Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fakultet sirtqi boʻlim Amaliy psixologiya


Etnopsixologik tadqiqotlarda ishlatiladigan metodlar va ularga qo‘yiladigan


Download 496.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana15.06.2023
Hajmi496.58 Kb.
#1483235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Amaliy psixologiyaning (2)

 Etnopsixologik tadqiqotlarda ishlatiladigan metodlar va ularga qo‘yiladigan 
metodologik talablar 
Millatlararo munosabatlar tobora yaxshilanib borayotgan, OAV orqali 
dunyoning qaysi chetidan bo‘lmasin u yoki bu xalqqa oid ma’lumotlarga ega 
bo‘lish judu oson bo‘lib qolgan bir sharoitda turli millat va xalqlarning 
psixologiyasini o‘rganish, millatalararo qiyosiy tajribalar o‘tkazish fan 
manfaatlariga to‘g‘ri keladi. Shu bois ham olimlar Sotsial psixologiya ning qaysi 
muammosi bo‘lmasin, uni u yoki bu ijtimoiy-siyosiy, milliy-madaniy muhit nuqtai 
nazaridan o‘rganishni afzal ko‘radilar. Bu etnopsixologik tadqiqotlarda 


reprezentativ, ishonchli metodlar masalasini dolzarb etadi. 
Chet ellarda va mamlakatimizda amalga oshirilga ilmiy ishlarni tahlil qilar 
ekanmiz, 
etnopsixologik 
tatqiqotlarda 
xilma-xil 
uslub 
va 
metodlar 
qo‘llanilganining guvohi bo‘lamiz. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs 
xusisiyatlarini o‘rganuvchi turlicha testlardan tortib, proyektiv metodlar, 
eksprementlarning turlicha ko‘rinishlari, so‘roq metodlari- anketa, intervyu, 
sotsiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi 
kunlarda ham “madaniy muhit va shaxs”, guruhlararo munosabatlar hamda qiyosiy 
tadqiqotlarda qo‘llanilmoqda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, 
balki umumiy psixologiya bilan shug‘ulanuvchi olimlar ham o‘tkazmoqdalar. 
Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, etopsixologik metodlarning tanqisligi kun 
sayin sezilmoqda. Chunki etnopsixologiya muommosi bilan shug‘ulanishni 
maqsad qilib qo‘ygan har bir tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta 
o‘zgartirishga, yoki bo‘lmasa, o‘zicha yangi metodni kashf qilishga majbur 
bo‘lmoqda. Nihoyat, etnopsixologik metodlarni qo‘llashning noqulayligi shundaki, 
masalan, Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchi ma’lumotlar to‘plangan 
metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning respublikamiz sharoitida umuman xech 
narsani o‘lchamasligi, aniqlamasligi mumkin. Masalan, Ravenning matrik testi va 
muhit ta’sirlari daxlsiz, deb hisoblangan Kettellning intellekt testi ham baribir
qisman bo‘lsada, muhit sharoitlarini hisobga olishni talab qiladiki, qolaversa ularni 
sharhlar masalasida alohida ehtiyotkorlik zarur. Shuning uchun ham hozirda butun 
jahon olimlari har qanday madaniy muhitdan ham yuqori turadigan, universal test 
yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar. 
Etnopsixologik tadqiqotlar o‘tkazishni maqsad qilib qo‘ygan har qanday 
tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma-xilligi va 
ularning o‘zaro bir – birlariga ta’sir ko‘rsatishini inobatga olmog‘i zarur. Bu narsa 
etnopsixologik tadqiqot dasturini tuzishda albatta hisobga olinish kerak. Misol 
uchun, O‘zbekiston sharoitida tadqiqot o‘tkazilmoqchi bo‘linsa, quyidagi 
narsalarga e’tiborni qaratish lozim:
1) shu hudud sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo‘lgan umumiy 


psixologik omillar va ularni aniqlash usullari;
2) faqat o‘zbek millatiga xos bo‘lgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash;
3) aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarni o‘lchaydigan yoki 
eksperemental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni 
konkret sharoitlarga moslash;
4) tadqiqotchilar guruhini tekshiralayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini 
biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot obyekti hisoblangan guruhda 
o‘sha guruh tilida tadqiqot o‘tkazish kerak, toki tekshiriluvchilarga qo‘yilgan har 
bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushunarli bo‘lsin.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, 
undagi etnik stereotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo‘q, shuning 
uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy 
sharoitlariga moslash kerak bo‘lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak. Tarjima 
xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni 
(anketalar, so‘roqlar, shkalalar savlollarini) tarjima qilish tarjimondan yuksak 
bilimdonlik va professional sifatlarni talab qiladi. Aks holda, metodika o‘z 
qimmatini yo‘qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki o‘lchamasligi 
mumkin. Hattoki, noverbal testlarni turli sharoitlarda qo‘llab, olingan 
ma’lumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o‘zgarganligi 
ko‘plab tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni 
qo‘llashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab ko‘rish va natijalarni 
ekspertlarga berib yoki boshqa yordamchi metodlar yordamida qayta sinovdan 
o‘tkazish yo‘li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir.
Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo‘yiladigan yana bir talab - tadqiqotni 
tabiiy sharoitlarda, tekshiruvchilar uchun tanish bo‘lgan joylarda qisqa 
ko‘rsatmalar berish yo‘li bilan o‘tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda 
ko‘pincha turli yosh, kasb va ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etadilar. 
Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini 
tuza olish ham psixologdan qator professional malakalarni talab qiladi.
Bizning nazarimizda, hozirgi paytda etnopsixologik muammolar orasida eng 


muhimi u yoki bu millat vakillaridagi etnik stereotiplarni tadqiq qilishdir. Bunda 
qanday metodlardan foydalanish mumkin? Rus tadqiqotchisi G.U.Ksoyevaning 
yozishicha, bu yerda to‘rt guruhli metodlarni ko‘rsatish mumkin:

Download 496.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling