Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
1. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
1 ) lab undoshlari : b, p, m, v, f a) lab-lab undoshlari: b, m, p; b) lab-tish undoshi: v, f. 2) til undoshlari : g, d, j (gijda so‘zidagi kabi), j (jiyda so‘zidagi kabi), z, y, k, l, n, ng (ong), r, s, t, x, ch, sh, q, g‘ (jami 18 ta). a) til oldi undoshlari: d, j (jurnal), j (jahon), z, l, n, r, s, t, ch, sh (jami 11 ta ); b) til o‘rta undoshi: y; d) til orqa undoshlari: k, g, ng (jang); e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘ , x. 3) bo‘g‘iz undoshi. h 2. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undosh tovushlar uch turga bo‘linadi: 1) portlovchi undoshlar (jami 9 ta): b, g, d, j (jo‘ja so‘zidagi), k, p, t, ch, q 2) sirg‘aluvchi undoshlar (jami 9 ta) v, j (jurnal, vijdon), z, y, s, f, x, sh, g‘, h 3) portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar (jami 5 ta) m, n, ng, l, r 3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undosh tovushlar dastlab ikki turga bo‘linadi: 1) shovqinli undoshlar (jami 19 ta) b, v, g, d, j (ajdar), j (jiyan), z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q , g‘, h a) jarangli undoshlarni (jami 9 ta): v, b, g, d, j (garaj), j (jo‘xori), z, y, g‘ . b) jarangsiz undoshlar (jami 10 ta): k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h. 2) sonor (yoki shovqin ishtirok etgan ovozdor) undoshlar (jami 5 ta) m, n, ng, l, r Grammatik shakl yasovchi qo’shimchalar Grammatik ma’no aytib oʻtganimizdek, rang barang usullar bilan ifodalanadi. Oʻzbek tilida, jumladan, grammatik ma’nolar quyidagi usullar bilan ifodalanadi: 1. Affiksatsiya. 2. Yordamchi soʻzlar. 3. Soʻz tartibi. 4. Takror. 5. Ohang. 6. Juftlash. 7. Ichki fleksiya. 8. Urgʻu. 9. Suppletivizm. 1. Affiksatsiya tilimizda grammatik ma’noni ifodalashning eng keng tarqalgan usuli boʻlib, tilimizga xos boʻlgan grammatik ma’nolarning deyarli barchasi son, egalik, kelishik, hurmat, shaxsiy munosabat, belgi darajasi, harakat, nisbat, tarz (harakatning sodir boʻlish usuli), boʻlishli-boʻlishsizlik (tasdiq-inkor), mayl-zamon, shaxs-son affikslar-qoʻshimchalar yordamida ifodalanadi. Oʻzbek tilida, asosan, suffikslar, ya’ni oʻzak yoki asosdan keyin qoʻshiladigan qoʻshimchalar ishlatiladi. Biz bu usullarni tilimizda tarqalganlik doirasiga koʻra joylashtirdik. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling