Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Soʻz tartibi
- 6. Juftlash
- So‘zlararo ma’noviy munosabatlar haqida.
- Giponimiya.
- Graduonimiya.
2. Yordamchi soʻzlar. Bular ham grammatik ma’no-ifoda qilish uchun qoʻllaniladi. Koʻmakchi otlar, ma’nosi toraygan soʻzlar bilan birga ketib, oʻzi aloqador boʻlgan soʻzni boshqa soʻz bilan munosabatga kiritadi.
3. Takror (reduplikatsiya) - bir soʻzni aynan ikki marta takrorlash sanalib, bunda ham turli grammatik ma’nolar hosil qilinadi: predmetning koʻpligi, belgining oshirilishi, ma’noning kuchayishi, harakatning takrorlanishi hamda uzoq davom etishi va boshqalar. 4. Soʻz tartibi - grammatik ma’no anglatishning yana bir vositasi. Soʻzlarning gapda ma’lum tartibda oldinma - keyin joylashtirilishi ham grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi. Tilimizda ba’zan shu vosita orqali soʻzning qaysi kelishikda ekanligi aniqlanishi mumkin. 5. Ohang ham grammatik ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Bu vosita yordamida a) gapning turini ajratish mumkin: Imtihon topshirdi. Imtihon topshirdi? Imtihon topshirdi! b) gap boʻlaklarini ajratish mumkin:Gulnora, singlim keldi. Gulnora, singlim keldi! Gulnora singlim keldi. 6. Juftlash har xil soʻzlarni - ma’nodoshlarni (baxt-saodat), zid ma’nolilarni (yaxshi-yomori), giponimlarni ulov (ot-eshak), darajalanuvchilarni (qoy-qoʻzi), umumiste'mol soʻz va arxaizmlarni (bola-chaqa, choʻpon-choliq) oʻzaro qoʻshish orqali har xil grammatik ma’nolarni ifodalash ham tilimizda anchagina. So‘zlararo ma’noviy munosabatlar haqida.Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil qilgan holda mavjud bo‘ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, giponimik munosabat ana shunday lisoniy munosabat. Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi. Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati. Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim farqlanadi. Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim. Graduonimiya. Lug‘aviy birliklar o‘zaro ma’noviy munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi - [o‘rta] so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling