Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi
Download 65.75 Kb.
|
sohiba omanboeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- NUKUS-2022 Mundarija
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI EKOLOGIYA VA TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI «Ekologik monitoring va ekologik ekspertiza » fanidan KURS ISHI Mavzu: «Jamoat ekologik ekspertizasi va ekologik audit »
NUKUS-2022 Mundarija Kirish ………………………………………………….……….………3 Jamoat ekologik ekspertizasi va ekologik audit turlari …….……5 Ekologik vaziyat va uni baholash mezonlari……………………10 Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning huquqiy holati…....13 Ekologik audit tug’risidagi qonun qabul qilish maqsadi…...……27 Xulosa ………………………………………………….….………..30 Foydalanilgan adabiyotlar ………………….……………………..….31 Kirish “Ekspertiza” atamasining asl ma`nosi “tekshiruv”, “taxlil” dir. ekologik ekspertizani o`tkazish tartibi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza қilish davlat qo`mitasi tomonidan qabul qilingan maxsus qaror (1993 yil 4 may M:8-TK sonli qaror) asosida amalga oshiriladi. Mazkur qaror quyidagilarni belgilaydi: Xalq xo`jaligi ob`ektlarini va komplekslarini ko`rish loyixalari va texnika—iqtisodiy asoslarini Davlat ekologik ekspertizasidan o`tkazishning bir xil tartibini belgilaydi. Davlat ekologik ekspertizasidan o`tkazish paytida tomonlar (ya`ni, buyurtmachi va loyixalash tashkilotlari)ning vazifalari va javobgarliklarini belgilaydi. Mazkur qarorni bajarish quyidagi muassasa va tashkilotlar uchun asosiy vazifa qilib belgilangan: O`z faoliyatida salbiy ekologik oqibatlarni bartaraf etish yoki ularni yengillatishga jamiyat oldida kafillik beruvchi loyixa— xujjatlarga buyurtma beruvchi tashkilotlar. Loyixa—xujjatlarni ishlab chiquvchiga va buyurtma beruvchiga ekologik xavfsizlikni ta`minlashga kafillik beruvchi tashkilotlar. Tabiatdan foydalanish va atrof-muxitni muxofaza qilishni nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari. Atrof-muxit musaffoligini saqlab qolish, atmosfera xavosi, suv xavzalari, tuproq, o`simliklar dunyosi ifloslanishning oldini olish maqsadida yangitdan vujudga keltiriladigan qanday muxandislik loyiҳasini uning katta-kichikligidan qat`i nazar avvalo Davlat ekologik ekspertizasidan o`tkaziladi. Bu majburiyat 1992 yil 9 dekabrda qabul kilingan “Tabiatni muxofaza qilish to`g’risidagi qonun”da xam yozib quyilgan. Davlat ekologik ekspertizaning maqsadi - xo`jalik korxonasining tevarak-atrof xolatiga nisbatan ekologik xavfini aniqlash, ushbu xavf darajasining me`yoriy ko`rsatgichlarga nisbatan qanchalik kattaligini baxolashdir. Dee dan o`tkazilishi shart bo`lgan loyixada tabiatning ifloslanishi oldini oluvchi chora-tadbirlar ilmiy jixatdan asoslangan bo`lishi zarur. Davlat ekologik ekspertizasidan sanoat korxonalari, gidrotexnik inshootlar, konlar, shaxar qurilishi, chiqindilar to`planadigan joylar, ularni ko`mib yoki yondirib zararsizlantirish maxsus joylari, kimyoviy moddalar va ular ishlatiladigan xududlar va boshqa Xo`jalik ob`ektlari loyixalari albatta o`tkaziladi. Loyixada xo`jalik ob`ektlarining uz faoliyati davrida atrof-muxitga zarar etkazishi oldi olingan bo`lsa, ya`ni maxsus tozalash qurilmalari va inshootlari mavjud bo`lgan taqdirda, ushbu loyixani amalga oshirishga ruxsat beriladi. Toglardagi daryo xavzalarida ishga tushirilishi lozim bo`lgan ma`dan konlari, ularning boyitish fabrikalari loyixalari ekologik ekspertizadan maxsus mutaxassislar ishtirokida o`tkaziladi. Chunki bunday nozik loyixalarda texnologik tizim yoki ma`danlarni saqlash joylaridan ularning bir qismi soy suvlariga aralashishi butun xavzada noxush oqibatlarga olib kelmasligiga xech kim kafolat bera olmaydi. Binobarin, ekspetriza chorida ro`y berishi mumkin bulgan mazkur noxush xodisaning qanday oldi olinishi mumkinligi xamma tomonlama chuqur tekshiriladi. Davlat ekologik ekspertizasi asosan Tabiatni muxofaza qilish davlat ko`mitasida o`tkaziladi. Download 65.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling