Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Partonimiya leksemalarning ma’no guruhlarida butun-boʻlak munosabatlarining ifodalanishi. Jargon va argolar. Atamalar
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Til va jamiyat.
Partonimiya leksemalarning ma’no guruhlarida butun-boʻlak munosabatlarining ifodalanishi.
Jargon va argolar. Atamalar. Atamalar. Fan-texnika, xalq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligiga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan so‘zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida qo‘llanadigan terminlarning jami terminologiya (terminologik leksika) deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir. Hozirgi kunda dunyoda fanning 500 dan ortiq tarmoqlari bor, ular har tomonlama taraqqiy etmoqda. Bu tilda atamalarning boyib borishiga olib keladi. Atamalar ilmiy nutqda qo‘llanadi va ular bir ma’noli bo‘ladi. Ba’zi atamalar o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha kishilar nutqda qo‘llanib ommalashib ketishi mumkin. Bunda ular ishlatilish doirasi chegaralanmagan umumxulq so‘ziga aylanadi. Masalan, o‘qituvchi, kitob, daftar, dars kabi. Jargon va argolar. O‘tmishda xalqni ekspluatatsiya qiladigan sinf vakillari, saroy ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab yuruvchi gadoylar, o‘g‘ rilar, firibgarlar o‘z niyatlarini xalqdan yashirish uchun o‘zlariga tushunarli so‘z va iboralardan foydalanganlar. Tilda sinfiy ayirmalikni ko‘rsatib turadigan bunday so‘zllar «sinfiy dialektning so‘zlari» - jargonlar deb yuritiladi. huz emas (mulohaza qilingan emas), ne’mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu’ aylang (umid bilan kuting), tanzil (foyda). O‘g‘ rilar, qimorbozlar orasida qo‘llanadigan so‘zlar argolar deb yuritiladi; loy (pul), xit (militsioner), bedana (to‘pponcha), xitola (o‘g‘irla), zamri (jim tur), atamri (gapir), atanda (qoch) kabi. Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari bo‘lgan: yakan (pul), joyi (yo‘q), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz (ming so‘m), saru nimsar (bir ming besh yuz so‘m), kapara (olti ming so‘m). Til va jamiyat. Jamiyat kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmuidir. Bu hamkorlik kishilarning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’daniy sohalarda, moddiy ishlab va mehnat jarayonidagi uzviy birligidan iboratdir. Inson jamiyatdan tashqarida yashayolmaydi, balki jamiyatda tug‘iladi, kamol topadi, yashaydi va rivoj topadi. Umuman inson tushunchasi jamiyat tushunchasi bilan uzviy bog‘liq dir. Shuning uchun sotsiologiya va iqtisodiyotda insonning ta’riflansa, jamiyat inson orqali ta’riflanadi – bu ikki tushuncha bir-biridan ajralmasdir. Inson va jamiyat oʻzaro dialektik butun boʻlak munosabatlarida turgan butunliklardir - inson jamiyatning bir boʻlagi, tarkibiy qism boʻlganligi uchun ham insondir. Oʻz navbatida jamiyat insonlarni xilma-xil munosabatlar bilan birlashtirilganligi sababli jamiyatdir: biz turnalar va boʻrilar toʻdasini jamiyat deb ayta olmaymiz. Jamiyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri tildir. Til jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi eng muhim omillardan biridir. Tilshunoslik boʻyicha fanlardan sizga ma’lumki, tilning oʻzi murakkab hodisa boʻlib, u: a) ma’lum jamiyat a’zolari uchun tayyor , umumiy va majburiy boʻlgan UMIS tabiatli imkoniyatlar majmuasidan iborat boʻlgan lison, b) bu imkoniyatlarning bevosita voqealanishini tashkil etadigan AHVO tabiatli nutq, d) shu imkoniyatlarning yuzaga chiqish shart-sharoitlari va shakllarini belgilovchi me’yor kabi tomonlarning dialektik birligidir. Til – ijtimoiy hodisa ekan, hamisha jamiyat bilan birga rivojlanishdadir. Tilning davriy va mintaqaviy boʻlinishi va oʻzgarishi sizga dialektologiya, arxeologiya, til tarixi oʻquv fanlaridan ma’lum.Lekin bir jamiyatning oʻzidagi har qanday holat – hatto bir hudud va davrda jins, yosh, kasb-korga koʻra boʻlinishlar ham tilda oʻzini namoyon qiladi. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling