65
8 bob. SHARTNOMALAR NAZARIYASI. TASHKILOTNI AMALIY
TAHLIL QILISH NAZARIYALARI
ASOSIY KO’RILADIGAN MASALALAR:
1. Shartnoma tushunchasi
2. Sotish to’g’risidagi shartnoma va yollash to’g’risidagi shartnoma
3. Shartnomalarning xillari
4. Tashkilot tushunchasi va institut bilan tashkilot o’rtasidagi chegara
5. Qishloq xo’jaligida shartnoma munosabatlari
6. Transaktsiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida tashkiliy
tuzilmalarni amaliy
tahlil qilish
7. Transaktsiya xarajatlari miqdorining ekspert baholaridagi tafsiloti
8. Firmaning balansi uning tarkibi to’g’risidagi axborot manbai
sifatida
9. Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida
hal etish
10. Nizolarning keskinligini pasaytirish mezoni bo’yicha optimallashtirish.
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va
ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
Esda tuting!
Shartnoma – belgalangan institutsional doiralarda shaxslarning ongli ravishda
va erkin tanlashi natijasi hisoblangan mulkchilik huquqlari bilan almashish va ularni
himoyalash to’g’risidagi kelishuv.
Sotish to’g’risidagi shartnoma – bir xil darajada xatarga betaraf bo’lgan
shaxslar o’rtasidagi kelajakda shartnomaning
bajarilishi jarayonida amalga
oshiriladigan vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv.
Yollash to’g’risidagi shartnoma – xatarga betaraf bo’lgan shaxs va xatarga
qarshi shaxs o’rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida
amalga
oshirilishi mumkin bo’lgan vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv.
Bunda
66
xatarga qarshi shaxs xatarga betaraf bo’lgan shaxsga o’z harakatlari ustidan nazorat
qilish huquqini topshiradi.
Tashkilot - hukmronlik munosabatlari, ya’ni ishtirokchilarining
ayrimlari -
«agentlar» tomonidan o’z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining uning
boshqa
ishtirokchisi
–
«printsipal»ga
topshirilishi
asosida
qurilgan
muvofiqlashtirish birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: