bilet bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilmaxilligi haqida ma’lumot bering. Postembrional rivojlanish xillarini va assidiya metamorfozini tushuntiring. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida litr qon


Download 1.54 Mb.
bet34/45
Sana30.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1411827
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
Bog'liq
9-sinf imtihon javoblari biologiya

1-SAVOLGA JAVOB:
Hujayra tarkibiga jonsiz tabiatda uchraydigan kimyoviy elementlardan 70 taga yaqini kiradi. Ular ko‘pincha biogen elementlardeb ataladi. Bu tirik va jonsiz tabiatning umumiyligini ta’kidlovchi dalillardan biridir. Biroq tirik va jonsiz tabiatdagi kimyoviy elementlarning o‘zaro nisbati turlicha bo‘ladi. Tirik organizm tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar miqdoriga qarab bir necha guruhga bo‘linadi. Bular: makroelementlar (C, o,H, N, P, S, K, Na, Ca, Mg, Cl, Fe) va mikroelementlar (Zn, Cu, J, F, Co, Mo, Cr, Mn, B) dir. Hujayra massasining 98% ni to‘rtta element: vodorod, kislorod, uglerod va azot tashkil qiladi. Ular makroelementlardeb ataladi. Bu barcha organik birikmalarning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bulardan tashqari biologik polimerlar (yunonchada: “poli” — ko‘p, “meros” — qism) hisoblangan oqsil va nuklein kislotalar tarkibida yana fosfor va oltingugurt ham uchraydi. Hujayra tarkibida birmuncha kam miqdorda oltita element: kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir va xlor ham mavjud. Ularning har biri hujayrada muhim vazifalarni bajaradi. Masalan, Na, K va Cl hujayra membranalari orqali turli xil moddalarni o‘tkazishni ta’minlaydi. Nerv hujayralarida hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alishlarini o‘tishi ham shu elementlar yordamida amalga oshi riladi. Ca va P suyak to‘qimalarini hosil qilishda ularning mustahkamligini ta’minlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari Ca qonning normal ivishini ta’minlovchi omildir. Fe elementi eritrositlar oqsili — gemoglobin tarkibiga kiradi va kislorodni o‘pka dan to‘qimalarga olib borishda ishtirok etadi. Mg o‘simlik hujay ralarida fotosintezda ishtirok etuvchi pigment — xlorofill tarkibiga kira di, hayvonlarda esa, biologik katalizatorlar tarkibida biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishni ta’minlaydi.
2-savolga javob:
Yadro — zamburug‘, o‘simlik va hayvonlar hujayrasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hujayra yadrosida DNK ya’ni, genlar bo‘lib, ular ikki asosiy vazifani bajaradi: 1. Genetik axborotni saqlaydi va ko‘paytiradi. 2. Hujayrada sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvi jarayonini idora qiladi. Hujayra yadrosiz uzoq yashay olmaydi va yadro ham hujayrasiz mustaqil yashash qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun sitoplazma bilan yadro o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tizimni tashkil qiladi. odatda hujayralar bitta yadroga ega bo‘ladi. Ba’zan 2—3 yadroga ega bo‘lgan hujayralar ham uchrab turadi. Ko‘p yadroli hujayralar (ayrim hollarda o‘nlab yadrolar) borligi ham ma’lum. Yadroning shakli ko‘pincha hujayra shakliga o‘xshab ketadi. Ayrim hollarda noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lgan yadrolar ham uchraydi. Xromatin(yunoncha “xroma” — rang) yadroning shaklan yadrochadan farq qiluvchi, ba’zi bir bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladigan donador va to‘rsimon tuzilishidir. Xromatin DNK va oqsildan iborat bo‘lib, xromosomaning spirallashmagan va zichlashmagan qismlari hisoblanadi. Xromosomaning spirallashgan qismlari genetik nuqtayi nazardan faolsiz. Xromosomalarning spirallari yoyilgan qismidagi genlar faol holatda bo‘ladi. Ularni yorug‘lik mikroskopi yordamida ko‘rib bo‘lmaydi. Somatik hujayraning xromosomalar to‘plamining miqdoriy (soni va o‘lchami) va sifatiy (shakli) belgilari yig‘indisi kariotipdeb ataladi. Tirik organizmlarning ko‘pchilik turlarida kariotipdagi xromosomalar soni juft bo‘ladi. Bu har bir somatik hujayrada shakli va o‘lchami bir xil bo‘lgan ikkita xromosoma mavjudligi bilan tushuntiriladi. Bulardan bittasi erkak va ikkinchisi urg‘ochi organizmning xromosomalaridir.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling