Morfologik tamoyil haqida ma’lumot
Bu tamoyilga ko‘ra so‘zlarning tarkibiy qismlari: o‘zak-negiz va qo‘shimchalari og‘zaki nutqda qanday talaffuz qilinishidan qat’i nazar, ya’ni og‘zaki talaffuz shakliga qarab emas, asliga muvofiq yoziladi. Bu tamoyil so‘z o‘zagini, unga qo‘shiladigan qo‘shimchalarni muayyan bir sistema asosida aks ettiradi, tildagi variantlilikka, har xillikka barham beradi. Bu tamoyilga ko‘ra variantlardan biri tanlanib, yozuvda tanlangan variant asos qilib olinadi. O‘zbek orfografiyasining asosiy imlo qoidalari, ya’ni ayrim unli harflar imlosi, ayrim undosh harflar imlosi hamda asos va qo‘shimchalar imlosi shu tamoyilga tayanadi. Morfologik tamoyil o‘zbek orfografiyasining asosiy va yetakchi tamoyili sanaladi va yozuvda bir xillikni ta’minlaydi.
Demak, morfologik tamoyilga ko‘ra so‘zning tovush tarkibi og‘zaki nutqda qanday aytilishidan qat’i nazar o‘zining morfologik shaklini o‘zgartirmagan holda yoziladi.
Bilet№ 9
“O”, “E”, “U” tovushlarini unli tovushlar tasniflariga ko’ra tavsiflang.
U unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra , orqa qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, yuqori tor unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablangan unli)
1) so‘z boshida (urmoq), so‘z o‘rtasida (tugun) va so‘z oxirida (urg‘u) keladi.
2) til oldi varianti ham uchraydi: kuch, gul;
3) qulf, g‘ulg‘ula, tuxum so‘zlarida esa til orqa varianti qo‘llangan.
4) i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya’ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul, tutun kabi.
E unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra , old qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, o‘rta keng unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablanmagan unli)
1) so‘z boshida, so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi: eshik, elak, e’tibor, kel, bet kabi.
O unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra , orqa qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, quyi keng unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablangan unli)
1) so‘z boshida (olim), o‘rtasida (toza) va so‘z oxirida (bobo) keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |