Beruniy indd
Download 62.29 Kb. Pdf ko'rish
|
234dfa39-4791-eb2f-68a2-70c6fe4a49c4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent – 2022 9 BIRINCHI QISM
9 BIRINCHI QISM SOBIYLAR VA HARRONIYLAR Bizlar Qursh 1 zamonasida yashagan va yer yuzidan supurilib ketgan qavmmiz. Biz yorugʻ dunyoda shomoniy boʻlib yashab oʻtdik. Yerning sharq tomonida turar va butlarga sigʻinar edik. Sanamlarimiz uchun qurilgan otashkada va butxonalarimiz boʻlardi. “Olam qadimdan bor, ruhlar jasaddan jasadga koʻchib yuradi, falak cheksiz boʻshliqqa tushirilgan, shuning uchun u aylanma harakat qiladi”, deb ishonardik. Damashq jomeʼ masjidi ravogʻi oldidagi mehrobni biz qurdik. Butlarimiz va Quyosh nomi bilan atalgan sanamlarimiz bor edi. Baʼlabakdagi ibodatxona Quyosh sanami uchun edi. Harron ibodatxonasi esa Oyga nisbatli boʻlib, Oy shaklida, taylasonga oʻxshatib qurilgan edi. Bizlarning koʻpgina paygʻambarlarimiz boʻlib, misrlik Hirmiz, Agʻoddimun, Volis, Fisogʻurs va Aflotunning ona tomonidan bobosi boʻlmish Suvor ular jumlasidandir. Hirmizni kim eslaydi? Volisni- chi? Ajal shamoli ularning barchasini mangulik sari uchirib ketdi. Bularning baʼzilari ayrim narsalarni man qilib, undan tiyilishga chaqirdilar. Qaltiroq boʻlishdan qoʻrqib baliqni, hamisha isitmali holatda boʻlgani uchun joʻjani, boshni ogʻritgani uchun sarimsoqni, zehnni oʻtmas qilgani uchun loviyani harom qilishdi. 1 Qursi (Kiros) – miloddan avvalgi 559-530 yillarda yashagan fors qiroli 10 Har tong quyosh chiqmasidan jajji oʻgʻil-qizlari- mizni yetaklab ibodatxonamizga borar va ufqda Quyosh koʻringach, unga sigʻinar edik. Yanglish bu eʼtiqodimiz- ni bolalarimiz ongiga quyardik, ular ham bizday boʻlib ulgʻayardilar. Bizlar yer yuzida mana shunday yashab oʻtdik va jahan- nam mintaqalari sari yoʻl oldik. Hayoti dunyoda adashdik, chunki oramizda bilimli kishi yoʻq, oʻzimiz esa ilmdan uzoq va goʻl edik. Bizdan boshqalar adashmasinlar, shoyad, hayotimiz kelgusi avlodlarga oʻrnak boʻlaqolsa, degan ilinjdamiz. Bunday yodlovlar taqdirimizni oʻzgarti- rishi dargumon, ammo Olamlar Parvardigori odildir. Bizni ibrat qilgani uchun jahannam tubida bir lahza salqinlik bersa, ne ajab? Yorugʻ dunyodagi hayotimiz tugagach, barcha sirlar ochildi, pardalar koʻtarildi va haqiqiy Yaratuvchimiz kim ekanini tanidik... Download 62.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling