G‘azzoliy (450G‘1058-59-505G‘1111). Zamondoshlari uni "Bahri mug‘riq" (tubsiz dengiz), "Hujjati islom" deb tan olganlar. G‘azzoliy teolog, qonunshunos, filosof, so‘fiy - o‘rta asrning eng mashhur mutafakkirlaridan biri edi. U o‘z hayoti davomida 100ga yaqin asarlar yozgan. G‘azzoliyning ishlarini quyidagi sohalarga ajratish mumkin: 1) bibliografiya; 2) qonunshunoslik; 3) falsafa va mantiq ilmi; 4) dogmatik teologiya; 5) munozara (baxs); 6) so‘fizm amaliyoti; 7) so‘fizm nazariyasi.
G‘azzoliy arab-musulmon madaniyatini rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Filosoflar Al-Forobiy (870-950) va Ibn Sino (980-1057) lar bilan olib borgan ramziy baxslari natijasida G‘azzoliy ikkita kitob yozadi. Bu "Filosoflar maqsadi" (Maqasid-al falasifa) va "Filosoflarni o‘z-o‘zini rad qilishi" (Taxafut al-falasifa).
G‘azzoliy merosiga hozir ham qiziqish so‘ngan emas. U haqda Sharq olimlari, birinchi o‘rinda arab mamlakatlari olimlari ko‘p yozishadi. 1962 yilda arab mamlakatlarida G‘azzoliyning 900 yilligiga bag‘ishlanib chaqirilgan xalqaro ilmiy kongress shundan dalolat beradi. Bu kongressda o‘nlab mamlakat olimlari qatnashdilar.
Oxirgi o‘n yillar davomida G‘azzoliy qarashlarini zamonaviy sotsiologiya ko‘zi bilan tushunishga harakat qiluvchi tekshirishlar yuzaga keldi.
G‘azzoliy mahrab usuli (metodika), jadal (dialektika), mantiq ilmlarini va falsafa fanlarini chuqur o‘rganadi. U o‘zining "Ihya ulum ad din" asarida dil ajoyibotlarini sharxlab bergan. Ya’ni, jon (ruh), dil, aql va nafs. So‘z shu to‘rt nafs xususida boradi. Asarning maqsadi esa muomila ilmlarini o‘rganishdir.
Dil so‘zini ikki xil ma’noda tushunish mumkin: 1. Dil ko‘krakning chap tarafida joylashgan konus shaklli bir parcha go‘shtdir. Uning ichi g‘ovak bo‘lib, bu g‘ovakda ruhning asl manbai bo‘lmish qora qon mavjuddir. Biz yurakni sharxlamoqchi emasmiz, zero, bu tabiblarga taalluqli. Dil so‘zining ikkinchi ma’nosi shuki, tangrining bandalariga ato etgan ruhi ne’mati bo‘lib, uning jismoniy dilga aloqasi bordir. Bu ne’mat insonning asl mohiyatidirki, inson butun ilm ma’rifatga uning vositasida erishadi va barcha kitob, azob, itob (tanbeh) va talablar unga qaratilgan bo‘ladi. Bu ruhiy ne’mat bilan jismoniy yurak o‘rtasidagi mustahkam aloqani ko‘pchilik anglab etmaydi. Zero, bu aloqa arazning (shakl, rang) jismga, sifatning mavsufga (sifatlanuvchiga) yoki biror sabab ishlatuvchisining o‘sha sababga bo‘lgan aloqasiga o‘xshaydi. Ikki narsani farqlashdan saqlanamiz, bu ruhiy dil bilan "Dil orasidagi aloqa va mukoshafa, ya’ni sirlarni fosh qilish ilmidir".
Do'stlaringiz bilan baham: |