Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


MAVZU. BILISh JARAYONLARI XAQIDA TA’LIMOTLAR. OLIY TAFAKKURNING TURI MAVJUDLIGI: FIKRLOVChI, MANTIQIY


Download 1.38 Mb.
bet16/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

4 MAVZU. BILISh JARAYONLARI XAQIDA TA’LIMOTLAR. OLIY TAFAKKURNING TURI MAVJUDLIGI: FIKRLOVChI, MANTIQIY,
Eng asosiy xulosa shuki, Xalifalik musulmon olami tafakkuri doirasini nihoyatda kengaytirdi. VII-XII asrlar oralig‘i insoniyat tarixiga Sharq yoki Musulmon renessansi nomi bilan kirgan oltin davr bo‘ldiki, bu davrda yaratilgan o‘lmas asarlar, olamshumul kashfiyotlar keyingi asrlarda insoniyat tafakkuri yo‘nalishini belgilab berdi.
Arab, shuningdek o‘rta asrlar Evropa falsafasining ma’naviy ildizi shubhasiz qadimgi grek falsafiy fikri hisoblanadi. Platon, Aristotel, Galen, Arximed va boshqa ko‘plab grek mutafakkirlarining ilmiy ta’limotlari arab tili falsafasining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. Tadqiqotchilarning fikricha arab tili fani vakillari Platonga nisbatan ko‘proq Aristotel biopsixologiyasiga yondashganlar. Lekin peripatetiklardan farq qilib, ular Aristotel falsafiy psixologik fikrini butunlay o‘zgacha g‘oyaviy nazariy pozitsiyadan turib talqin qilishdi. Bunday yondashish natijasida Aristotel filosofiyasi nafaqat yangi g‘oyalar bilan boyidi, balki butunlay o‘zgacha mazmun kashf qildi.
Arab tili falsafasining eng yirik vakillaridan biri Abul Valid Muhammad ibn А́xmad ibn Rushd (arab. ابو الوليد محمد ابن أحمد ابن رشد‎‎, 1126, Kordova — 10 dekabr 1198, Marokash) — G‘arbiy Evropada Averroes nomi bilan mashxur. Evropa sxolastikasi (grekcha σχολαστικός — olim, Scholia — “maktab” – katolik ta’limot va Aristotel falsafasining uyg‘unlashgan shakli, hayotdan uzilgan, tajriba bilan sinab bo‘lmaydigan bilim)ning g‘oyaviy asoslariga zarba bergan va inson va olam haqidagi tasavvurlarga butunlay boshqacha tus bergan g‘oyaviy harakat asoschisi hisoblanadi.
Ibn-Roshd o‘z falsafiy qarashlarini G‘azzoliyga javob tariqasida yozilgan "O‘z-o‘zini rad qilishni o‘z-o‘zi rad qilish" asarida bayon etadi. Ibn Roshd fikricha haqiqat bitta va u haqiqatga dinning har qanday dogmasini allegorik talqin qilish yo‘li bilan falsafaning har qanday qoidasiga moslashtira oladigan faylasuflargina erishishlari mumkin. U xudoni tabiat bilan tenglashtiradi: Ibn Roshd ruh boqiyligini rad qilib, insoniyatning asta-sekin aqliy taraqqiyoti haqidagi g‘oyani ilgari suradi. U Platonning "Davlat" asariga yozgan kommentariy - sharxida ideal jamiyat nazariyasini bayon qiladi, bu nazariyaga ko‘ra dinshunoslar har qanday ijtimoiy vakolatlardan mahrum qilinishi kerak deb uqtiradi.
Arab tili falsafasining boshqa bir yirik vakili Abu Ali al-Xasan ibn al-Xasan ibn al-Xaysam al-Basri (arab. أبو علي الحسن بن الحسن بن الهيثم‎‎, 965, Basra — 1039, Kair) —matematik, mexanik, fizik va astronom. Ibn-al Xaysam o‘z asarlarida organizmda paydo bo‘ladigan psixik fenomenlarni tadqiq qilgan. Uning ilmiy faoliyati ko‘proq ko‘rish sezgisini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. U aks ettirish va yorug‘likning sinishi qonunini o‘rganish jarayonida ko‘rish jarayoniga optik pribor sifatida yondashadi.
Ma’lumki, ko‘rish funktsiyasi haqidagi antik tasavvurlarda ikkita asosiy kontseptsiya bor edi: Birinchi kontseptsiyaga ko‘ra predmet o‘zidan qandaydir modda tarqatadi, predmetdan nimadir tarqaladi va ana shu modda ko‘zga ta’sir qilib ko‘rish sezgisini xosil qiladi. Ikkinchi kontseptsiya birinchisiga butunlay qarama-qarshi bo‘lib predmet emas, ko‘z o‘zidan modda (olov pnevma) taratadi va ko‘rish sezgisi xosil bo‘ladi degan g‘oyani ilgari suradi. Ikkinchi kontseptsiya birinchi kontseptsiyadagi asosiy qoida, agar predmet o‘zidan aytaylik, nur taratsa, nima uchun ko‘z nur ta’siri natijasini emas balki nur manbai predmetni ko‘radi degan savolga javob noaniq bo‘lganligi uchun ham paydo bo‘lgan. Yana kompromiss, ko‘rish sezgisida har ikkala taralish ham ishtirok etadi degan g‘oyalar ham mavjud edi.
Ibn-Xaysam ko‘rish idrokining asosi sifatida optika qoidalari asosidagi tashqi ob’ekt obrazini oldi. Obraz proektsiyasi, ya’ni obrazning tashqi ob’ektga mansubligini u yanada yuqori darajadagi qo‘shimcha aqliy faoliyat natijasi deb hisobladi.
Ibn-Xaysam ko‘rish nazariyasining mazmuni shunday. Bir tomondan ko‘rish aktida tashqi ta’sirni saqlab qolishning bevosita effekti va ikkinchi tomondan ana shu effektga qo‘shilib ketadigan aqliy faoliyat farqlanadi. Aqliy faoliyat ko‘riluvchi ob’ektlarning o‘xshash yoki farqlarini aniqlashga yordam beradi. "Ko‘rishdagi farqlash qobiliyati - mulohaza tufayli paydo bo‘ladi".
Ibn-Xaysam fikricha ko‘rish aktidagi bunday qayta ishlash ongsiz ravishda amalga oshiriladi. Uning bu fikrlari keyinchalik bevosita ko‘rish idrokida "ongsiz xulosa chiqarish"ning ishtirok etishi to‘g‘risidagi ta’limotga asos bo‘ldi. (Vaqti kelib bu ta’limotga Gelmgolts ham murojaat qilgan). Shu bilan ko‘rish idrokida ikkita fakt farqlangan. Birinchidan ko‘zga yorug‘lik nurlari ta’sirining bevosita effekti va ikkinchidan ko‘rish idroki, predmet formasi, uning hajmi va hokazolarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan qo‘shimcha psixik jarayondir.
Ibn-Xaysam bundan tashqari binokulyar ko‘rish, ranglarning aralashishi, kontrast kabi muhim fenomenlarni ham o‘rgangan. U ko‘rish idrokini uning davriyligi, davom etish davri bilan bog‘lab, vaqt fenomeni degan tushunchani kiritdi. Uning fikriga ko‘ra, qisqa muddatli ko‘rishda faqat ilgaritdan tanish ob’ektlarnigina tanish mumkin. Chunki ko‘rishda faqat yorug‘lik nurlarining bevosita ta’sirigina emas, balki nerv tizimidagi ilgari idrok qilingandan qolgan, saqlangan informatsiya ham ishtirok etadi.
Ibn Xaysam ko‘rish idrokining sensor tuzilishini optika qonunlarining tajribaviy va matematik asosidan hamda nerv tizimi xususiyatlaridan iborat deb ta’riflab sxolastika (grekcha σχολαστικός — olim, Scholia — “maktab” – katolik ta’limot va Aristotel falsafasining uyg‘unlashgan shakli, hayotdan uzilgan, tajriba bilan sinab bo‘lmaydigan bilim)ning asosiy dogmalariga zarba berdi.
Arab tili falsafasi davrida fikr yuritishga qodir har qanday odam yoki Aristotelni tan olgan yoki unga qarshi bo‘lgan, lekin hech kim uni e’tiborsiz qoldirmagan.
Aristotel falsafasidagi "ruhni vujuddan ajratib bo‘lmaydi" degan asosiy g‘oya ham musulmon dini, ham xristian dinining asoslariga katta zarba berdi. Feodal davrining hamma mashhur faylasuflari o‘z ta’limotlariga ana shu g‘oyani asos qilib oldilar. Lekin g‘oya bo‘lgan joyda antig‘oya ham mavjud bo‘ladi. Har qanday g‘oyani inkor qilish, rad qilish yoki unga butunlay qarama-qarshi g‘oyani rivojlantirish ilmiy tafakkur taraqqiyoti jarayonidagi odatiy hol. Shunday ta’limotlar paydo bo‘ldiki, ular Aristotel falsafasini dinga qarshi ta’limotdan diniy tasavvurlarni himoya qiluvchi, unga xizmat qiluvchi ta’limotga aylantirishdi. Sharqda bu noyob ishni Abu Hamid al-G‘azzoliy amalga oshirgan bo‘lsa G‘arbda Foma Akvinskiy Aristotel falsafasi yordamida haqiqiy katolik falsafasi va psixologiyasi-Tomizmga asos soldi.
Ibn Roshd izdoshlari, averroistlardan biri Siger Brabantskiy Foma Akvinskiyga murojaat qilib aytadi "Siz aql va e’tiqodni har ikkalasi ham haqiqat beradi degan ma’noda gapirasiz. Biz ham aslida shunday deb hisoblaymiz, lekin shu farq bilanki bu ikki haqiqatni kelishtirish, yarashtirish haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Bu siz bilan bizni ajratib turadigan nozik farqdir".
Siger faylasuf faqat aqlgagina asoslangan haqiqatni rivojlantirishi mumkin, uni diniy e’tiqod bilan kelishtirish haqida o‘ylamasa ham bo‘laveradi deb hisoblagan.
Foma Akvinskiy esa faqat yuqoridan keladigan diniy haqiqatni tan olib, aql xuddi diniy hissiyot kabi shu haqiqatga xizmat qilishi kerak deb hisoblagan.
Oksford universitetining professori. V.Okkam ruhni immaterial shakl sifatida tajriba va xulosa chiqarish yo‘li bilan o‘rganib bo‘lmaydi, shuning uchun immaterial ruh o‘zining butun atributlari-belgilari bilan diniy haqiqatlar toifasiga kiradi, bu soha filosof uchun faoliyat sohasi emas deb hisoblaydi.
Siger va Okkam kabi mutafakkirlar aslida ilohiyot va falsafani bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan soha, bir-biridan alohida va kelishtirib bo‘lmaydigan haqiqat deb talqin qilish tarafdorlari bo‘lganlar. Xuddi shu narsa teologiya-ilohiyot uchun, din asoslari uchun ham katta xavf tug‘dirar edi.
Foma Akvinskiy va G‘azzoliylar filosofiya bilan ilohiyotshunoslikni yarashtirish, filosofiyani ilohiyotning "xizmatkoriga" aylantirish vazifasini a’lo darajada bajardilar.
Feodal jamiyat o‘ziga xosligini aks ettirgan o‘rta asr ideologiyasining tipik xususiyati ierarxizm edi: Kichiklar kattalarga, quyi tabaqa oliy tabaqaga xizmat qilganligi uchun ham olam mavjud bo‘la oladi.
Foma Akvinskiy ierarxik shablonni ruhiy hayot sohasini tasvirlashga nisbatan qo‘lladi. Ruhiy hayot narvonining har bir pog‘onasida quyidan yuqoriga qarab boruvchi xodisalar joylashdi. Borliqning har bir xodisasi aniq chegaralangan o‘z pog‘onasiga ega. O‘simlik, hayvon, inson ruhi qat’iy ketma-ketlikda joylashgan. Har bir ruh ichida ularning qobiliyatlari va qobiliyat mahsulotlari joylashgan (sezgi, tasavvur, tushunchalar). Ruhning quyi qismi shu dunyoga qaratilgan bo‘lib, nomukammal bilim beradi, yuqori qismi esa xudo bilan muloqotni ta’minlab, xodisalar sababini bilish imkonini beradi.
Foma Akvinskiy Platon va Avgustinga mansub introspektsiya tushunchasiga quyidagicha mazmun beradi: Ruh tanish aktini amalga oshirayotganda unga sezgi yoki tushuncha shaklida ob’ekt obrazi namoyon bo‘ladi, keyin u shu aktni o‘zi amalga oshirganligini anglaydi va nihoyat har ikkala operatsiyani amalga oshirgandan so‘ng, ruh "o‘ziga" qaytadi, ya’ni endi obraz yoki aktni emas, o‘zining noyob mavjudot ekanligini anglaydi.
Bu organizmga ham, tashqi olamga ham chiqish yo‘li berkitilgan yopiq ong sxemasi hisoblangan.
Aristotel ta’limoti bilan Foma Akvinskiy tomizmi o‘rtasidagi umumiylik shundaki Foma Aristoteldagi o‘xshash ob’ektga mos keladigan aktualizatsiya qobiliyati (faoliyat)-intentsiya tushunchasini-ruhning intentsional (yo‘naltirilgan) aktlari haqidagi ta’limotga aylantirdi.
Aristotel intentsiyasi bo‘yicha, masalan, o‘simlik ruhi faoliyatining ob’ekti o‘zlashtirilayotgan oziq modda, hayvon ruhiniki - sezgi, aqlli ruhniki - tushunchalar edi. Akvinskiy intentsiyasida ichki, aqliy faoliyat bilan bir vaqtda uning mazmuni, shu faoliyat yo‘naltirilgan predmet mavjud bo‘ladi. Predmet deganda bu erda hissiy yoki aqliy obraz tushuniladi
Ilohiyotchi, falsafiy - psixologik tasavvurlar muallifi sifatida Foma Akvinskiyning xizmatlari beqiyos. Uning fikrlari uzoq yillar mobaynida, shu kunga qadar tomizm, neotomizm shaklida fanda alohida yo‘nalishni tashkil qilib kelmoqda.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling