Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana06.11.2017
Hajmi1.25 Mb.
#19515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Birinchi shart – fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’lishi va amaldagi qonun hujjatlariga binoan pensiya taъminoti 

huquqiga ega bo’lmasligi kerak. Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi (fuqaroning jinsidan 

qatъi nazar) «Mehnat kodeksi»ning 77-moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan. 

SHuni alohida taъkidlab o’tish joizki, «Mehnat kodeksi»ning ushbu  moddasiga muvofiq tegishli shartlarga rioya 

etilgan holda 15 yoki 14 yoshga to’lgan yoshlarni ham ishga qabul qilishga yo’l qo’yilsada, «Aholini ish bilan 

taъminlash to’g’risida»gi Qonunga muvofiq ular ishsiz shaxs deb eъtirof etilishlari mumkin emas. 



Ikinchi shart – fuqaro ishga  va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmasligi lozim. Qonun hujjatlariga 

muvofiq ish bilan band bo’lgan shaxslar toifasiga mulkchilik shakllaridan qatъi nazar har qanday korxonalarda, shu 

jumladan, respublikamiz hududida va xorijdagi xalqaro tashkilotlarda mehnat shartnomasi bo’yicha ishlayotganlar: 

betobligi, mehnat taъtilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish to’xtatib 

qo’yilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyi saqlanib turadigan boshqa 

hollarda vaqtincha ish joyida bo’lmagan fuqarolar: o’zini ish bilan mustaqil taъminlayotgan fuqarolar, shu jumladan, 

yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning 

aъzolari, fermerlar va boshqalar (mazkur Qonunning 2-moddasiga va unga berilgan sharhlarga qarang) kiradi. 



Uchinchi shart — fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini uning mahalliy 

mehnat organiga ish qidirib rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan 

o’tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi. 

Homilador ayollar, agarda ularning homiladordik davri yigirma sakkiz haftadan oshmagan bo’lsa, ular mehnatga 

qobiliyatli deb hisoblanadilar va homiladorlikning bu davrida ular ishsiz shaxs deb eъtirof etilishlari kerak. 

To’rtinchi shart — fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish 

qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim (mazkur modda sharhlarining 3-paragrafiga qarang). 

Zarur hujjatlarni taqdim etmagan fuqaro mehnat organiga maslahat so’rab murojat etgan deb hisoblanadi. 

Ishsizlikni yaqindan o’rganish, iqtisodiy tabiatni bilish uchun uning sinflashuvini bilish maqsadga muvofiqdir. 

Kelib chiqish mazmuniga ko’ra, ishsizlikni quyidagi asosiy turlarga ajratish mumkin: 

 



tabiiy ishsizlik; 

 



majburiy ishsizlik. 

Tabiiy ishsizlik deyilganda ishchi kuchi harakati va uning maъlum bir jamiyat aъzosi sifatidagi mehnat hulqiga 

aloqador bo’lgan ish bilan band bo’lmaganlik holatiga aytiladi. Aniqroq qilib aytiladigan bo’lsa, tabiiy ishsizlik 

guruhlariga kiruvchi ishchi kuchi uning egasi – fuqaroning  istak-xohishlariga muayyan maъnoda bog’liq holda 

ishsizlik holatida bo’lishiga tabiiy ishsizlik deyiladi. 



Majburiy ishsizlik turlari esa ishsizlikning ishchi kuchiga aloqador bo’lmagan holda kelib chiqishini tavsiflaydi.  

Friktsion ishsizlik deyilganda, ishchi kuchining bir ish joyidan boshqa ish joyiga ishga o’tayotganda ishsiz qolish 

holatiga aytiladi.  



Tarkibiy ishsizlik ishchi kuchiga bo’lgan taklif umumiy tarkibining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lib, uning 

tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi o’zgarishiga olib keladi. Bu, odatda, baъzi kasblar va tarmoqlarning paydo bo’lishi, 

baъzilarining yo’qolishi, gohida esa tarmoqlardagi iqtisodiy krizislar tufayli mehnat zahiralari qayta taqsimlanishi 

bilan bog’liq.  



Davriy ishsizlik deyilganda, iqtisodiy tushkunlikning muayyan davrida (ishlab chiqarishning pasayishi) yuzaga 

keladigan ishsizlik turi tushuniladi.  

Iqtisod ilmida ishsizlikning boshqa turlari to’g’risida ham so’z yuritiladi. CHunonchi, institutsional ishsizlik, 

iqtisodiy ishsizlik, yashirin ishsizlik va hokazo.  

Ishsizlik tarkibi uning sabablariga ko’ra, ishchi kuchining 4 asosiy toifasini o’z ichiga oladi: ishdan bo’shatilishi 

natijasida o’z joyini yo’qotganlar, ishdan ixtiyoriy ravishda bo’shaganlar, tanaffusdan so’ng mehnat bozoriga 

kelganlar, mehnat bozoriga birinchi bor kelganlik. Bu toifalarning o’zaro nisbatlari avvalombor iqtisodiy tsikllar 

fazalariga (bosqichlariga) bog’liq.  

Ishsizlik darajasi doimo noldan yuqori, chunki ixtiyoriy va tarkibiy ishsizlik u yoki bu ko’rinishda mavjud 

bo’ladi. Lekin ishsizlikning tabiiy darajasi inflyatsiyaning kuchayishini to’xtatib turadi.  

Amalda ishsizlik tabiiy darajasining eng maqbul miqdori yo’q. Hali hech kim iqtisodiyot uchun maъlum 

ishchining ishlab chiqarish bilan shug’ullangandan ko’ra, ishsiz bo’lgani afzal ekanligini isbotlashga erishgan emas. 



 

22

Aksincha, ayrim hisoblardan ko’rinadiki, yalpi milliy mahsulotni yuqori darajada ishlab chiqarish natijasida 



ishsizlikning tabiiy darajasi pasayadi.  

Ammo u maqbul miqdordan yuqori bo’lib qolaveradi. CHunki, yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish o’z 

imkoniyat darjasiga etmagan bo’ladi. YAlpi milliy mahsulotni potentsial darajasiga etkazish esa, haddan tashqari 

iqtisodiy farovonlikka olib keladi va oqibatda inflyatsiya kuchayishi mumkin. Quyidagi tadbirlar ishsizlik tabiiy 

darajasining pasayishiga taъsir ko’rsatishi mumkin:  

 



aholini mavjud ish o’rinlari haqida xabardor etishni yaxshilash; 

 



mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish; 

 



ishsizlarni davlat tomnidan muhofaza qilish darajasini pasaytirish;  

Halqaro Mehnat Tashkiloti standarti bo’yicha tabiiy ishsizlik darajasi 1,5-2,5% ni tashkil etadi. 

Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken notabiiy yoki davriy ishsizlikning salbiy taъsirga ega ekanligini matematik 

holda isbotlab berdi. Ouken qonuniga ko’ra, ishsizlikning tabiiy darajasi 1 foizga  oshganda yalpi milliy mahsulot 2,5 

foizga kamayadi yoki 2,5 foiz yalpi milliy mahsulot yo’qotiladi. Demak, mos ravishda ularning nisbati 1:2,5 ga teng. 

SHu nisbatga asoslanib, yo’qotilgan yalpi milliy mahsulotning mutlaq qiymatini aniqlash mumkin.  

Ishsizlikning ko’payishi iqtisodiyotning o’sish surъatlarini pasaytiradi. SHuning uchun ham potentsial hajmdagi 

yalpi milliy mahsulot (yalpi milliy mahsulot

n

) haqiqatdagi yalpi milliy mahsulot (yalpi milliy mahsulot



x

) dan katta 

bo’ladi, yaъni:  

YAlpi Milliy Mahsulot



n

> YAlpi Milliy Mahsulot 

x



4. Davlatning aholini ishsizlikdan muhofaza qilish borasidagi tadbirlari 

Jiddiy talafotlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat ish bilan taъminlashni oshirish siyosatini o’tkazadi. 

CHunonchi, ishsizlikning friktsion va yashirin turlari o’sganda davlat:  

 



qaytadan kasb o’rgatadi; 

 



taъlim berish tizimini kengaytiradi; 

 



bo’sh ish joylari haqidagi axborotlarni keng tarqatadi; 

 



mehnat birjalariga investitsiyalarni ko’paytiradi. 

Agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskalь, kredit-pul vositalarini ishga soladi, yaъni: 

 

ish bilan taъminlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga ko’proq mablag’ sarflaydi; 



 

tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun ssuda hamda kreditlarning foiz stavkalarini pasaytiradi; 



 

ishlab chiqaruvchi va isteъmolchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi. 



Bu tadbirlardan tashqari, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solishda: 

 



aholi soni, yosh va jinsi salmog’idagi o’zgarishlarga; 

 



ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o’zgarishlariga; 

 



qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlariga; 

 



ishlab chiqarish hajmiga, uning o’sish surъatiga, ishlab chiqarish tarkibiga; 

 



ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida eъtibor beradi.  

Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi xalq xo’jaligi tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq 

kichik korxonalarni barpo etishdir. Bu esa, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning miqyosini oshirishga qaratilgan 

bo’lishi darkor. Bunga esa, mehnat unumdorligini oshirish, ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya 

taъminotlarini yaxshilash, yangi noqishloq xo’jaligi mehnati zonalarini tashkil etish, ish vaqtidan unumli foydalanish, 

ishlovchilar moddiy manfaatdorligini oshirish va oqilona soliqlar orqali erishish mumkin.  



Tayanch iboralar 

Aholi; ish bilan taъminlash; mezonlari; mohiyati; shakllari; O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan 

taъminlash to’g’risida»gi Qonuni; ish bilan taъminlanganlar;  iqtisodiy faol aholi; iqtisodiy nofaol aholi; ishsizlar; 

yollanma xodimlar; yakka tartibda ishlaydiganlar; ish beruvchilar; oilaviy korxonalarning xaq to’lanmaydigan 

xodimlari; mehnat faoliyati bilan shug’ullanmaydigan kishilar; ish bilan taъminlash; turlari: to’liq; oqilona; erkin; ish 

bilan taъminlashni tartibga solish; aholini ish bilan bandligi siyosati; tarkibiy qayta qurish; rag’batlantirish; ishsizlarni 

mehnatga jalb qilish; passiv  taъsir ko’rsatish; faol taъsir ko’rsatish; bandlik jamg’armasi; harajatlari; ishsizlarga 

moddiy yordam ko’rsatish; qayta tayyorlash; jamoat ishlariga sarflanadigan mablag’lar; mehnat birjalari; ishsizlik; 

turlari: tabiiy; majburiy; tarkibiy; friktsion; davriy; yashirincha; ishsizlik tarkibi; shartlari; A. Ouken qonuni; davlat 

tadbirlari; qayta kasbga o’rgatish; Taъlim berish tizimi; axborotlar tarqatish; investitsiyalar; mehnat bozori; tartibga 

solish. 

Qisqacha xulosalar 

Aholini ish bilan taъminlash – bu, fuqarolarning ehtiyojini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, qonunlarga zid 

bo’lmagan ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir. Bandlikning ahvoli, uning eng muhim hususiyatlari 

milliy farovonlik haqida, iqtisodiy rivojlanish sohasida tanlangan yo’lning samarali ekanligi to’g’risida hulosa 

chiqarish imkonini beradi. 

Ishsizlik darajasi mamlakat iqtisodiyoti qay darajada taraqqiy etganligi hamda iqtisodiyotda sodir bo’layotgan 

o’zgarishlarning muhim ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ishsizlik darajasi deganda, ishsizlar sonining iqtisodiy faol 

aholi tarkibidagi salmog’i tushuniladi. 



Nazorat va muhokama uchun savollar 

1.

 



Aholini ish bilan taъminlashning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni nimadan iborat?  

 

23

2.



 

O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan taъminlash to’g’risida»gi qonuni bo’yicha kimlar ish bilan 

taъminlangan hisoblanadi?  

3.

 



Aholini ish bilan taъminlashning qanday asosiy turlari mavjud? 

4.

 



Davlat aholining ish bilan bandligini oshirish bo’yicha qanday tadbirlarni amalga oshiradi? 

5.

 



Ish bilan taъminlanmagan aholiga kimlar kiradi?  

6.

 



Ishsizlik nima va uning darajasi qanday aniqlanadi? 

7.

 



Fuqarolarni ishsiz shaxs deb eъtirof etishning qanday shartlari mavjud? 

8.

 



Ishsizlikni qanday turlarini bilasiz? 

9.

 



Artur Ouken qonunining mazmuni nima? 

10.


 

Davlat ishsizlarni ish bilan taъminlash borasida qanday tadbirlarni amalga oshiradi? 



Adabiyotlar ro’yxati 

1.

 



Karimov I.A. O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz. T.7, Toshkent 1999. 

2.

 



O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan taъminlash to’g’risidagi» Qonuniga sharhlar. –T.: SHarq, 

2000. 


3.

 

Abdurahmonov Q.X. «Mehnat iqtisodiyoti» (Darslik) T:. «MEHNAT» nashriyoti, 2004. 



4.

 

Abdurahmanov Q.X. va boshq. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi»». Darslik. Toshkent 2001.  



5.

 

Abdurahmonov Q.X  Xolmo’minov SH.R “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”(o’quv.qo’l) T.:2004 



6.

 

Abdurahmonov Q.H., va boshqalar “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish”(o’quv.qo’l)  –T.: 2004 



7.

 

Barbarova E.L. Ekonomika i sotsiologiya truda –M:. 2005.  



8.

 

 Demin A.N.“Faktorы uspeshnogo i neuspeshnogo povedeniya v situatsii bezrabotitsы” Novosibirsk 2002.



 

9.

 



Ivanova –SHvets L.N. «Upravlenie trudovo’mi resursami» Ucheb. Pos. –M:. 2004 

10.


 

Kuchmaeva O.V., Egorova E.A. «Ekonomika truda» Ucheb. Pos. –M:. 2004. 

11.

 

Prodoljitelьnostь zanyatosti i trudovaya mobilьnostь. –M.: TIES, 2003.  



12.

 

Xolmo’minov SH.R. “Mehnat bozori iqtisodiyoti”(o’quv.qo’l) -T.: 2004. 



Internet saytlari: 

1.

 



www.buynet.ru Ekonomika i sotsiologiya truda 

2.

 



www.ysu.ru     www.soc.pu.ru      www.bolero.ru  

 

5-MAVZU. MEHNAT BOZORI: SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI    4 soat 

1-maъruza   2 soat 

1. Mehnat bozori tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 

2. Mehnat bozorining shakllanishi 

3. Mehnat bozori modellari 



1. Mehnat bozori tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 

Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali 

shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining obъektiv 

qonunlaridan savodli foydalanish zarur. 

Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog’langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo’lish uchun 

ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish 

jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o’z isteъmol sifatlarini yo’qotmasligi uchun doimo qayta ishlab 

chiqarilishi lozim. Nafaqat o’zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat 

ko’rsatkichlari ham yaxshilanishi darajasini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo’q qilishi mumkin. Ishchi 

kuchiga jami talab investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi. 

Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish 

beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat 

kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, ishchi kuchiga 

talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, 

o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir. 

Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, 

qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat. Talab agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va xalq 

xo’jaligining boshqa sohalari mehnat bozoriga buyurtma etgan, ish haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo’jaliklardan 

daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan taъminlangan ehtiyojning hajmi va tarkibini aks ettiradiTaklif yollanish 

sharti bilan ishga ega bo’lishdan manfaatdor bo’lgan qishloq ishchi kuchining miqdor va sifat  (soni, jinsi, yoshi, 

maъlumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va boshqalar bo’yicha) tarkibini ifodalaydi. 

SHuni taъkidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uning tarkibiy 

qismlarining tadqiqoti mazkur bozorning o’tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon 

beradi: 


*

 

ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish; 



*

 

bozor uslubida xo’jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga 



talab va taklifni tartibga solish; 

*

 



mehnat resurslarining oqilona bandligini taъminlashga bevosita taъsir ko’rsatish; 

*

 



ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko’maklashish; 

*

 



ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o’zgartirish.  

 

24

2. Mehnat bozorining shakllanishi 



Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi – mehnat bozori shakllanishining  asosiy sharoiti yohud shartidir. 

SHu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita taъsir ko’rsatayotgan bir qator iqtisodiy, 

ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq 

ko’rib chiqamiz. 

Mehnat bozori (MB) shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti bo’lib, yollanma xodimlarni o’z ishchi  

kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat 

qiladi. Bu erda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur subъektlarni o’zaro almashuv munosabatiga kirishiga ularning 

shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy isteъmolchilik yotadi. Ular ham, o’z navbatida, qayta takror 

ishlab chiqarishda aholi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyoji ifodalanishi bo’ladi. 

MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatga erishish uchun o’zaro raqobat 

qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo’lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma 

xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai nazaridan o’zaro bog’langan hamda bir-birlariga 

qaram bo’lsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar. 

Ishchi kuchi talab va taklifi o’rtasida bozor muvozanatiga erishish MBining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy 

shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga 

layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga  nisbatan tez o’sishi. 

Mehnat bozori konъyukturasi shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari ichida yollanma xodimlar va ish 

beruvchilarning sifat ko’rsatkichlari oshishi etakchi o’rin egallaydi.  

Ish beruvchi va yollanma xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchini 

sotish, sotib olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi. 

Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy-iqlim sharoitlari muhim rag’batlantiruvchi omil 

bo’lib xizmat qiladi. YUqori unumdor qishloq xo’jaligi erlarida va etarlicha suv bilan taъminlangan yashash joylarida 

ishchi kuchi ko’proq jamlanadi va ishchi joylari normal faoliyat ko’rsatadi. YAngi ish joylarini yaratish va ishlab 

turgan korxonalarni kengaytirish yo’li bilan ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatni taъminlashga 

maъlum darajada imkoniyatlar vujudga keltiriladi. Bu esa, mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak, 

ishsizlik miqyosini ham keskin kamaytirishga bevosita taъsir etadi. 

SHu bilan birga ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz hududlarida ishchi kuchiga talabning oshishi va 

uning taklifi pasayishiga bevosita taъsir etuvchi omillarni  tadqiq qilish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb 

etadi.  Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: noqishloq xo’jaligi tarmoqlarda 

yangi ish joylarini yaratish, mehnat qo’llaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modernizatsiyalash, 

qayta taъmirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi erlarni o’zlashtirish, qayta ishlash sanoati, xizmatlar ko’rsatish 

va shaxsiy mehnat faoliyati ko’lamini kengaytirish, kichik va o’rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 

va boshqalar. SHu bilan bir vaqtda  ishchi kuchi taklifini va ish joylariga ehtiyojni pasaytiruvchi omillar vujudga  

keladi va ular taъsir qila boshlaydi: shaxsiy yordamchi xo’jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik va o’z-

o’zini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, bandlikning egiluvchan va nostandart shakllarini kengaytirish, 

ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq etish, inflyatsiya va ishsizlikni pasaytirish, 

mahalliy kadrlarning mobilligini (safarbarligini) hamda malakasini oshirish va boshqalar. 

Mehnat resurslari bilan kam taъminlangan hududlarda esa bir qator omillar ishchi kuchiga talabning pasayishiga 

ko’maklashadi. Xususan, bu ijara va xususiy mulkchilikni rivojlantirish, to’lash qobiliyatiga ega bo’lmagan yoki 

ekologik zararli korxonalarni yopish, yangi erlarni o’zlashtirish ko’lamini qisqartirish, moddiy-texnikaviy va 

moliyaviy resurslar taъminotini yaxshilash, intensiv texnologiyani qo’llash, mehnat unumdorligini oshirish va hokazo. 

Bundan tashqari, mazkur hududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar mavjud: kadrlarning malakasi, 

maъlumoti, mobillik va eksportabellik darajasining pastligi, mehnat resurslari soni o’sish surъatining ish joylari 

miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq xo’jaligida ishlovchilarni ish joyidan ozod etishning ko’payishi, mehnatni 

qo’llash mintaqalarining etishmasligi va boshqalar. 

SHu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi kuchi taklifining shakllanishi holatiga 

sezilarli darajada taъsir ko’rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish 

beruvchilarning tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur bo’lgan mablag’lar jamg’armasi; yollangan 

xodimlarning pul daromadlari; nafaqaxo’rlar va bolali ayollarning mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va 

kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati bo’lgan shaxslarni mablag’lar 

bilan taъminlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo’jaligida va 

yollanmasdan “uy mehnati”da band bo’lganlar soni; Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish 

muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va hokazo. 



Ishchi kuchiga talabning o’sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi  miqdor va sifat ko’rsatkichlarining 

o’zgarishi bilan aniqlanadi: mavjud bo’lgan va yangidan yaratiladigan ishchi joylari; investitsiya salohiyati va uning 

takror ishlab chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar; mulkchilik shakllarining turli-tumanligi; 

korxonalar va tashkilotlarning to’lovga qodir emasligi (bankrotligi) va hokazo. 



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling