Beruniy indd


Download 62.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi62.29 Kb.
#1469535
1   2   3   4
Bog'liq
234dfa39-4791-eb2f-68a2-70c6fe4a49c4

MAZDAKIYLAR
 
 
Bizlar Naso shahrining xalqimiz.
Qabod ibn Firuzshoh davrida oramizdan Mazdak degan 
kishi chiqdi.
Bu kishi Qabod davrida qoziyul-quzzot, yaʼni qozilar 
boshligʻi edi. Bilimlari uni halokat sari yoʻlladi. U oʻzini 
paygʻambar deb eʼlon qildi, son-sanoqsiz


12
kishilar unga ergashdi. Mazdak, barcha kishilar mol- mulk va 
ayollar masalasida bir-biriga sherikdirlar, dedi. Chorva 
mollarini to ajali yetmaguncha soʻyishni man qildi.
Anushervon podshoh boʻlgach, uning dastlab qilgan ishi 
Mazdak va uning sheriklaridan qoʻliga tushganini ushlab, 
yuzlarini quyiga, orqalarini tepaga qilib chuqurlarga 
koʻmdirish boʻldi. Mazdakka ergashgan hamma atoqli hamda 
ulugʻ kishilarni uning eʼtiqodidan qaytishga majbur qildi va 
qaytmaganlarni oʻldirdi.
BANI HANIFA
 
 
Bizlar hays deb ataladigan guruchdan sanam yasab, 
oʻshanga topinar edik. Bir yili qattiq ocharchilik boʻldi. Yegulik 
qolmadi.
Shunda bizlar borib, oʻz sanamimizni yeb qoʻydik.
Soʻng oramizdan Musaylima chiqdi. Bizlar – Yamoma ahli, 
unga aldandik. U mahallar odamlar “Xudo oʻz elchilarini 
yuborishi moʻjiza bilan isbotlanadi”, deb ishonardilar.
U moʻjiza koʻrsatishni vaʼda qildi va avvaldan sirkada 
ivitib qoʻyilgan tuxumni shishaga kirgizdi, parrandalarning 
qanotlarini qirqib qoʻyib, keyin ularga oʻzlariga moslab pat 
uladi.
Aytadilarki, kazzob Musaylima Koinot sarvari Muhammad 
alayhissalomga ikki elchi bilan shunday maktub yubordi:
“Xudoning elchisi Musaylimadan Xudoning elchisi 
Muhammadga. Senga salom. Ammo baʼd, men senga sherik 
qilindim. Yerning yarmi bizniki, yarmi Qurayshnikidir. Ammo 
quraysh – dushmanlik qiluvchi xalqdir”.
 
Muhammad alayhissalom elchilardan “Sizlar nima 
deysizlar?” deb soʻradi.
Elchilar: “Bizlar ham uning aytganini aytamiz”, deyishdi.


13
Muhammad paygʻambar Musaylimaga shunday javob 
yozdi:
“Tangri taoloning paygʻambari Muhammaddan kazzob 
Musaylimaga! Toʻgʻri yoʻldan yurgan kishiga salom. Ammo 
baʼd, Yer Tangri taolonikidir. Uni bandalaridan oʻzi 
xohlagan 
kishiga 
beradi. 
Oqibatda 
yaxshilik 
taqvodorlarnikidir.”
 
Xolid ibn Valid Musaylimani oʻldirganida, Yamoma ahli 
koʻp yigʻladi va unga bagʻishlab marsiyalar aytdi.

Download 62.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling