Bibliografiya lat p65


mahsulot — axborot mahsulotining bibliografik axborot, ya’ni bibliografik yozuvlar bilan ta’minlangan turi. Bibliografik mahsulotlar


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

mahsulot — axborot mahsulotining bibliografik axborot, ya’ni
bibliografik yozuvlar bilan ta’minlangan turi.
Bibliografik mahsulotlar
Rasmiy hujjatli bibliografik axborot bo‘lib, bir vaqtning
o‘zida uni tayyorlash jarayonining natijasi va iste’molchilarga
xizmat ko‘rsatish vositasidir. Bibliografik mahsulot tushunchasi
negizida minglab bibliografik yozuvlarni aks ettiruvchi bibliografik
qo‘llanmalar yotadi. Bibliografik mahsulotlar tizimini yaratish va
bibliografik so‘roqlarni bajarish kutubxonalar faoliyatining
an’anaviy yo‘nalishlaridan biri. Bibliografik qo‘llanmalarning turlari


53
bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik ro‘yxatlar va bibliografik
sharhlardir. Bibliografik xizmat ko‘rsatish kundalik va retrospektiv
ko‘rsatkichlar, referativ jurnallar, bibliografik va axborot
ma’lumotlar bazasi, monografiya va dissertatsiyalarga tuzilayotgan
adabiyotlar ro‘yxatlariga asoslanadi.
Bibliografik ko‘rsatkichlar — murakkab tuzilishga va
ma’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lgan bibliografik
qo‘llanmalardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng,
atroflicha muammoni, bilim sohasiga bag‘ishlangan hujjatlarni,
boshqa materiallar haqidagi ma’lumotni aks ettiradi. Ko‘r-
satkichlar bir qancha bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Bo‘limlardagi
bibliografik yozuvlar ma’lumi bir tartibda joylashtiriladi.
Ko‘rsatkichlar o‘ziga xos ma’lumot-qidiruv apparatiga ega:
kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar.
Bibliografik ko‘rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar,
nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari,
bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnomalari,
biobibliografik ko‘rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element
xarakterlidir: biografik ma’lumot, muallif asarlarining va
asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar
ro‘yxati. Ko‘rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy
asarlar sarlavhalarining ko‘rsatkichlari.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling