Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


Download 65.75 Kb.
bet3/7
Sana19.01.2023
Hajmi65.75 Kb.
#1100826
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sohiba omanboeva

Ekologik audit
Ekologik audit konkret obʼektda atrof tabiiy muhitning holatini baholash faoliyatidir. Ekologik audit atrof muhitning qulay shart-sharoitini taʼminlashning muhim ekologik iqtisodiy vositasidir. U atrof tabiiy muhit xolatiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obʼektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilish faoliyati hisoblanadi.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ekologik audit protsedurasi korxonalar yoki boshqa xo‘jalik obʼektlari to‘g‘risida ekologik axborot olish va uni baholashning muhim vositasi hisoblanadi va ekoaudit axborotlari boshqarishning turli bug‘inlarida turli tadbirlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etishda keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonda ekologik audit protsedurasining rivojlanishi va qo‘llanilishi faqat so‘nggi yillarda amalga oshirilmoqda.
Ekologik ekspertiza uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va xorijiy davlatlarda rivojlangan ekoauditning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin:
1. Standartlarga rioya qilish auditi. U atrof muhit sifat ko‘rsatkichlarini milliy va xalqaro standartlar bilan taqqoslab, korxonalar uchun zarur chora tadbirlarni tavsiya etadi.
2. Javobgarlik auditi. Unga muvofiq atrof muhitga yetkaziladigan zararning xavf xatari bo‘yicha javobgarlik aniqlanadi.
3. Ekologik sug‘urtalashdagi audit. U sug‘urtalash shartnomalarini tuzish, ekologik xavf xatarni kamaytirish bo‘yicha preventiv (oldini oluvchi) tadbirlar rejasini ishlab chiqishda, ekologik sug‘urta xodisalari sodir bo‘lgandagi zararni hisoblashda, atrof muhitning ifloslanishiga bog‘liq xolda korxonalarga daʼvo qo‘zg‘atishda amalga oshiriladi.
4. Ekologik sertifikatsiya tizimidagi audit. U sertifikatsiya obʼektlarining belgilangan ekologik talablarga (standart, normativlarga) mos kelishini baholaydi.
5. Hududlar auditi. U hududlar ekologik xolatini aniqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
6. Mahsulotni bo‘lish to‘g‘risidagi bitimlarni tayyorlashdagi audit. Bu ekoaudit turi mo‘ljallanayotgan investitsiyalash obʼektlarini ekologik nuqtai nazardan to‘liqroq o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi. Bunda audit vazifasiga to‘proq, o‘simlik va xayvonot olami resurslarini tadqiq etish, ilgari yetkazilgan ekologik zararni, atrof muhitning buzilgan obʼektlarini tiklash qiymati, atrof muhitga salbiy taʼsirning normativdan ortiq xarajatlarini bartaraf etish va boshqalarni baholash kiradi.
Xozirgi vaqtda qabul qilingan protseduraga muvofiq ekologik auditni bajarilishi shart bo‘lgan va tashabbusli kabi turlarga bo‘lish mumkin.
Bajarilishi shart bo‘lgan ekoauditga quyidagilar kiradi:
• atrof tabiiy muhit soxasida xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan ekoaudit;
•davlat organlarining topshirig‘iga muvofiq, shu jumladan korxonalarning ekologik sanatsiyasini asoslash uchun o‘tkaziladigan ekoaudit.
•davlat korxonalarini xususiylashtirishda ekologik omilni xisobga olish uchun o‘tkaziladigan ekoaudit;
• iqtisodiy subʼektlarning bankrotligi protsedurasini amalga oshirishda o‘tkaziladigan ekoaudit;
•majburiy ekologik sug‘urtalashni amalga oshirishda o‘tkaziladigan ekoaudit;
•investitsiyalash sharoitlarida ko‘zda tutilgan investitsiya loyixalari va dasturlari tayyorlash va asoslashda o‘tkaziladigan ekoaudit.
Bu turdagi ekoaudit davlat ekologik ekspertizasi qiroriga binoan, shuningdek, atrof muhitga taʼsirni baholash protsedurasi jarayonida amalga oshirilishi mumkin. O‘z navbatida, tashabbusli ekoaudit iqtisodiy subʼekt rahbarlari yoki boshqa qaror qabul qiluvchi shaxslar qaroriga muvofiq o‘tkaziladi.
Boshqa tomondan ekologik auditni ichki va tashqi turlarga bo‘lish mumkin. Ichki ekoaudit ixtiyoriy xarakterda bo‘ladi va korxonaning o‘z tashabbusiga ko‘ra o‘tkaziladi. Tashqi audit esa, qoida tariqasida, majburiy asosda o‘tkaziladi.
Ekologik auditni o‘tkazishning asosiy prinsiplari quyidagilar: auditning xolisligi va obʼektligi; professionallik va kompetentlik; auditni o‘tkazishda olingan axborotlarning konfidensialligi (maxfiyligi); auditning auditor hisobati va auditor xulosasi uchun javobgarligi; ekologik audit dasturini rahbariyat yoki auditlashtirilayotgan obʼekt egasining qo‘llab quvvatlanishi; aniqlangan kamchiliklarni albatta bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Ekologik auditning asosiy vazifalariga xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda quyidagilarni kiritish mumkin:
• tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida xo‘jalik yurituvchi subʼektlar faoliyati to‘g‘risida ishonchli axborotlarni olish, ekologik toza texnologiya va mahsulotning ekologik markirovkasini joriy etish hisobiga jahon bozoridan ularning raqobatbardoshligini oshirish;
• xo‘jalik faoliyati subʼektlari, sug‘urta va moliya-kredit tashkilotlarining moliyaviy xavf xatarini kamaytirish;
• tabiatdan foydalanishni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari instrumentini barpo etish;
• atrof muhit sohasidagi faoliyatni boshqa faoliyat tirnoqlari bilan integratsiyalash «ekologik” xisobchilikni yuritish;
• xamma tan olgan xalqaro prinsiplar, metod va protseduralarni amaliyotda hisobga olish va qo‘llash;
• ekologik buxgalteriya xisobi va audit bo‘yicha bilimdon mutaxassislarni tayyorlash va tajribali mutaxassislarni jalb etish.
O‘zbekistonda ekologik auditga talab oshib borayotganligi sababli uni keng miqyosda rivojlantirish tadbirlarini kompleks amalga oshirish lozim.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ekotizimlar va atrof-muhitning tabiiy holatini saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va uni qayta tiklash ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda. Bularning barchasi, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, jumladan, ekologik barqarorlikni taʼminlash, aholi salomatligini mustahkamlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Bugungi kunda mazkur sohadagi munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirilib xalqaro standartlar asosida yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda. Joriy yilning 15-mart kuni davlatimiz rahbari tomonidan tomonidan imzolangan “Ekologik audit toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ana shunday huquqiy asoslardan biri boʻldi.
Ushbu hujjatga muvofiq, ekologik audit ekologik auditorlik tashkiloti va ekologik audit buyurtmachisi oʻrtasida tuziladigan, ekologik audit oʻtkazish muddatlari va boshqa shartlari belgilanadigan shartnoma asosida oʻtkaziladi. Ekologik audit subyektining faoliyati tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan bir yil davomida tekshirilmaydi. Bu esa, ekologik audit xulosasiga ega boʻlgan tadbirkorlarga qulaylik yaratadi.
Ekologik audit ixtiyoriy yoki majburiy shaklda oʻtkazilishi mumkin. Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish xavfi kam boʻlgan yoki unchalik kam boʻlmagan ekologik audit subyektlarining faoliyatiga nisbatan ekologik audit ixtiyoriy tartibda oʻtkaziladi.
Qonunga koʻra, ekologik auditorlik tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirish chogʻida mustaqil hisoblanadi. Ekologik audit oʻtkazish yakunlari boʻyicha ekologik audit xulosasi maxfiy hujjat boʻlib, ekologik audit buyurtmachisining roziligisiz oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonun ekologik auditorlik faoliyatni tartibga solish boʻyicha xalqaro tajribani inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Xususan, bir qator xorijiy davlatlarda (Germaniya, Avstriya, Ispaniya, Niderlandiya, Kanada, Janubiy Koreya, Ukraina, Estoniya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqalar) ekologik audit masalalari maxsus qonunlar bilan tartibga solingan.
Bir soʻz bilan aytganda, ekologik audit atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar siyosatining ajralmas qismi boʻlib, oʻzini-oʻzi boshqarishining muhim elementi hisoblanadi. Ekologik audit institutining ustuvor tatbiq etilishi esa tabiat musaffoligi yoʻlida xizmat qiladi.



Download 65.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling