Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi
Download 65.75 Kb.
|
sohiba omanboeva
2.Ekologik vaziyat va uni baholash mezonlari
Ekologik muammoning tarkib topishi va rivojlanishi muammoli vaziyatning shakllanishi bilan bevosita bog‘liq. Muammoli vaziyat – atrof muhitning nomaqbo‘l (salbiy) ekologik, sotsial va iqtisodiy oqibatlarga sabab bo‘ladigan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan antropogen (ba’zan tabiiy) o‘zgarishidir. Bu tushuncha har qanday ekologik komponentlarni yoki ularning majmualarining (mexanik ta’sir, fizikaviy, kimyoviy va biologik ifloslanishi, chiqindilardan nooqilona foydalanish va boshqalar tufayli) landshaftlar (geosistemalar)ning buzilishini qamrab oladi. Ekologik muvozanat – tabiiy muhitdagi uning asosiy komponentlarining o‘z – o‘zini tartibga solishi yoki qayta tiklanishi tabiiy yoki insonning aralashuvi bilan sun’iy yo‘l bilan dinamik holatini saqlab turishidir. Ekologik muvozanat – ma’lum chegaralangan hudud (landshaft)da jonli va jonsiz tabiat o`rtasidagi tenglik, to`g`ri munosabat, bir-birlarini taqoza qilishi, ma’lum darajadagi o`lchamlari (kirim-chiqim, biomassa va b.) bilan tavsiflanadigan xususiyatlari, jonli organizmlarining o`zaro munosabatlaridan iborat. Ekologik muvozanat tabiiy va antropogen omillar ta’sirida buzilishi mumkin. Buzilish natijasida avvalo o`simlik gruhlarining tarkibi va tuzilmasi zararlanadi. Ta’sir qisqa muddatli va barqaror bo`lishi mumkin. Qisqa muddatli ta’sir natijasida geosistema favqulodda, ba’zan bir tekis o`zgarishga uchraydi (bu hol ta’sir sajiyasiga bog’liq). Ekologik muvozanatning buzilishi geosistemadagi tabiiy balansnng o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liq. Ekologik muvozanatni saqlash inson hayoti uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda ekologik xizmatning muhim vazifasidir. Ekologik muvozanat tufayli ekosistemada muayyan sifat holati saqlanib turadi yoki muayyan geografik joy va geologik davr uchun xos bo‘lgan suksession rivojlanish qatorida bir ekosistemaning boshqasi bilan almashinuviga olib keladigan energiya va moddaning kirimi va chiqimining dinamik tengligi bo‘ladi. Muayyan sistemaning shakllaninshiga imkon beradigan ekolgik vaziyatni ta’minlovchi komponentlarning miqdoriy birikmasi ekologik komponentlar balansi deyiladi. Landshaftda nisbat yoki muvozanatni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi landshaftning modda va energiya balansi deyiladi. Balans – landshaftga keladigan, undagi jarayonlarga sarflanadigan va geosistemadan chiqib ketadigan modda va energiya miqdorini solishtirhdir. Fan – texnika taraqqiyoti insonning tabiatga ta’sir ko‘rsatuvchi qudratini oshishiga va buning natijasida uning ishlab chiqarish va fan – texnika (taraqqiyoti) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan omillar – industrilizatsiya va urbanizatsiya, energetika xom ashyo resurslarining kamayishi, tabiiy dinamik muvozanatning buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit sifatining yomonlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardir. Fan – texnika taraqqiyoti sharoitlarida jamiyat rivojlanishining shart – sharoitlari bo‘lgan tabiiy resurslarlan foydalanishning jadallashuvi va tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslarni qayta tiklash orasidagi ziddiyatlar ekologik muammolarning negizini tashkil etadi. Ta‘kidlash lozimki, har qanday miqyosdagi ekologik muammo tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy gegrafik qonuniyatlar asosida ro‘y berishi tufayli geografik muammo ham hisoblanadi. Chunki, har qanday ekologik muammo muayyan hududda – geosistema, landshaft, tabiiy kompleksda tarkib topadi va rivojlanadi. Ekologik muammo geosistema doirasida o‘rganilishi lozim. Chunki, landshaft – tabiiy resurslar manbai va insonning hayotiy muhitidir. Insonning tabiatga bo‘lgan ta’siri miqyosi ma’lum me’yorgacha bo‘lishi kerak, ta’sirnng ma’lum me’yordan oshib ketishi bilan ekologik muvozanat buziladi. Buning oqibatida tabiatning aks ta’siri unga bo‘lgan ta’sir hajmidan bir necha bor oshib ketishi mumkin (masalan, Orolbo‘yi mintaqasi).Geoekologik muammolarning tarkib topishi va rivojlanishi landshaftlarda ekologik muvozanatning buzilishi bilan bog‘liq. Inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlarininig o`zgarishi natijasida tabiiy muhitda o`zgarishlar sodir bo`ladi..Tabiatdan foydalanish tamoyillarining buzilishi nafaqat atrof muhitda o`zgarishlarga olib kelmaydi, balki jamiyatda ham aks ta’sir shakllanadi. Boshqacha aytganda, jamiyat tabiiy resurslardan qanchalik asoslangan holda foydalanishga qarab shunchalik naf ko`radi. Bu jarayonda tabiiy muhitda turli darajada vaziyat tarkib topadi. vujudga kelishiga ko`ra ekologik vaziyatlarni o`rganish amaliy ahamiyatga ega. Biror joyning ekologik holati ‘sharoit”, “ahvol”, “holat”, “vaziyat” kabi bir-biriga yaqin yoki sinonimlar bo`lgan terninlar bilan ifodalanadi. Bu terminlar orasida “vaziyat” termini ekologik ahvolni aniqroq tavsiflashg imkon beradi.Ekologik vaziyat ekologik, ekologik iqtisodiy, sotsial-ekologik, geoografik-ekologik (geoekologik), landshaft-ekologik va boshqa iboralar bilan birgalikda qo`llaniladi. ”Ekologik vaziyat” tusuhunchasiga bir qancha ta’riflar berilgan (Shestakov, 1992; Kalesnik,1992; Kochurov va b.,1996; Rafiqov, 2000; va b.). A.Rafiqovga (2000) ko`ra, ekologik vaziyat – ma’lum sharoitda mavjud bo`lgan tabiiy muvozanat, uning dinamik holati komponentlarini shu vaziyatdagi me’yoriy xususiyatlarining o`zgarish yo`nalishlari, jonli va jonsiz tabiat tabiat o`rtasidagi munosabatni barqarorlik holati, kishilarning turg`un tabiiy holati darajasidan iborat. Ekologik vaziyatni baholash (tasniflash) mezomlarini ishlab chiqish ancha murakkab masala. Bu borada muayyan omillar va mezonlarni hisobga olishga to`g`ri keladi. Mutaxassislar tomonidan turli mezonlar taklif qilingan. Ammo, bu borada bildirilgan fikr-mulohazalar xilma-xil. 1991-yilda birinchi bor nashr qilingan “O`zbekiston ekologik xaritasi”da ekologik vaziyatlarni baholashning mezonlar shkalasi berilgan. O‘zbekistop tabiatini muxofaza qilish davlat qo‘mitasi xizmatchilari (V.L.Savello, 1998) ekologik vaziyatlarni baholash uchun 18 indikatordan iborat mezonlar shkalasini ishlab chiqishdi. G A.Tolkacheva va boshq (1998 Download 65.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling