Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Klavdiy Galen (eramizgacha 200-130 yillar)


Download 1.38 Mb.
bet15/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Klavdiy Galen (eramizgacha 200-130 yillar), qadimgi Rim mutafakkiri, vrach, odam anatomiyasi haqidagi ilk mukammal ma’lumot muallifi. Galen uzoq vaqt gladiatorlar vrachi bo‘lgan; jasadlarni yorib ko‘rish bilan shug‘ullanib odam organizmining asosiy fiziologik tizimlarini sinchiklab o‘rgangan va bu ma’lumotlarni o‘zining “Odam vujudining bo‘laklari haqida” nomli fundamental asarida bayon qilgan.
Galenning fikricha, odam ruhining organlari miya, yurak va jigar hisoblanadi. Miyada lokallashgan ruh qismi miyaga kelayotgan qonning tozalanishi ko‘rinishidagi psixik pnevma bo‘lib u odamning aqliga javob beradi. Yurakda joylashgan ruh qismi affektlar va emotsiyalarning namoyon bo‘lishiga javob beradi. Jigarda lokallashgan ruh qismi esa ehtiyojlar va mayllarning namoyon bo‘lishiga javob beradi.
Klavdiy Galen odam nerv sistemasini tasvirlashga urinib ko‘rgan va uni odam ruhining asosi, deb taxmin qilgan. Galen nerv tolalari o‘z tarkibi bo‘yicha bosh miyaga o‘xshash va ular psixik pnevma harakatlanadigan qalin tola bilan bir xil, deb hisoblagan. Galen nerv tipologiyasini ishlab chiqib ikki xil nerv tiplarini ajratgan: yumshoq va qattiq. Yumshoq nervlar psixik pnevmani sezgi organlariga o‘tishini, qattiq nervlar esa psixik pnevmani muskullarga o‘tishini ta’minlaydi. Galen har bir sezgi organiga u yoki bu sezgi organiga ta’sir qiladigan qo‘zg‘ovchiga mos pnevmaning alohida shakli xos, deb hisoblagan (ko‘zda ko‘rish pnevmasi, quloqda eshitish pnevmasi va x. z.).
Affektlar muammosi bilan shug‘ullanib, Galen affektlarni qonning holati o‘zgarishi bilan bir butunlikda o‘rganish kerak, degan taxminni bildirgan. Qonning inson hayot faoliyatini tashkil qilishdagi roliga katta ahamiyat berib, Galen odam temperamenti venadagi yoki arteriyadagi qonning ko‘p yoki ozligiga bog‘liq, degan xulosaga kelgan. Venada qoni ko‘p odamlar imillagan, passiv va tormozlashgan, arteriyada qoni ko‘p odamlar harakatchan va faol.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Falesning asosiy psixologik g‘oyalari?
2. Anaksimandrning asosiy g‘oyalari?
3. Geraklit Efesskiyning psixologik bilimlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga baho bering.
4. Empedoklning fikricha inson psixik hayotida qon qanday rol o‘ynaydi?
5. Gippokratning psixologiya fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi nimada?
6. Demokrit bilish nazariyasining asosiy qoidalari nimadan iborat?
7. Sokrat metodining mohiyati nimada?
8. Platon ruhning o‘lmasligini nima bilan isbot qilgan?
9. Aristotelning asosiy g‘oyalari nimalardan iborat?
10. Stoiklar ruhning qanday qobiliyatlarini ajratishgan?
11. Tsitseronning psixologik ahamiyatga molik asosiy g‘oyalari nimadan iborat?
12. Lukretsiy Karning jon haqidagi tasavvurlariga ta’rif bering.
13. Lukretsiy Karning psixologik bilimlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini baholang.
14. Galenning asosiy g‘oyalari nimalardan iborat?


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling