchun ham javobgar ekanligini tushunishi kerak.
Ta’sir qilishning yana bir usuli - bu jarimalar tizimini joriy etish, odam o’z mablag’laridan ajratishni istamaydi, shuning uchun davlat innovatsiya uchun mablag’ni qisman undirishi mumkin. Siz kichik boshlashingiz, jamoatchilik fikrini qayta dasturlashingiz va qayta ishlash uchun chiqindilarni saralashni joriy qilishingiz kerak. Yana aholi orasida chiqindining keltirib chiqaradigan zarari juda kata ekanligi haqida tag’ribot ishlarini olib boorish zarur.

2.3. Sanoat va maishiy chiqindilarni yo’q qilish


Sanoat va maishiy chiqindilar insoniyat tomonidan ishlab chiqariladigan asosiy chiqindilar. U zararli moddalarni chiqarmasligi uchun uni yo’q qilish kerak. Chiqindilarning eng katta miqdori ko’mir sanoati va metallurgiya, issiqlik elektr stantsiyalari va qishloq xo’jaligi kimyosi tomonidan ishlab chiqariladi. Yillar davomida zaharli chiqindilar miqdori ko’paygan. Parchalanishda ular nafaqat suvni, erni, havoni ifloslantiradi, balki o’simliklarga, hayvonlarga zarar etkazadi va inson sog’lig’iga salbiy ta’sir qiladi. Xavfli chiqindilarni ko’mish xavfli bo’lib, ular unutilib, ularning o’rniga uylar va turli inshootlar barpo etilgan. Bunday ifloslangan joylar yadro portlashlari er ostida sodir bo’lgan joylar bo’lishi mumkin.
Har xil turdagi chiqindilar va chiqindilar barcha turar-joy binolari va jamoat binolari yonida o’rnatilgan maxsus qutilarga, shuningdek ko’cha axlat qutilariga yig’iladi. So’nggi paytlarda axlatni ajratuvchi vositalar ishlatilgan bo’lib, ular ma’lum turdagi chiqindilar uchun mo’ljallangan:

  • shisha;

  • qog’oz va karton;

  • plastik chiqindilar;

  • axlatning boshqa turlari.

Axlatni turlarga ajratish bilan rezervuarlardan foydalanish uni yo’q qilishning birinchi bosqichidir. Bu ishchilar uchun uni axlatxonalarda saralashni osonlashtiradi. Kelajakda chiqindilarning ba’zi turlari qayta ishlashga yuboriladi, masalan, qog’oz va shisha. Qolgan chiqindilar chiqindixona va chiqindixonalarga yuboriladi (4-rasm).


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling