Berdax nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti


Download 292,69 Kb.
bet1/5
Sana22.03.2023
Hajmi292,69 Kb.
#1286681
  1   2   3   4   5

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Berdax nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti

Tabiatshunoslik fakulteti

Geografiya kafedrası

Geografiya mutaxasisligi 1b-kurs talabasi Eshquvatov Asqarning

«Umumiy yer bilimi» fanidan

«Geografik qobiqning rivojlanishi»

nomli mavzuda bajarilgan

KURS ISHI


Qabullovchi:

Tayyorlagan:
ass. Tolepbergenov M.

Eshquvatov A.


Nukus – 2016 yil

1

Mavzu: Geografik qobiqning rivojlanishi

Reja

Kirish………………………………………………………………..3

1. Geografik qobiqning rivojlanishi…………………………………..5

2. Fanerozoyda geografik qobiqning rivojlanishi…………………….10.

3. Kaynazoy erasida geografik qobiqning rivojlanishi ....................…14

4. Geografik qobiqning to’rtlamchi davrda rivojlanishi………………17

Xulosa………………………………………………………………23

Foydalangan adabiёtlar tizimi……….………………………………..25

2
Kirish

«Umumiy yer bilimi» mamlakatimizda geografiya talimining muhim asosi

bo’lib hisoblanadi. Geografiya talimida tabyatni qo’riqlash masalalariga ko’proq

ahamiyat berilishi, atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro strategiyasi va BMT

ning «Inson va muhit» dasturida ko’rsatilgan halqaro dasturlarining bajarilishi

Umumiy yer bilimi fanining mavqeini va obro’sini yanada oshirib yobordi. Hozirgi

davrning asosiy hususiyatlaridan biri fanning juda tez suratlar bilan rivojlanishidir.

Hech qachon hozirgidek fanga insoniyat va jamiyat oldida bunchalik buyok

masuliyat tushmagan edi. Jamiyatning rivojlanishini, tabiiy va ijtimoiy

hodisalarning boshqarish hamda ularni sodir bo’lishini va oqibatlarini bashorat

qilishni faqat fan yordamida hal qilish mumkin. Fanlarni uch guruhga bo’linishi

shartlidir. Chunki ayrim fanlarning malum bir tarmog’i tabiiy fanlar tizimiga kirsa,

boshqa tarmog’i ijtimoiy yoki texnika fanlari tizimiga kiradi.

Geografik voqea va hodisalarning hamda ularni xilma-xilligini

kuchaytiradigan va murakkablashtiradigan, geografik qobiqni tuzilishini asta-sekin

yoki sakrab-sakrab murakkablashtiradigan bir tomonga yo’nalgan va qaytarilmas

o’zgarishlarga geografik qobiqning rivojlanishi deb ataladi.

Geografik qobiqning rivojlanishi murakkab va qarama-qarshi jarayon bo’lib,

mazkur jarayon davomida sezilarsiz va sekin-asta sodir bo’ladigan miqdoriy

o’zgarishlarni jamlanishi natijasida sifat jihatdan sakrash sodir bo’ladi. Bunday

sifat jihatidan bo’ladigan sakrashlar natijasida geografik qobiqda yangi tuzilmalar

vujudga keladi. Ushbu tuzilmalarga geosferalar, geologik qatlamlar, materiklar va

okeanlar hamda hayot kiradi. YAngi tuzilmalar eskilari asosida vujudga keladi va

rivojlanadi.

Geografik qobiqning rivojlanishi to’xtovsiz jarayon bo’lib, uning

boshlanishini aniqlash juda shartli hisoblanadi. Ko’p olimlar tomonidan erni

sayyora sifatida vujudga kelgan davri uni rivojlanishini boshlanishi deb qabul

qilingan.

3
Geografik qobiqning rivojlanishi juda ham notekis ro’y beradi. Sekin-asta va

evolyotsion o’zgarishlar keskin inqilobiy o’zgarishlar bilan almashinib turadi.

Geografik qobiqning rivojlanishini tiklash tabiiy fanlar oldida turgan eng

murakkab myammolardan biri hisoblanadi.

Geografik qobiqning rivojlanishini o’rganishda palegeografiya va tarixiy

geografiya hamda paleantalogiya va boshqa fanlarning o’rni juda katta.

Qadimgi davrlarning tabiiy geografik sharoitini o’rganishda yer po’stining

tuzilishi va xussiyatlarini hamda tog’ jinslari Qatlamlarini yotishini o’rganish juda

muhim malumotlarni beradi. qatlamlarni yotish tartibi, holati, fizik, mexanik,

ximik va boshqa xususiyatlari, petrogoafik va minerologik tarkibi, magnitlik

xususiyatlari, paleantologik qoldiqlar va boshqa malumotlar qadimgi geologik

davrlarning tabyatini bilish va qayta tiklash uchun asos bo’ladi. Tektonik va

vulkanik harakatlar ham geografik qobiqning rivojlanishi tarixini aniqlashda

muhim o’rin tutadi.

Tektonik harakatlar geosferalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni belgilab

beradi. Suv va quruqlik maydonini kengayishi yoki qisqarishi hamda turli relef

shakllarining hosil bo’lishi tektonik harakatlarning faolligiga bog’liq. Tog’larning

ko’tarilishi iqlimga va landshaftlarni tabaqalanishiga kuchli tasir etadi. Bundan

tashqari tektonik harakatlar geografik qobiqda to’planadigan yotqiziqlarning

qalinligi va maydonini aniqlaydi. Geografik qobiqni rivojlanish tarixini tiklashda

qadimgi muzlarni va ular qoldirgan izlarni o’rganish ham katta ahamiyatga ega.

Neogen va to’rtlamchi davrlarda Yer yozasining 64 mln. km2 maydoni muz bilan

qoplangan. Muz erib ketgandan so’ng landshaftlar asta-sekin yana qaytadan tiklana

boshlagan. Bunday muz bosishlar deyarli hamma geologik eralarda kuzatilgan.

Geografik qobiqni yaxlit tizim sifatida rivojlanishi Yerni sayyora sifatida

rivojlanishidan so’nggi boskich hisoblanadi. Geografik qobiqdagi rivojlanishning

asosiy manbai bo’lib Quyosh issiqligi hisoblanadi.

4
1. Geografik qobiqning rivojlanishi.

Yer tarixi ilgari aytganimizdek eonlarga, eralarga va davrlarga bo’linadi.

Kriptozoy eoni eng qadimgi geologik eon bo’lib, arxey va proterozoy

eralarini o’z ichiga oladi. Kriptozoy 2,7 mlrd yilgacha davom etgan. Yer va

Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar bundan 4,6 mlrd. yil ilgari paydo bo’lgan.

Arxey erasiing boshlarida vulkanlar faoliyati juda kuchli bo’lgan, natijada

birlamchi yer po’sti, atmosfera va okean shakllangan. Bu paytda dastlabki suv

havzalari paydo bo’lgan va ularda cho’kindi jinslar to’plana boshlagan. Atmosfera

va gidrosferaning tarkibi hozirgidan keskin farq qilgan. Suvda vulkanlar natijasida

ajralib chiqqan gazsimon mahsulotlar erigan holda bo’lgan (xlorli va ftorli

vodorod, metan va boshqalar). N.M.Straxov malumoti bo’yicha suv nordon

tarkibiga ega bo’lgan. Unda kremniy erigan holda bo’lgan. Arxey erasining

boshlaridagi vulkanlarning otilishi mantiya moddasini gravitatsion siqilishi,

radyaktiv parchalanish natijasida qisman erishi tufayli sodir bo’lgan. Yoqori

mantiya moddalari erish davomida ular qiyin va engil eriydigan qismlarga

bo’linadi. Engil eriydigan tarkib asosan bazaltlardan, uchib ketadigan gazlardan va

suv bug’laridan iborat bo’lgan. Bazaltlar dastlabki yer po’stini hosil qilgan,

uglevod birikmalari esa (SO, SO2, SN4), ammyak, oltingugurt birikmalari, galaoid

kislotalari, vodorod, argon va boshqa gazlar atmosferani hosil qilgan. Vulkan

otilishi tufayli chiqqan suv bug’larining kondensatsiyaga uchrashi natijasida

dastlabki okean hosil bo’lgan. Ilk okeanga vulkan gazlaridan uglerod dioksidi,

kislotalar, oltingugurt, ammyak o’tgan. Suvning bir qismi yer po’sti tog’ jinslari

tomonidan shimilgan. Okean suvlarining umumiy sho’rligi hozirgiga yaqin

bo’lgan.

Yerning ilk geologik rivojlanish bosqichida atmosfera va okean suvlarida

erkin kislorod bo’lmagan. Erkin kislorodning hosil bo’lishi 3 mlrd. yil avval sodir

bo’lgan mikroorganizmlarning faoliyati bilan bog’liq. Erkin kislorod

atmosferadagi gazlar va tog’ jinslarini oksidlanishiga sarf bo’la boshladi. Ammyak

5
molekulyar azotgacha, metan SN4 va uglerod oksidi uglerod dioksidigacha

oksidlana boshladi. Shundan so’ng oltingugurt va oltingugurt vodorodi, ikki

valentli temir va marganets oksidlana boshladi. Shunday qilib proterozoy erasining

o’rtalarida atmosfera va okeanda tiklanish sharoiti oksidlanish sharoiti bilan

almashdi.

Erkin kislorodning miqdorini orta borishi bilan kislorod bilan nafas oladigan

hayvonlar vujudga keldi, atmosferada ozon qatlami shakllandi. Yer po’stida qalin

nurash qobig’i hosil bo’ldi. Atmosferani va gidrosferani hosil bo’lishi bilan yer

po’stidagi dastlabki tog’ jinslarini nurashi va cho’kindi tog’ jinslarining hosil

bo’lishi boshlandi.

Cho’kindi va magmatik tog’ jinslari metamorfizm tasirida yer po’stining

chuqur qatlamlarida o’zgara boshladi. Natijada metomorfik tog’ jinslari hosil bo’la

boshladi (kvartsitlar, slanetslar, geneyslar va x.k). Ushbu davrdan boshlab materik

er po’stining granit qatlamining hosil bo’lishi va qadimgi platformalarni

shakllanishi boshlandi.

Hozirgi davrda yer po’sti magmatik, cho’kindi va metamorfik jinslardan

iborat. Magmatik va cho’kindi jinslar doimo metamorfik va magmatik tog’

jinslariga aylanib turadi, mazkur jarayon quyidagi tartibda sodir bo’ladi:

magmatizm–nurash–olib ketish–yotqiziqlarni hosil bo’lishi–chuqurga tushish–

metamorfizm–magmatizm.

Yerda hayot paydo bo’lgandan so’ng cho’kindi tog’ jinslari hosil bo’lishida

organizmlar katta ahamiyat kasb eta boshladi, yani biogen tog’ jinslari hosil bo’la

boshladi.

Yerning geologik tarixida va uning tabyatini rivojlanishida tog’ hosil bo’lish

bosqichlari, dengiz transgressiyalari va regressiyalari hamda iqlimni o’zgarishi

katta rol o’ynagan.

Tekombriy davrida iqlim kengliklar bo’yicha o’zgargan. Iqlimni o’zgarishi

natijasida quyi proterozoyda muz bosishi ro’y berdi. Ularning qoldiqlari, yani

6
qadimgi morenalar Kanada qalqonining proterozoy yotqiziqlari tarkibida topilgan.

Ular tillitlar deb ataladi. Tillitlar saralanmagan muz yotqiziqlaridir.

Geografik qobiqning rivojlanishini tiklashda materiklar va okeanlarni vujudga

kelish masalalari muhim o’rin tutudi. Oxirgi paytlarda materiklar va okeanlarni

kelib chiqishi haqida to’rtta gipoteza xaqiqatga yaqinroq deb tan olinmoqda, ular

quyidagilar: okeanning birlamchiligi gipotezasi; quruqlikning birlamchiligi

gipotezasi; litosfera plitalari gipotezasi; pulsatsion gipoteza.

Okean yer po’stining birlamchiligi gipotezasi tarafdorlarining fikricha,

Yerning geologik rivojlanishining dastlabki boskichlarida okean yer po’sti

yoppasiga Yer yozasini qoplagan va magmatik jinslardan tashkil topgan.

Magmatik jinslar o’zgarishi oqibatida «bazalt» qatlami vujudga kelgan. Atmosfera

va gidrosfera vujudga kelgandan so’ng yotqiziqlarni hosil bo’lishi va ularni

metomorfizm tasirida o’zgarishi natijasida bo’lajak platformalarning asoslari

paydo bo’ldi. Okean yer po’stining materik yer po’stiga aylanishi geosinklinallarda

sodir bo’la boshladi. Geosinklinallar cho’kindi va vulkanogen jinslar bilan to’la

boshladi, mazkur yotqiziqlar bosim va harorat tasirida o’zgara boshlagan va

tektonik harakatlar tasirida burmali tog’larni hosil qilib ko’tarilgan. Ushbu

jarayonlar oqibatida proterozoy erasining oxirida qadimgi platformalar vujudga

kelgan. Fanerozoyda esa ular kengaya boshlagan.

Quruqlik yer po’stining birlamchiligi gipotezasi tarafdorlarining fikricha Yer

yozasini dastlab materik yer po’sti yoppasiga qoplagan. Mantiyaning erigan

moddalari yoriqlar orqali er po’stiga kirgan, natijada yer po’sti jinslari

metomorfiklashib (o’zgarib), og’irlik kuchi tasirida cho’kkan. Mazkur jarayon

okean botiqlarini vujudga kelishiga olib kelgan. Okean botiqlarini hosil bo’lish

jarayoni yer po’stini «okeanlashishi» deb ataladi.

Oxirgi davrlarda materiklar va okeanlar botiqlarining vujudga kelishini

litosfera plitalari tektonikasi gipotizasi orqali tushuntirilmoqda. Mazkur gipotezaga

asosan yer yozasida ilgari bitta «Pangeya» quruqligi bo’lgan. Tektonik harakatlar

7
tufayli mazkur quruqlik palaxsalarga, yani litosfera plitalariga bo’linib ketadi.

Mazkur plitalar mantiya ustida turli yo’nalishda harakat qilishi tufayli materik va

okeanlarning hozirgi qayofasi shakllangan. Pulsatstsion gipoteza tarafdorlarinig

fikricha Yerning radyosi davriy ravishda qisqarib va o’zgarib turadi. Bunda

Yerning hajmi doimo kattalashib boradi. Mazkur gipoteza tektonik-magmatik

bosqichlarni hosil bo’lishini tushuntirib beradi.

Shunday qilib, materik va okeanlarni kelib chiqishi to’g’risida hozirgi davrda

yagona fikr mavjud emas.

Yerda qalin atmosfera va gidrosferaning shakllanishi va Yer yozasida

barqaror va yoqori haroratni vujudga kelishi bilan hamda ozon qatlamini

qalinligini ortishi tufayli erda hayot paydo bo’la boshladi. Yerda hayotning paydo

bo’lishi myammosi Oparin A.I., Xoldeyn J. va Bernal D.J. tomonidan o’rganilgan.

Tirik organizmlar juda uzoq davr davomida rivojlanish tufayli noorganik

moddalardan hosil bo’lgan. Eng oddiy organizmlar uncha chuqur bo’lmagan suv

havzalarida paydo bo’lgan. Chunki sayoz suv xavzalarida suv qatlami Quyosh

nurlarini o’tkazadi va zaharli nurlarni ushlab qoladi. Sayoz suv havzalari asosan

qirg’oq zonalarida joylashadi, qirg’oq zonalari esa gidrosfera, litosfera va

atmosferaning tutashgan va o’zaro tasirda bo’ladigan hudud hisoblanadi.

Organizmlarni kelib chiqishi hali to’la aniqlanmagan. Olimlarning fikricha

organizmlar quyidagi yo’nalishda vujudga kelgan. Atmosfera tarkibida ilk

davrlarda metan, ammyak, uglerod oksidi, suv bug’lari, oltingugurt vodorodi

bo’lgan. Ultrabinafsha nurlar va elektr zaryadlari ta’sirida organik birikmalar

vujudga kelgan bo’lishi mumkin. Mazkur birikmalar biri-biriga qo’shilib yanada

murakkabroq birikmalarni hosil qilgan. Birikmalarning ayrim qismlari (koatservat

tomchilar) tashqi muhitdan ajrala boshladi va atrof muhitdan moddalarni

o’zlashtira boshlaydi va qayta ko’paya boshlaydi. Bunday tizimlarni tirik

organizmlar deb atash mumkin. Bu esa biologik rivojlanishning boshlanishi edi. Ilk

organizmlar organik moddalar bilan oziqlangan va geterotroflar bo’lgan.

8
Keyinchalik noorganik moddalardan organik moddalarni hosil qiladigan avtotrof

organizmlar vujudga kelgan. Bunday organizmlar Quyosh issiqligi hisobiga

fotosintez jarayoni orqali noorganik moddalardan organik moddalar ishlab chiqara

boshlashdi. Bu esa organik dunyoni va geografik qobiqni rivojlanishida inqilobni

yasadi, chunki tirik organizmlar juda kuchli tabiiy-geografik omilga aylandi.

Geografik qobiqda erkin kislorodni hosil bo’lishi bilan Yer yozasida hayvonot

olami vujudga keldi.

Qadimgi organizmlarning qoldiqlari Janubiy Afrikada qora rangli slanetslar

tarkibidan topilgan, ularning yoshi 3 mlrd. yildan ortiqroq bo’lgan. Ular asosan

bakteriyasimon hosilalardan iborat bo’lgan. Keynnchalik 2,7 mlrd yil avval

suvo’tli ohaktoshlar shakllangan, 1,2 mlrd. yil oldin esa ko’p hujayrali suvo’tlari

vujudga kelgan, so’ngra qizil va yashil suv o’tlari, undan ham keyinroq dastlabki

ko’p hujayrali hayvonlar vujudga keldi (meduzalar, labsimonlar, chuvalchanglar,

arxeotseatlar).

Tokembriyda geografik qobiqni rivojlanishining asosiy natijasi bo’lib

atmosferada kislorodni to’planishi va atmosferadagi karbonat angidridni (SO2)

juda katta miqdorda o’zlashtirishidir. SO2 ning juda katta qismi ohaktoshlar

tarkibiga o’tgan. Tirik organizmlar Yer yozasini yoppasiga qoplagandan so’ng

Biosfera shaklandi.

Geografik qobiqni tuzilishi va tarkibi murakkablasha borish jarayonida

organizmlar ham murakkablashib ularning yangi-yangi turlari paydo bo’la

boshlaydi. Geografik qobiqning rivojlanishi davomida yer yozasida 500 mln. dan

ortiq organizmlar turi hosil bo’lgan, hozir esa 2 mln. dan ortiq organizmlar turi

mavjud.

Juda ko’p olimlar Yer yozasida organizmlarni tarqalishida uchta bosqichni

ajratadi. Birinchi bosqichda organizmlar okean va dengizlarning qirg’oqlarida hosil

bo’lgan va tarqalgan. Ikkinchi bosqich fotosintez jarayonini boshlanishi bilan

9
bog’liq. Fotosintez jarayonidan so’ng organizmlar yoppasiga tarqalishdi. Uchinchi

bosqichda organizmlar quruqlikka chiqib keng tarqala boshlashdi.

Olimlar geografik qobiqda hayotni paydo bo’lishida qator muhim davrlarni

ajratishadi: geografik qobiqni rivojlanishi davomida biosfera doimo

murakkablashib borgan, tirik organizmlarning xilma-xilligi ortib borgan;

organizmlarning hayot faoliyati natijasida Yerning qobiqlarida juda katta

o’zgarishlar sodir bo’ldi (atmosferada erkin kislorod paydo bo’ldi, ozon qatlami

vujudga keldi, uglerod dioksidi toshko’mir va karbonatli yotqiziqlari tarkibiga

o’tdi); tirik organizmlar nurashda faol qatnasha boshlashdi.


Download 292,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling