40
munosabatlar ishdagi munosabatlar bilan hech qachon kesishmasligi kerak.
Agar men xodimni jazolashim yoki unga o’z noroziligimni bildirishim kerak
bo’lsa, agar u bilan qarindoshlik rishtalari orqali bog’liq bo’lmasam, buni
qilish osonroq kechadi. Bundan tashqari, ko’p sonli qarindoshchilik aloqalari
orqali namoyon bo’lgan ishdagi munosabatlar oilaga eng kutilmagan tarzda
ta’sir etishi mumkin".
2–misol. “Iqtisodiyot” nashriyoti tarjima qilingan iqtisodiy adabiyotlarni
chiqaradi. Siz nashriyotga iqtisodiy matnlarni tarjima qilishga ixtisoslashgan
kam sonli tarjimonlar bilan munosabatlarni qanday yo’lga qo’yishni maslahat
bergan bo’lardingiz?
a) ularni nashiriyot shtatiga taklif qilish;
b) muayyan matnni tarjima qildirish uchun shartnomalardan foydalanish;
v) shtatga kiritmagan holda uzoq muddatli shartnomalardan foydalanish;
g) tarjimonning malakasidan qat’i nazar a), b) yoki v).
Javob: a), malakali iqtisodchi tarjimonlarning
taqchilligini hisobga olgan
holda, shuni nazarda tutish mumkinki, ular o’ziga xos resurs – iqtisodiy matnlarni
tarjima qilish ko’nikmalariga (maxsus (o’ziga xos) inson kapitaliga) ga. Shuning
uchun tarjimonlarni nashriyot shtatiga kiritish – vertical
integratsiya variantini
tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Lekin, u holda tarjimonlarda yaxshi
ishlashga stimul pasayadi.
3-misol. “Rash milk” MChJ oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Xom
ashyoni korxonaga yetkazib berishni xorijiy hamkor o’z zimmasiga olgan. Olib
kiriladigan xom ashyoning 1 tonnasi narxi 4500 doll.
Ushbu xom ashyo turiga
bojxona boji 12% qilib belgilangan, QQS - 20%ni tashkil etadi.
Bojxona xom ashyo narxini bojxona tizimida tashkil etilgan narxlar bazasi
bo’yicha belgilash amaliyotidan kelib chiqib, 6200 doll. qilib belgilandi. Korxona
xorijiy hamkori bilan kelishgan holda xom ashyoning real narxini hisob varag’ida
kamaytirib yozgan, ya’ni 4500 doll. o’rniga 3200 doll. Agar korxona 6200 doll.
hisobidan xom ashyo oladigan bo’lsa, qanday holat yuzaga kelishi mumkin?
Tushuntirib bering?
41
4-misol. Respublikada bir qator san’at sohasida shug’ullanuvchilar soliqdan
qochishga urinadilar. Shuning uchun “San’at” firmasi san’atkorlar
kontsert
dasturlarini tashkil qilish bilan shug’ullanadi, ular odatda negadir kontsert dasturlari
uchun biletlarni belgilangan narxdan 1,7-2 barobarga qimmat baholarda qora bozor
narxida sotadi. Bu holat qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin? Bunday
holat xufyona iqtisodiyotni keltirib chiqaradimi?
Do'stlaringiz bilan baham: