bilet bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilmaxilligi haqida ma’lumot bering. Postembrional rivojlanish xillarini va assidiya metamorfozini tushuntiring. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida litr qon


Download 1.54 Mb.
bet35/45
Sana30.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1411827
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
9-sinf imtihon javoblari biologiya

3-savolga javob:

23-BILET
1. Hujayra tarkibiga kiruvchi suv va anorganik moddalar. Suvning biologik ahamiyati uning qanday xossalari bilan bog‘liqligini tushuntiring.
2. Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari haqida ma’lumot bering. O‘zbekiston madaniy o‘simliklar kelib chiqish markazlarining qaysi biriga kiradi? Javobingizni izohlang.
3. Amilazaning kraxmalga ta’sirini o‘rganing. Olma, non, guruch, shaker va kartoshka bo‘laklariga yod eritmasidan tomizib, mahsulotlar tarkibida kraxmal mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang. Javobingizni izohlang.
1-savolga javob:
Suv — tirik organizmlar tarkibida uchraydigan va tabiatda keng tarqalgan anorganik modda. Uning miqdori keng doirada o‘zgarib turadi. Tish emali hujayralarida 10% ga yaqin, o‘simlik hujayralarida esa 90% dan ko‘proq suv bo‘ladi. Ko‘p hujayrali organizmda suvning o‘rtacha miqdori 80% ni tashkil etadi.
Hujayrada suvning ahamiyati juda katta. Tirik organizmlar uchun suv nafaqat ular hujayrasinining zaruriy tarkibiy qismi, balki yashash muhiti hamdir. Suvning vazifalari ko‘p jihatdan uning kimyoviy va fizikaviy
xusu siyatlari bilan aniqlanadi. Bu xususiyatlar asosan suv molekulasining kichikligi va ular ning qutblanishi hamda bir-biri bilan vodorod bog‘lanishi orqali amalga oshiriladi. Suv katta issiqlik sig‘imiga va issiqlikni yaxshi o‘tkazish xususiyatiga ham ega. Shuning uchun hujayra ichidagi harorat deyarli o‘zgarmaydi yoki hujayra atrofidagi muhitga nisbatan juda kam darajada farqlanishi mumkin. Suv toza kimyoviy modda sifatida ham o‘ta muhim ahamiyatga ega. Bir qator katalizatorlar ta’sirida suv gidroliz reaksiyalarini amalga oshiradi. Bu reaksiyalarda suvning OHva H+guruhlari turli xil molekulalarning erkin valentligiga birikadi. Natijada yangi xususiyatga ega bo‘lgan yangi modda hosil bo‘ladi.
2-savolga javob;
N.I.Vavilov ekspeditsiya natijalari asosida seleksiya nazariyasi uchun muhim hisoblangan, umumiy xulosalarni ishlab chiqdi. Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishini 7 markazga bo‘ladi. Bu markazlar butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. Bularga Janubiy Osiyo tropik markazi (50% madaniy o‘simliklar, shu jumladan sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlari vatani), Sharqiy Osiyo markazi (bu yerlardan 20% dan ortiq madaniy o‘simliklar tarqalgan, jumladan soya va tariq vatani hisoblanadi), Janubiy­G‘arbiy Osiy markazi (14% madaniy o‘simliklar, shu jumladan bug‘doy, suli, dukkaklilar, zig‘ir, sabzi va boshqalar vatani), O‘rta Yer dengizi markazi (11% ma da niy o‘simliklarning, karam, qand lavlagi, beda vatani), Abissiniya (Efio p i y a ) markazi (arpa, banan, kofe daraxti va boshqalar vatani), Markaziy Amerika (oshqovoq, loviya, makkajo‘xori, qalampir, g‘o‘za, kakao daraxti vatani), Janubiy Amerika markazi (kartoshka, ananas, tamaki vatani) kiradi. Hozirgi vaqtda markazlar soni 12 tagacha ko‘paytirilgan.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling