Beruniy indd
Download 62.29 Kb. Pdf ko'rish
|
234dfa39-4791-eb2f-68a2-70c6fe4a49c4
- Bu sahifa navigatsiya:
- MONIYLAR
ZARDUSHTIYLAR
Biz Zardusht ibn Tumon keltirgan dinni toʻgʻri deb bildik va uni qabul qildik. U mugʻlar xonadonining koʻzga koʻringan kiborlaridan edi. Bu hodisa yorugʻ olamda podshoh Bishtosf hukmronligidan oʻttiz yil keyin yuz berdi. Zardusht oʻngi va soʻli qirqilgan koʻylak kiyib, beliga xurmo poʻstlogʻidan zunnor bogʻlab, kunduz yarmida Balxdagi bir ayvon tomiga tushdi. U “Abisto” degan kitob bilan kelgan edi. Bishtosf juda katta yigʻin chaqirdi, koʻp xalq bor edi. Zardusht mis eritishga buyurdi, mis eritildi. Shunda u: “Tangrim, agar bu men orqali shu podshohga bergan kitobing boʻlsa, misning zararini mendan qaytar”, dedi. Keyin esa eritilgan misni ustidan quyishni buyurdi. Misni uning koʻkragi va qorniga quyib yuborgan edilar, ustidan oqa boshladi va har bir moʻyiga yumaloq zoʻldircha boʻlib osilib qoldi. 11 Shundan soʻng Bishtosf Zardushtning gaplariga koʻndi va samo dargohidan farishtalar kelib, Zardushtga imon keltirishga buyurishganini aytdi. MONIYLAR Bizlar moniylarmiz. Budosaf va Zardushtdan soʻng, Fodarunning shogirdi Moniy paygʻambarlik daʼvosini qildi. U olim kishi edi, nasorolarning, maʼjusiylarning va afsungarlar- ning hunarlarini bilardi. “Hikmat va yaxshi amallar Xudoning elchilari vaqti-vaqti bilan keltirib tur- ganlarning oʻzidir. Bir zamon u Bud ismli elchi orqa- li Hindiston mamlakatiga, bir zamon Zardusht orqali Eron mamlakatiga va bir zamon Iso binni Maryam orqa- li Magʻrib zaminiga yuborildi. Soʻngra bu oxirgi asrda menga, yaʼni Moniyga – Xudoning haqiqiy elchisiga shu vahiy tushirilib, men orqali Bobil zaminiga yuboril- di”, degach, bizlar unga imon keltirdik. Moniy ishi Ardasher, uning oʻgʻli Shopur va uning oʻgʻli Xurmuz zamonasidan to Bahrom ibn Xurmuz podshoh boʻlguncha kuchayib bordi. Bahrom “Bu odam olamni xarob qilishga daʼvat qilyapti, istaganlaridan biron narsa muhayyo boʻlganga qadar uning oʻzini xarob qilishimiz kerak”, deb, Moniyni to topguncha qidirdi. Uni topgach, terisiga somon tiqib, Jundishopur shahrining darvozasiga ostirdi. Download 62.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling